2-mavzu: Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari (2 soat) Reja
Download 92.56 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu (m-)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Ming bir shahar mamlakati»
musiqachilar maktablari shakllangan. Ular maxsus (bastakorlik, musiqa ilmi kabi
fandagi) bilim va qoidalarga asoslanib ijod qilgan. Natijada ayrim cholg‘u, raqs, doston va boshqa janrlar paydo bulgan. Arxeologik qazishmalar natijasida eneolit davridayoq O‘rta Osiyo hududida eng ilk sug‘orish inshootlari barpo bo‘lganligini ko‘rsatadi. Eneolitdan jez davriga o‘tish bosqichida sopol buyumlarga naqsh ishlash bilan birga inson va hayvonlar shaklini ham chizish keng tus olgan. Anov madaniyati yodgorliklarini boshqa mintaqa topilmalari bilan qiyosiy o‘rganilishi natijasida jez davrida, mil. avv. III-II ming yillik oxirida O‘rta Osiyo janubida ilk shahar madaniyati, Qadimgi SHarq tipidagi mahalliy madaniyat vujudga kelgan deb hisoblanadi. Baqtriya (Baqtriyona, Baxtar zamin Baqtriya) — Amudaryoning yuqori va o‘rta oqimidagi tarixiy viloyat. Asosan hozirgi O‘zbekiston va Tojikistonning janubiy viloyatlari hamda Afg‘onistonning shimoliy qismini o‘z ichiga olgan. Baqtriyaning o‘tmishda «Ming bir shahar mamlakati» deb atalganligi unda shaharlarning ko‘p bo‘lganligidan guvoxlik beradi. Baqtriyada asosan oromiy yozuvidan va mahalliy tillardan foydalanilgan. Mil. av. VI - IV asrlarda Baqtriya madaniyati 2 uslubda taraqqiy etgan. Birinchisi, ko‘proq ko‘chmanchi aholi madaniyati bilan bog‘liq bo‘lib, adabiyotda «hayvon uslubi» (mehnat va jang qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlarini turli hayvonlar suratlari bilan bezash) deb yuritiladi. Ikkinchisi, o‘troq baqtriyaliklar madaniyati yodgorliklarida aks etgan (qarang: Amudaryo xazinasi va b.). Baqtriya madaniyati, ayniqsa mil. av. 1-ming yillikning so‘nggi asrlarida yuksalgan. Mahalliy xalq madaniyati yunon, hind va fors madaniyatlari an’analari ta’sirida ham boyigan. Mil. av. II – I asrlarda ipakchilik va pillachilik rivojlangan (qarang: Sopollitepa). Bu davrga oid me’morlik yodgorliklari, numizmatika materiallari, tasviriy va amaliy san’at namunalari Termiz, Zartepa, Dalvarzintepa, Xolchayon va boshqa joylardan topilgan. Download 92.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling