2-mavzu: Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari (2 soat) Reja
Download 92.56 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu (m-)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Ellinizm tarixi»
Ellinizm — Makedoniya, Yunoniston, O‘rta dengizning sharqiy sohillari,
G‘arbiy Osiyo, Qora dengiz atrofidagi mamlakatlar tarixining Aleksandr (Iskandar) istilosi (mil. av. 334-323-yillar)dan mil. av. 30-yilda Misr Rim qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol etilgan paytgacha o‘tgan davr. «Ellinizm» atamasi ilmda dastlab nemis olimi I.G. Droyzenning 1836-1843-yillarda chop etilgan 2 jildli «Ellinizm tarixi» asarida qo‘llangan va ushbu atama orqali ellinlarning Sharq mamlakatlaridagi hukmronligi va ular madaniyatining Sharq xalqlari madaniyati bilan uyg‘unlashib hosil qilgan yangi madaniyat tushunilgan. Ellinizm davri Qadimgi Yunon va Qadimgi Sharqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy munosabatlarining qo‘shilish va bir-biriga ta’sir ko‘rsatish davridir, bu davrda madaniyat va san’atda ham an’analar qo‘shilib bordi, uyg‘unliqda rivojlandi. Davr ruhi va xususiyatlari, ayniqsa, memorlik va monumental san’atda o‘zining yorqin ifodasini topdi. Hukmdorlar o‘zlarining saltanatlarini muhtasham binolar, ajoyib san’at namunalari bilan boyitishga harakat qildi. O‘rta Osiyoning ellinistik davrdagi me’morligi xarakteri uning janubiy hududlarida seziladi. Bu davrda qurilgan binolar xarakterida axomaniylar davri me’morligi uslublari bilan birga, yunon (grek) san’ati an’analari mavjud. Ayniqsa, binolarning dekorativ bezalishida shu o‘ziga xoslik ko‘zga tashlanadi. Ellinizm davrida O‘zbekistonda mahobatli haykallar ham ishlanganligi ma’lum. Jumladan, Artemida Anaxita siymosida mujassamlashgan. Zardushtiylik dinining yunonlarga ta’siri qadim davrlarda kuchli bo‘lganidek, ellinizm davrida ham bu ta’sir sezilarli edi. Ellinizm davrida, ayniqsa, zardushtiylik ta’limoti katta rol o‘ynadi. Dastavval ahdga sodiqlik, keyinchalik haqiqat uchun kurashuvchilar tomonida jang qiluvchi urush xudosi, buyuk hakam va nihoyat, yorug‘lik xudosi Mitra ellinistik mamlakatlarda keng tarqaldi. Bu ma’bud hindlarda «Mitra», Avestoda «Misra», sug‘dlarda «Mishra» deyilgan. Mil. av. 250-yillarda Salavkiylar podsholigidan ajralib chiqqan Baqtriya keyinroq Hindiston yerlarining katta qismini o‘ziga qaratib olib, mil. avv. II 5 asrgacha mavjud bo‘ldi. Bu davlatga greklar podsholik qilgani uchun uning nomi Yunon-Baqtriya deb yuritildi. Shu podsholikda grek san’ati ta’siri yaqqol seziladi. Yunon tarixchilari Yunon-Baqtriyani ming shahari bor o‘lka deb ta’riflashgan. Bu, so‘zsiz, mamlakatda shahar qurilishi intensiv bo‘lganligini bildiradi. Haqiqatda ham bu davrda Yunon-Baqtriya yerlarida mavjud shaharlar kengaytirildi, odamlar yashaydigan katta bo‘lmagan aholi punktlari shaharga aylantirildi. Yangi shaharlar aniq to‘rtburchak yoki kvadrat shaklida qurilib, atrofi qalin devor bilan o‘rab chiqildi, to‘rtburchaksimon minoralar bunyod etildi. Qurilgan binolarda serjilo “korinf orderi” keng qo‘llanildi. YUnon (Gretsiya) san’ati ta’siri shu davrda zarb etilgan tangalarda va ularga ishlangan bo‘rtma tasvirlarda ham seziladi. Ellinizm numizmatika san’atida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Markaziy Osiyoga bo‘rtma tasvirli tangalarning kirib kelishi salavkiylar sulolasi nomi bilan bog‘liq. O‘rta Osiyoda ishlangan tangalarda portretlar tashqi ko‘rinishi bilan birga, shaxsning fe’l-atvorini ham haqqoniy tasvirlab, yunon bo‘rtma tasvirlaridan o‘tib ketdi, «o‘rta osiyocha» mo‘‘jaz portret san’ati rivojlandi. Tangalar yuzasiga o‘ng tomonga qarab turgan podsholarning tasviri tushirilgan, orqa tomonida yunon afsonaviy qahramonlari tasviri va yozuv mavjud. Bu har ikki tomon tasvirida ellinlarning san’ati an’analari sezilarli. Bu tasvirlar, ayniqsa, podsholarning miniatyur portretlari o‘zining o‘tkir realizmi bilan xarakterlanadi. Jumladan, Yunon-Baqtriya podshosi Demetriy (mil. av. 200-185), Evkradit (mil. av. 185-171) portretlari alohida o‘rinni egallaydi. Demetriy portreti shu davr realistik portret Download 92.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling