2-mavzu: Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari (2 soat) Reja


Kushonlar davrida madaniyat va san’atning yuksalishi


Download 92.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana18.11.2023
Hajmi92.56 Kb.
#1783777
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2-mavzu (m-)

3. Kushonlar davrida madaniyat va san’atning yuksalishi. Milodiy I 
asrning boshlariga kelib, Grek-Baqtriya podsholigining parchalanishi natijasida 
vujudga kelgan mayda davlatlar birlashtirilib, Kushon davlati tashkil topdi. 
Kushonlar davrida O‘rta Osiyoda buddizm dinining keng tarqalishi natijasida bu 
din bilan bog‘liq bo‘lgan ibodatxonalar, haykaltaroshlik, devoriy suratlar yuzaga 
keldi. Shu bilan birga mil. av. I asrdan - mil. IV asrgacha Kushon davlatida Budda 
dini bilan bog‘liq turli teatrlashgan tomoshalar ham mavjud bo‘lgan. Ayritom 
ibodatxonasi peshtoqidagi cholg‘uchi qizlarning tasvirlari shuni ko‘rsatadi. 
Kushonlar davrida ijtimoiy hayotda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar bizgacha etib 
kelgan tangalarda namoyon bo‘ladi. Bu tanga yuzalariga podsholar portreti 
zarblangan, orqa tomoniga xudolar tasviri tushurilgan. YOzuvlar esa Kushon 
Baqtriya tilida, yozish uchun kushon harflari (grek alf. asosida yaratilgan) 
ishlatilgan.
O‘rta Osiyoning Kushon davri me’morchiligi va amaliy san’atini katta 
turkum namunalari Surxondaryoning Xolchayon, Ayritom, Dalvarzintepa



Qoratepa, Farg‘ona viloyatlari va uning bir qator manzilgoxlarida kuzatiladi. 
Xolchayon — Yunon-Baqtriya va kushonlar davri madaniyatiga oid 
yodgorliklar majmuasi (mil. avv. IV - mil. V asr.). Surxondaryo viloyatining 
Denov tumani hududida joylashgan.
Ayritom — ko‘hna shahar xarobasi Surxondaryo vililoyai Termez shahridan 
18 km sharqda joylashgan. Bu yerda topilgan toshdan ishlangan gorelef (bo‘rtma 
naqsh, bo‘rttirib ishlangan rasm)lar va so‘nggi Kushon davlati me’morligining 
xarobalari bu yerda buddizm keng yoyila boshlaganligini ko‘rsatadi.
Kushon davrida O‘rta Osiyoda buddizmning tarqalishi natijasida buddizm 
ibodatxonalari yuzaga keldi va bu dinning ta’siri bevosita haykaltaroshlikda ham 
oz ifodasini topdi. Budda va boshqa diniy personajlarning haykallari 
ibodatxonalarning oldi va ichkari qismidan o‘z o‘rnini egalladi. Bu haykallarning 
ishlanish tamoyillari Hindistonda yaratilgan kanonlarga asoslangan. Bunga misol 
qilib, Dalvarzintepa va Qoratepa (Surxondaryo vil.) dagi - qadimgi shahar 
xarobalaridan topilgan buddizm ibodatxonalarini aytish mumkin. Ushbu 
manzilgohlardagi buddizm ibodatxonalaridan topilgan ganch haykallar ham 
yuqorida ko‘rilgan xususiyatlarga ega. Bu haykallar natural kattalikda ishlangan va 
real xarakterga egadir. Haykaltarosh mahalliy tiplarning o‘ziga xos tomonlarini 
ko‘rsatishga harakat qiladi. Bu ularning ko‘rinishi soch tarash va kiyinishlarida 
seziladi. 

Download 92.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling