bo‘rtma tasvirlar keng o‘rinni egallaydi.
Parfiya san’atini tushunishda Ashxobod (18 km shimoli-garbda joylashgan)
yaqinida
arxeologik
qazishmalar
natijasida
ochilgan
Parfiyaning
yirik
shaharlaridan biri hisoblangan Niso (boshqacha nomi Parfnisa bo‘lib, u ikki tepalik
Eski Niso va Yangi Niso iborat) alohida o‘rinni egallaydi. Mazkur ko‘hna shahar
qoldiqlari hamda u yerdan topilgan amaliy-dekorativ va tasviriy san’at buyumlari
o‘sha davr badiiy hayotini tushunishda bebaho daliliy material hisoblanadi.
Nisadan topilgan yodgorliklar ichida fil suyagidan shoxga o‘xshatib
yasalgan idishlar - ritonlar haqiqiy shov-shuvga sabab bo‘ldi. Hajm jihatidan
kattagina (balandligi 40-60 sm.) bo‘lgan bu ritonlar mil. avv. II oid bo‘lib, uch
tomonida afsonaviy hayvonlarning yarim beligacha haykali ishlangan.
Ritonlarning tepa qismi esa bo‘rtma tasvir - friz bilan halqalangan. Bu bo‘rtma
tasvirlarda ko‘proq antik mifologiyadan olingan voqealar, qurbonlik olib kelish,
raqqosalar yoki antik xudolarning bo‘rtma tasvirlari ishlangan.
Yangi asrning boshlariga kelib, O‘rta Osiyo iqtisodiy, siyosiy va madaniy
hayotida jiddiy jonlanish boshlandi. Undagi qator madaniy markazlarda madaniyat
va san’at borasida muhim yodgorliklar yaratildi. Shunday madaniy markazlardan
biri Xorazm edi. Qo‘yqirilgan qal’a, Guyar qal’a, Tuproq qal’a xarobalari, u
yerdan topilgan tasviriy va amaliy san’at namunalari shu davrlarda (ilk
feodalizm, ya’ni V asrga qadar) Xorazmda ijtimoiy hayotning birmuncha intensiv
bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Qo‘yqirilgan qal’a (To‘rtko‘lning shimoliy sharqiy qismidan 22 km.
uzoqlikda) mil. avv. IV-III asrda barpo etilgan bo‘lib, u dastlab dumaloq shaklda
bo‘lib, uning markazida diametri 44,4 m. ikki qavatli bino, undan 14,5 m.
uzoqlikda esa mudofaa devorlari bo‘lgan. Bu devor keyinchalik mudofaa
galereyasiga aylantirilib, tepa qismi ravoqli tom bilan yopilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |