8
yo‘llarning ahamiyati nihoyatda kattadir. Mil. avv. III ming yillikka kelib, O‘rta
Osiyoning ko‘pgina hududlari qadimgi aholi tomonidan o‘zlashtirib bo‘lingan edi.
Cho‘l va dasht hududlardagi ko‘chmanchi chorvador aholi vohalardagi o‘troq aholi
bilan o‘zaro aloqalarni bronza davriga kelib yanada rivojlantiradilar.
Tarixiy
adabiyotlardan ma’lum bo‘lishicha, Buyuk Ipak yo‘li tashkil topmasdan ancha
ilgariyoq Qadimgi Sharq va O‘rta Osiyo hududlarida o‘zaro almashinuv yo‘llari
mavjud edi.
Qadimdan shakllanib kelgan bu yo‘llar Sharq va G‘arb o‘rtasidagi
savdo
munosabatlarini ta’minlagan va kelgusida bunyod etilajak Buyuk ipak yo‘lning
shakllanishida muhim bo‘lgan edi. Mil. avv. II asr xalqaro ahamiyatga va aniq
yo‘nalishga ega bo‘lgan savdo – tranzit yo‘li, ya’ni qitalararo karvon yo‘li
«Buyuk
ipak yo‘li» vujudga keldi. Buyuk Ipak yo‘li atamasi qadimda ishlatilmagan. Buyuk
Ipak yo‘lini tarixiy, geografik va madaniy jihatlarini ilmiy o‘rganish
amalda
ko‘plab mamlakat olimlari tomonidan XIX asrning 2-yarmidan boshlangan. Uni
tadqiq etishga G‘arbiy Evropa, Rossiya va YAponiya olimlari salmoqli hissa
qo‘shdilar. Xususan, Yaponiyada «Buyuk ipak yo‘li ensiklopediyasi» nashr qilindi.
1877-yilda
mashhur nemis olimi Ferdinand Paul Vilgelm Rixtgofen o‘zining
«Xitoy» nomli yirik ilmiy asarida ulkan Evroosiyo materigining
turli qismlarini
bog‘lovchi yo‘llar tizimini «Ipak yo‘li» deb atagan, keyinchalik «Buyuk Ipak
yo‘li» atamasi qabul qilingan. «Buyuk» so‘zi yo‘lning juda ham uzun bo‘lganligini
hamda juda ko‘p xalqlar taqdiriga aloqadorligini anglatadi. «Ipak» so‘zi esa
yo‘lning asosan qimmatbaho mahsulot — Xitoy
ipagi savdosiga xizmat
qilganligini bildiradi. XIX asrning 2 – yarmiga qadar bu yo‘l
Do'stlaringiz bilan baham: