4
asrlarda yangi ossur va qadimgi fors davrlarida butun G‘arbiy Osiyoda, hatto Misr,
Kichik Osiyo va Hindistonda devonxonalarning rasmiy yozuvi va tiliga — xalqaro
aloqa vositasiga aylangan. Oromiy alifbosi ham faqat undoshlarni ifodalovchi 22
harfdan iborat bo‘lgan.
Mil. avv. VI-IV asrlarda O‘rta Osiyodagi
badiiy hayot va madaniyatni
tushunishda Amudaryoning yuqori oqimi tomonidan topilgan
«Amudaryo
xazinasi» («Oks boyligi», «O‘kuz xazinasi») muhim o‘rinni egallaydi.
Bu xazina
mil. avv. IV – II asrlarga oid zargarlik buyumlari majmuasi bo‘lib, 1877-yil Vaxsh
va Panj daryolarining Amudaryoga quyilish erida,
Taxtiqubod kechuvi yaqinida
topilgan. 179 oltin va 7 kumush buyum hamda o‘sha davrlarda zarb qilingan 1500
ta kumush va chaqa (asosan mil. avv. IV asr oxiri – II asr boshi) tangadan iborat.
Ma’lumki, Aleksandr Makedonskiy mil. avv. IV asrlarda axomaniylar davlatini
tor-mor etib, O‘rta Osiyo yerlarining ko‘pgina qismini o‘ziga qaratib oldi.
Faqat
Xorazm, Farg‘ona va Sirdaryo bo‘yidagi ko‘chmanchi qabilalargina o‘z
mustaqilligini saqlab qoldi. Bu harbiy yurishlar natijasida O‘rta Osiyo hududlariga
ellinizm madaniyati kirib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: