Dalvarzintepa — qadimgi shahar xarobasi. Surxondaryo viloyati Sho‘rchi
tumani markazi — Sho‘rchi shaqridan 10 km shimoli-sharqda joylashgan.
Maydoni 47 ga. Dalvarzintepa 2 qismdan: qudratli mudofaa devori (qalinligi 10
m.gacha) bilan o‘rab olingan shoh saroy qal’asi va shaharning o‘zidan iborat.
1972-yilda O‘zbekiston san’atshunoslik ekspeditsiya natijasida bu yerdan vazni
salkam 36 kg chamasi keladigan oltin bezaklardan va yombilar (slitok)dan iborat
noyob xazina topilgan. Dalvarzuntepa xazinasi oltin buyumlar soni 115 ta, ular
yombilar, bilaguzuklar, oltin shodalar va boshqa taqinchoqlardir. Dalvarzuntepa
xazinasi paleografik jihatdan mil. I asrga to‘g‘ri keladi. Bu xazinasining eng
qimmatli tomoni uning antik dunyo davr san’ati qatorida tutgan o‘rnidir. Shu bilan
birga Dalvarzintepa shahar xarobasidan qadimgi «Chaturanga» shaxmat turiga
tegishli shaxmat figuralar ham topilgan.
Qoratepa - budda g‘or ibodatxonalar majmuasi (milodiy I-III asrlar). Eski
Termizning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan. Qoratepada olib borilgan
arxeologik ishlar buddizm bilan bog‘liq me’morlik kompleksining ochilishini
ta’minladi. Ochilgan g‘or ibodatxonalarning bezatilishi, u yerda mavjud bo‘lgan
haykal va devoriy suratlar diqqatga sazovordir. Jumladan, noma’lum rassom
tomonidan ishlangan devoriy suratlarda fazoviy kenglikni ifodalashga, hajmini
tasvirlashga intilish seziladi. Qoratepadan topilgan rasmlar, haykallar va boshqa
dekorativ-amaliy san’at buyumlari kushonlar davridan Tarmita — Termizda o‘ziga
xos an’ana va yo‘nalishga ega bo‘lgan alohida badiiy maktab bo‘lganidan dalolat
beradi. Bu maktab kushonlar davrida Baqtriya badiiy madaniyatininggina emas,
balki butun antik madaniyatning rivojlanishida katta rol o‘ynaydi.
4. Buyuk Ipak yo‘lining O‘rta Osiyo xalqlari madaniyati va san’ati
Do'stlaringiz bilan baham: |