2-mavzu: Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari (2 soat) Reja


Download 92.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana18.11.2023
Hajmi92.56 Kb.
#1783777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-mavzu (m-)

- Trever K.V. (O‘rta Osiyo san’ati, xususan, Yunon-Baqtriya san’ati 
yodgorliklari) va boshqalar.
Ma’lumki, zardushtiylik (mil. avv. VII asr) dini mil. avv. I minginchi 
yillarda O‘rta Osiyoga yoyildi. Uning muqaddas kitobi «Avesto» esa shu din 
qarashlarini targ‘ib etdi. Qadimgi O‘rta Osiyo madaniyatini va san’ati o‘rganishda 
bizgacha saqlanib kelgan qal’a, saroy, turar joy va qabrlar bilan birga zardushtiylar 
dini bilan bog‘liq bo‘lgan ossuariy («ostadon», lot. os — suyak) deb ataluvchi 
odamlar suyagini saqlash uchun mo‘ljallangan sopol, tosh yoki ganchdan yasalgan 
idishlar muhim daliliy ashyo bo‘lib xizmat qiladi.
O‘rta Osiyo xalqlarida ossuariyga solib ko‘mish odati mil. av. 1 ming 
yillikning 1-yarmida shakllanib, mil. VIII asrgacha (islomiy dafn rusumlari qabul 
qilinguncha) davom etgan. Xorazmdan topilgan qadimgi ossuariy haykallar 
shaklida bo‘lib, o‘liklarni ilohiylashtirishni ifodalagan. O‘rta Osiyo, Eron, Falastin, 
Misr va boshqa joylardan ko‘plab «ostadon» topilgan bo‘lib, ular erga yoki 
novuslarda saqlangan. 
Ossuariy idishlar bo‘rtma va dumaloq tasvirlar bilan bezatilgan bo‘lib, 
ba’zilarida hayotiy voqealarni aks ettiruvchi suratlar mavjud. O‘rta Osiyo qadimgi 
davri madaniyati va san’atini o‘rganishda yer ostidan, qabrlardan topilgan turli 
amaliy san’at namunalari, jang, mehnat, ov qurollari ham muhim rol o‘ynaydi. 
Sopol buyumlar, bronza, oltin, kumushdan ishlangan odamlar ehtiyoji uchun 
ishlatiladigan buyumlar yuzasi naqshlar bilan bezatilgan bo‘lgan. Bo‘rtma tasvir va 
haykallar bilan pardozlangan. Ana shu manbalar o‘tmish san’ati va madaniyatini 
kishilarni estetik, badiiy qarashlarini bilishga xizmat qiladi. Ossuariylar eng ko‘hna 
udumlarni o‘rganishga, ajdodlar amaliy san’atining nozik qirralarini aniqlashga 
ko‘maklashadi. 
Zardushtiylik dini asosida O‘rta Osiyo zaminida an’anaviy teatr ham taraqqiy 
etgan. Xususan, mil. av. VII - VI asrlardayoq Turonda zardushtiylik va uning 
mukaddas kitoblar to‘plami — Avesto bilan bog‘liq 2 toifa — kulgili va qayg‘uli 
tomoshalari shakllangan.
Taxm. mil. av. 1 ming yillik davrida qadimgi dunyo davlatlari — Misr, 
Shumer, Bobil, Rim madaniyati kabi O‘rta Osiyo madaniyatida ham kasbiy 




Download 92.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling