2-mavzu: Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari (2 soat) Reja


Download 92.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana18.11.2023
Hajmi92.56 Kb.
#1783777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-mavzu (m-)

Ellinizm Makedoniya, Yunoniston, O‘rta dengizning sharqiy sohillari, 
G‘arbiy Osiyo, Qora dengiz atrofidagi mamlakatlar tarixining Aleksandr (Iskandar) 
istilosi (mil. av. 334-323-yillar)dan mil. av. 30-yilda Misr Rim qo‘shinlari 
tomonidan ishg‘ol etilgan paytgacha o‘tgan davr. «Ellinizm» atamasi ilmda dastlab 
nemis olimi I.G. Droyzenning 1836-1843-yillarda chop etilgan 2 jildli «Ellinizm 
tarixi» asarida qo‘llangan va ushbu atama orqali ellinlarning Sharq 
mamlakatlaridagi hukmronligi va ular madaniyatining Sharq xalqlari madaniyati 
bilan uyg‘unlashib hosil qilgan yangi madaniyat tushunilgan. 
Ellinizm davri Qadimgi Yunon va Qadimgi Sharqning ijtimoiy-iqtisodiy, 
siyosiy munosabatlarining qo‘shilish va bir-biriga ta’sir ko‘rsatish davridir, bu 
davrda madaniyat va san’atda ham an’analar qo‘shilib bordi, uyg‘unliqda 
rivojlandi. Davr ruhi va xususiyatlari, ayniqsa, memorlik va monumental san’atda 
o‘zining yorqin ifodasini topdi. Hukmdorlar o‘zlarining saltanatlarini muhtasham 
binolar, ajoyib san’at namunalari bilan boyitishga harakat qildi.
O‘rta Osiyoning ellinistik davrdagi me’morligi xarakteri uning janubiy 
hududlarida seziladi. Bu davrda qurilgan binolar xarakterida axomaniylar davri 
me’morligi uslublari bilan birga, yunon (grek) san’ati an’analari mavjud. 
Ayniqsa, binolarning dekorativ bezalishida shu o‘ziga xoslik ko‘zga tashlanadi. 
Ellinizm davrida O‘zbekistonda mahobatli haykallar ham ishlanganligi ma’lum. 
Jumladan, Artemida Anaxita siymosida mujassamlashgan.
Zardushtiylik dinining yunonlarga ta’siri qadim davrlarda kuchli 
bo‘lganidek, ellinizm davrida ham bu ta’sir sezilarli edi. Ellinizm davrida, ayniqsa, 
zardushtiylik ta’limoti katta rol o‘ynadi. Dastavval ahdga sodiqlik, keyinchalik 
haqiqat uchun kurashuvchilar tomonida jang qiluvchi urush xudosi, buyuk 
hakam va nihoyat, yorug‘lik xudosi Mitra ellinistik mamlakatlarda keng 
tarqaldi. Bu ma’bud hindlarda «Mitra», Avestoda «Misra», sug‘dlarda «Mishra» 
deyilgan. 
Mil. av. 250-yillarda Salavkiylar podsholigidan ajralib chiqqan Baqtriya 
keyinroq Hindiston yerlarining katta qismini o‘ziga qaratib olib, mil. avv. II 



asrgacha mavjud bo‘ldi. Bu davlatga greklar podsholik qilgani uchun uning nomi 
Yunon-Baqtriya deb yuritildi. Shu podsholikda grek san’ati ta’siri yaqqol seziladi. 
Yunon tarixchilari Yunon-Baqtriyani ming shahari bor o‘lka deb ta’riflashgan. 
Bu, so‘zsiz, mamlakatda shahar qurilishi intensiv bo‘lganligini bildiradi. Haqiqatda 
ham bu davrda Yunon-Baqtriya yerlarida mavjud shaharlar kengaytirildi, odamlar 
yashaydigan katta bo‘lmagan aholi punktlari shaharga aylantirildi. Yangi shaharlar 
aniq to‘rtburchak yoki kvadrat shaklida qurilib, atrofi qalin devor bilan o‘rab 
chiqildi, to‘rtburchaksimon minoralar bunyod etildi. Qurilgan binolarda serjilo 
“korinf orderi” keng qo‘llanildi. YUnon (Gretsiya) san’ati ta’siri shu davrda zarb 
etilgan tangalarda va ularga ishlangan bo‘rtma tasvirlarda ham seziladi.
Ellinizm numizmatika san’atida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Markaziy 
Osiyoga bo‘rtma tasvirli tangalarning kirib kelishi salavkiylar sulolasi nomi bilan 
bog‘liq. O‘rta Osiyoda ishlangan tangalarda portretlar tashqi ko‘rinishi bilan birga, 
shaxsning fe’l-atvorini ham haqqoniy tasvirlab, yunon bo‘rtma tasvirlaridan o‘tib 
ketdi, «o‘rta osiyocha» mo‘‘jaz portret san’ati rivojlandi. Tangalar yuzasiga o‘ng 
tomonga qarab turgan podsholarning tasviri tushirilgan, orqa tomonida yunon 
afsonaviy qahramonlari tasviri va yozuv mavjud. Bu har ikki tomon tasvirida 
ellinlarning san’ati an’analari sezilarli. Bu tasvirlar, ayniqsa, podsholarning 
miniatyur portretlari o‘zining o‘tkir realizmi bilan xarakterlanadi. Jumladan, 
Yunon-Baqtriya podshosi Demetriy (mil. av. 200-185), Evkradit (mil. av. 185-171) 
portretlari alohida o‘rinni egallaydi. Demetriy portreti shu davr realistik portret 

Download 92.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling