7
Qoratepa, Farg‘ona viloyatlari va uning bir qator manzilgoxlarida kuzatiladi.
Xolchayon — Yunon-Baqtriya va kushonlar davri madaniyatiga oid
yodgorliklar majmuasi (mil. avv. IV - mil. V asr.). Surxondaryo viloyatining
Denov tumani hududida joylashgan.
Ayritom — ko‘hna shahar xarobasi Surxondaryo vililoyai Termez shahridan
18 km sharqda joylashgan. Bu yerda
topilgan toshdan ishlangan gorelef (bo‘rtma
naqsh, bo‘rttirib ishlangan rasm)lar va so‘nggi Kushon davlati me’morligining
xarobalari bu yerda buddizm keng yoyila boshlaganligini ko‘rsatadi.
Kushon davrida O‘rta Osiyoda buddizmning tarqalishi natijasida buddizm
ibodatxonalari yuzaga keldi va bu dinning ta’siri bevosita haykaltaroshlikda ham
oz ifodasini topdi. Budda va boshqa diniy
personajlarning haykallari
ibodatxonalarning oldi va ichkari qismidan o‘z o‘rnini egalladi. Bu haykallarning
ishlanish tamoyillari Hindistonda yaratilgan kanonlarga asoslangan. Bunga misol
qilib,
Dalvarzintepa va Qoratepa (Surxondaryo vil.) dagi
- qadimgi shahar
xarobalaridan topilgan buddizm ibodatxonalarini aytish mumkin. Ushbu
manzilgohlardagi buddizm ibodatxonalaridan topilgan ganch haykallar ham
yuqorida ko‘rilgan xususiyatlarga ega. Bu haykallar natural kattalikda ishlangan va
real xarakterga egadir. Haykaltarosh mahalliy tiplarning o‘ziga
xos tomonlarini
ko‘rsatishga harakat qiladi. Bu ularning ko‘rinishi soch tarash va kiyinishlarida
seziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: