2-mavzu. Qizil suvo`tlar bo`limi – Rhodophyta. Yashil suvo`tlarbo`limi – Chlorophyta
Sianidofitsalar - Cyanidiophyceae sinfi
Download 404.67 Kb. Pdf ko'rish
|
2-maruza
Sianidofitsalar - Cyanidiophyceae sinfi
Bu sinfga bir hujayrali yo‘g ‘on hujayra po'stli, endosporalar yordamida ko‘payadigan qizil suvo‘tlar kiradi. Ular ekstermal sharoit - oltingurgutli qaynoq buloqlar, RN 0,5 dan 3 gacha va harorat 56 S bo‘lgan sharoitlarda, ayrimlari geterotroflikka.moyillar kiradi. Sinf bitta tartibdan iborat. Sianidiyalar — Cyanidiales tartibi Tartibning tavsifi sinfdagi takrorlandi. Cyanidium turkumiga mansub vakillar faqat avtotrof o ‘sadi. C. saldarium turining xloroplast genomi o'rganilganda u eng qadimgi xloroplast genomi bolishi mumkinligi aniqlangan. Qizil suvo'tlarning boshqalaridagi xloroplast genom bilan qiyoslanganda unda bir nechta unikal genlar borligi ulardan beshtasi bakteriya hujayrasining sintezida ishtirok etishi va bu suvo‘t xloroplastlarini issiq muhit sharoitiga chidamligini taminlashni; ikkita gen fotosintezni sho‘r tasiriga moslanishda ahamiyatli deb hisoblaniladi. Bu genlar mazkur suvo‘t turini ekspermal sharoitlarda yashashda zarur deb hisoblaniladi. Bu turkumdan Galdieria turkumining taksonlari geterotrofiyaligi ular 27 ga yaqin turli qandlar va spirt eritmalar bilan oziqlanishi malum bo‘lgan. Rodellofitsalar - Rhodellophyceae sinfi Sinf Rhodella (grek. Rhodon - pushti) turkumi nomi bilan nomlangan. Bir hujayrali va koloniya hosil qilgan vakillarida plastidlarining morfologiyasi turlicha: Porrhyridium, Dixoniella, Rhodella, Chroodactylon, Stylonema turkumlarida xloroplast yulduzsimon, pirenoidli, Rhodosorus turkumida xloroplast kosasimon, pirenoidli, Goniothrichopsis turkumida disksimon xloroplastlar pirenoidlar, Golji apparati endoplazmatik to‘r, mitoxondriyalar, yadro bilan bog/langan. Jinsiy ko‘payish malum emas. Porfiridiyalar - Porphyridiales tartibi Bir hujayrali va koloniya hosil qilgan organizmlar. Golji apparati endoplazmatik to‘r va mitoxondriyalar bilan bog'langan. Xloroplastlarida uni o'ragan periferik tilakoid yo‘q. Porphyridium turkumining vakillarida hujayralari bittadan yoki shilimshiqdagi koloniyaga jamlangan. Shilimshiq odatda qip-qizil, ko‘k-yashil, sarg‘ish-jigarrang yoki kulrang tuslarda bo‘ladi. Hujayralari shar va ellips ko‘rinishida, shilliq o'ramali. Sirpanib harakatlanadi. Yorug'likka tomon sirpanganda shilimshiqdan 295 ajraladi, xuddi ko'pchilik qizil suvo'tlardagi sporangiydan sporalarni ajralishiga o'xshaydi. Xromatofori yulduzsimon uni o ‘rtasida bitta pirenoid jo ylashadi. Ko'payishi faqat vegetativ, hujayrani teng ikkiga bo'linishi bilan amalga oshadi.Chuchuk va dengiz suvlarida. tuproq yuzasida uchraydi. Download 404.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling