2-mavzu: Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari (2 soat) Reja


Download 92.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana18.11.2023
Hajmi92.56 Kb.
#1783777
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2-mavzu (m-)

Dalvarzintepa — qadimgi shahar xarobasi. Surxondaryo viloyati Sho‘rchi 
tumani markazi — Sho‘rchi shaqridan 10 km shimoli-sharqda joylashgan. 
Maydoni 47 ga. Dalvarzintepa 2 qismdan: qudratli mudofaa devori (qalinligi 10 
m.gacha) bilan o‘rab olingan shoh saroy qal’asi va shaharning o‘zidan iborat. 
1972-yilda O‘zbekiston san’atshunoslik ekspeditsiya natijasida bu yerdan vazni 
salkam 36 kg chamasi keladigan oltin bezaklardan va yombilar (slitok)dan iborat 
noyob xazina topilgan. Dalvarzuntepa xazinasi oltin buyumlar soni 115 ta, ular 
yombilar, bilaguzuklar, oltin shodalar va boshqa taqinchoqlardir. Dalvarzuntepa 
xazinasi paleografik jihatdan mil. I asrga to‘g‘ri keladi. Bu xazinasining eng 
qimmatli tomoni uning antik dunyo davr san’ati qatorida tutgan o‘rnidir. Shu bilan 
birga Dalvarzintepa shahar xarobasidan qadimgi «Chaturanga» shaxmat turiga 
tegishli shaxmat figuralar ham topilgan.
Qoratepa - budda g‘or ibodatxonalar majmuasi (milodiy I-III asrlar). Eski 
Termizning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan. Qoratepada olib borilgan 
arxeologik ishlar buddizm bilan bog‘liq me’morlik kompleksining ochilishini 
ta’minladi. Ochilgan g‘or ibodatxonalarning bezatilishi, u yerda mavjud bo‘lgan 
haykal va devoriy suratlar diqqatga sazovordir. Jumladan, noma’lum rassom 
tomonidan ishlangan devoriy suratlarda fazoviy kenglikni ifodalashga, hajmini 
tasvirlashga intilish seziladi. Qoratepadan topilgan rasmlar, haykallar va boshqa 
dekorativ-amaliy san’at buyumlari kushonlar davridan Tarmita — Termizda o‘ziga 
xos an’ana va yo‘nalishga ega bo‘lgan alohida badiiy maktab bo‘lganidan dalolat 
beradi. Bu maktab kushonlar davrida Baqtriya badiiy madaniyatininggina emas
balki butun antik madaniyatning rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. 
4. Buyuk Ipak yo‘lining O‘rta Osiyo xalqlari madaniyati va san’ati 

Download 92.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling