2-mavzu: Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari (2 soat) Reja


Download 92.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana18.11.2023
Hajmi92.56 Kb.
#1783777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-mavzu (m-)

san’atining 
nodir 
yodgorligi 
hisoblanadi. 
Haykaltarosh 
bu 
portretda 
tasvirlanuvchining o‘ziga xos individual qiyofasi va xarakterini ifodali aks ettira 
olishi bilan kishini hayratlantiradi. Amaliy san’atda ham yunon san’atiga taqlid 
qilish yoki yunon san’ati namunalaridan foydalanish keng avj oldi. Mahalliy 
ustalar grek kulolchilik formalaridan o‘z ijodlarida keng foydalandilar. 
Yunon-Baqtriya podsholigi davrida ham an’anaviy teatr san’ati va musiqa 
san’ati rivojlangan. Ushbu podshohlik davrida Oyxonim (Shimoliy Afg‘oniston), 
Nisoda maxsus teatrlar bo‘lib, ularda Evripidning «Alkesta», «Ippolit» kabi 
tragediyalari ko‘rsatilgani haqida ma’lumotlar ma’lum. Xususan, podsholar saroyida 
yunonistonlik aktyorlar, musiqachi va raqqoslarning guruhi mavjud bo‘lgan. 
Ayniqsa, yunon xalq teatrining «maskars», «mim» (grekcha «mimos» - antik xalq 
teatrning komediya janri) singari turlari keng yoyilgan. Ularni mumtoz (klassik) 
tragediya va komediyalardan farqli belgilangan matn bo‘lmagan yoki matnsiz 
chiqilgan, ammo u yunon tilini bilmagan mahalliy aholiga tushunarli bo‘lgan. 
Aktyorlar sharoit, tamoshabinlarning ruhiyatiga ko‘ra matnlarni o‘zgartirganlar – 
musohaba (suhbat), xazil-mutoyiba, hajv, hikoya, qo‘shiq usullarida ijro etganlar. 
Raqs, musiqa va akrabatik mashqlar teatr ijrochilarining muhim elementlari 
bo‘lgan. Antik mifologiya va sharq afsonaviy qahramonlari uyg‘unligida yangi 
tiplar yuzaga kela boshladi. SHarq va G‘arbning yaqinlashuvini Yunon-Baqtriya 
boshlab beradi, Bu holat Parfiya davlatiga ham ta’sir qilib, uning madaniyati va 
san’atida aks etdi.
Parfiya (Parfiyona) podsholigi - mil. avv. taxm. 250-yilda Kaspiy 
dengizining janubiy va janubi-sharqiy tomonida (Turkmanistonning janubi-g‘arbiy 
tomoni va Eronning shimoli-sharqiy qismlari) vujudga kelgan kadimgi davlat 



hisoblanadi. Parfiya podsholigi me’morchilik, amaliy va bezak san’ati dastlab 
sharqiy ellin madaniyatining shoxobchalaridan biri sifatida rivojlangan. 
Keyinchalik Parfiya tarkibiga kirgan mahalliy xalqlarning badiiy an’analari bilan 
boyib taraqqiy etgan. Parfiya san’atini o‘rganishda ham tanga yuzasiga ishlangan 

Download 92.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling