2-mavzu. Qizil suvo`tlar bo`limi – Rhodophyta. Yashil suvo`tlarbo`limi – Chlorophyta


Download 404.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana03.02.2023
Hajmi404.67 Kb.
#1153178
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-maruza



2-mavzu. Qizil suvo`tlar bo`limi – Rhodophyta. Yashil suvo`tlarbo`limi – 
Chlorophyta 
Reja: 
1.Yashil suvo`tlar— Chlorophyta 
2.Yashil suvo’tlarning ahamiyati 
3. Qizil suvo`tlar — Rhodophyta 
4.Qizil suvo’tlarning ahamiyati 


Q IZIL S U V O T L A R - R H O D O PH Y TA BO 'LI Ml
Qizil suvo‘tlar quyidagi umumiy tavsiflarga ega.
1. Bir hujayrali, koloniya hosil qilgan va ko‘p hujayrali organizmlar bo‘lib 
tallomli kokkoid, ip, geterotrixial psevdoparenximatoz va parenxima tuzulishli.
2. Hayotiy davrida xivchinli bosqich hosil qilmaydi.
3. Xloroplastlarini po‘sti qo‘sh membranali, xloroplastga xos endoplazmatik to‘r 
yo‘q. Tilakoidlari bittadan. Xloroplastdagi DNK xloroplast stromasi bo'ylab tarqalgan 
kichik nukleotidlar holida.
4. Xlorofillardan faqat xlorofill a bor. Q o‘shimcha fikoeritrin va allofikotsianin, 
fikotsianin pigmentlar fikobilisomalarda jamlangan, turli karotinoidlar bor.
5.Asosiy g‘amlangan mahsulot - "bagryanka" kraxmalisitoplazmada to‘planadi.
6. Mitoxondriylar yassilangan kristli.
7. Mitoz yarimyopiq ro‘y beradisentrolasiz.
8. Hujayrasining devori ko‘p hollardasellyulozali va pektin moddalar - agar, 
karraginan, agarozadan iborat.
9. Hujayralararo tirqishlar bor. 1 
0. Hayotiy davri gaplo-diplobion tarzda ro‘y beradi undan ikkitasi diploidli.
11. Asosan dengizlarda birikib tarqalgan, qisman chuchuk suvlarda ham uchraydi.
Qizil suvo‘tlarning ko‘pchiligi ko‘p hujayrali murakkab tuzilishli organizmlar. 
Ayrimlargina eng sodda tuzilganlari bir hujayrali yoki koloniya hosil qilgan tallomlilar. 
Bargryankalarning tanasini shakli juda hilma-hil: ipsimon ( soch tolasi kabi ), yaxlit 
yassiyaproq yoki murakkab tarzda bo‘laklarga bo‘lingan, qirrasi bo’ylab joylashgan o 
‘simtali,silindr (tig' iz yoki g ‘ovak), quyqasimon, korallsimon ko'rinishlarga ega. Qizil . 
suvotlarning ko'pchiligi psevdoparenximatoz tuzilishli. Cystosira va Delesseria qizil 
suvo‘tlari. Xloroplastlar qizil suvo‘tlarda turlicha shakllarga ega. Ko‘pchiligida 
ularsitoplazmaning chekkasi bo‘ylab parital joylashgan. Plastidlami shakli disk yoki 
tasmaga o ‘xshash. Bir necha turkumlarida xloroplastlar yulduzcha shaklida, ular 
hujayraning o ‘rtasida joylashgan. Xloroplastlaming shakli bitta suvo‘tning o'zida ham 


cho‘ziq, tasma, disk ko‘rinishlarda ham bo‘ladi. Xloroplastlaming shakli suvo‘tning 
yoshiga hujayraning o ‘lchamlariga bog‘liq holda yoritilish, aeratsiya bilan ham o 
‘zgarishi mumkin. Qizil suvo‘tlarning ayrimlaridagi xloroplastlarda pirenoidlar ham 
bor, ularning vazifalari haqida hozircha malumotlar yo‘q. Har bir xloroplast o ‘zining 
hususiy ikki qavat membranasi bilan o‘ralgan. Tilalcoidlar glaukotsistofitlardagi kabi 
bittadan teng masofada joylashgan, to ‘plam hosil qilmaydi. Xlorofillardan qizil 
suvo‘tlaming plastidlarida xlorofill a mavjud holos, u qo‘shimcha pigmentlar-qizil 
fikoeritrin, ko‘k fikotsianin va allofikotsianin bilan qoplangan. Bu fikobilinlar 
tilakoidlar yuzasidagi yarimsferik, yarimdisk fikobilisamalarda joylashgan. Fikoeritrin 
qizil suvo‘tlarda xech bo‘lmaganda 5 ko‘rinishda ( v-fikoeritrin I va II, R-fikoeritrin I, II 
va I I I ) bo‘lib ular yorug'likni yutish bilan farqlanadi. Barcha besh tip qizil 
suvo‘tlarning turli guruhlarida turlicha miqdorda tarqalgan. Fikotsianin R-va 
Cfilcotsianinlar holida b o ‘ladi. Chuchuk suvlarda tarqalgan qizil suvo‘tlarda 
fikotsianin ko‘p bo‘lganligidan ular havorang-yashil usga ega. Kuchli yoritilgan 
joylarda tarqalgan qizil suvo‘tlar sariq, jigarrang yoki qora ranglarda boMishi, ularning 
hujayralarida yorug‘likdan ximoyalovchi turli karatinoidlarning boMishi bilan bog‘liq. 
Fikobilin pigmentlar suvda eriydi. Qo‘shimcha pigmentlardan muhimlari bo‘lib b-va v-
karotin, lyutein va zeaksantin hisoblanadi. Bazi turkumlarga mansub qizil suvo'tlarda 
anteraksantin, vialoksantin, b-va v-kriptoksantin ham bor. Xloroplastdagi DNK diametri 
1-2 mkm keladigan nukleotidlar xolida xloroplast bo‘ylab tarqalgan. Qizil suvo‘tlardagi 
g ‘amlangan maxsulot - bagryanka kraxmali ( b-1,4 bog‘langan glyukon ). Yashil 
suvo‘tlardagidan farqlanib uning donalari xloroplastlarda emas,sitoplazmada to‘planadi. 
Yodning tasirida qizil rangga kiruvchi bagryanka kraxmali tarmoqlanmagan amilozadan 
iborat. Qizil suvo‘tlarda ro‘y beradigan fotosintezning muhim maxsuloti bo‘lib quyi 
molekulali uglevodorod florizid hisoblanadi. Uning miqdori ayrim vakillarning 
tallomlarida quruq og‘irligiga nisbatan 10% gachani tashkil qiladi. U hujayrada 
osmoregulyatsiya vazifasini bajaradi. Florizid qizil suvo‘tlaridan tashqari ko‘k-yashil va 
kriptofitlarda ham uchraydi. Uning kontsentratsiyasi muhitda sho‘rlanishni ortishi bilan 


ko‘payadi. Qizil suvo‘tlaming ayrimlari ko‘p atomli spirtlarni ham g ‘amlaydi. Qizil 
suvo‘tlaming hujayrasini devori amorf matriks va fibrillardan iborat. Flujayra devoriga 
mustahkamliknisellyulozadan fibrillar beradi. Bangia va Porphyra turkumlarida hujayra 
devorining fibrillyar qismi v-1,3 bog‘langan ksilandan (ksiloza polimeridan), am orf 
qism mannanlardan iborat. Polisaxarid amorf matriksdagi eng muhim modda bo‘lib 
agar, agarod, karraginan hisoblanadi. Bu moddalarni qaynoq suv bilan ajratish mumkin. 
Ular hujayra devorining quruq massa hisobida 70% gachasini tashkil qiladi. Bir qator 
qo‘ng‘ir suvo‘tlarda hujayrasining devorida asosan oqsildan iborat kutikula ham bo‘ladi. 
Qizil suvo‘tlarning ko‘payishida mitoz, meyoz vasitokinez ro‘y beradi. Elektron 
mikroskop yordamida qizil suvo‘tlardagi yadroni bo'linishi ko‘plab turkumlarga 
mansublarida o ‘rganilgan. Ularda ro‘y beradigan mitoz yarimyopiq atsentrik tipga 
mansub. Polysiphonia turkumiga mansub suvo‘tlar misolida profazaning dastlabki 
avrida qutbning bir tomonida to‘q rangdagi polyar xaiqa k o ‘rinishdagi tuzilma hosil 
boiadi. Boshqa polyar xalqa karamakarshi qutbdagi yadro atrofiga ko'chadi. Profazaning 
ohirida polyar halqa bo‘lg'usi urchuq qutbida joylashadi. Bu joyda mikronaylar hosil 
bo‘la boshlaydi. Yadroni atrofida prenuklear endoplazmatik retikulum rivojlanadi, bu 
davrda yadrocha y o ‘qoladi. M etofazada xromosomalar metafaza plastinkasini hosil 
qiladi, ularga urchuq mikronaylari kinetoxorlar yordamida birikadi. Yadro po‘sti yirik 
tirqishli bo‘lsa ham shundayligicha qoladi, qutblarda teshiqcha hosil bo‘ladi. Yadro va 
perenuklear endoplazmatik retikulum orasida prenuklear mikronaylar joylashadi. 
Qutblararo mikronaylar anafazaning oxirida va telofazani boshlaridagina bo‘ladi. 
Telofazani oxiriga kelib hosil bo‘lgan yadrolar orasida vakum yuzaga keladi. 
Sitokinezsitoplazmatik membranani ichiga botishi tufayli boradi. Vakula .o'mida 
oqsilli qopqoq bilan yopiladigan septol tirq is h shakllanadi. Qizil suvo‘tlarning bir 
hujayrali tuzilganlarida mitoz bir qator xususiyatlarga ega. Ular: perinuklear po‘stning 
boMmasligi, 
polyar 
teshiklarning 
juda 
katta 
boiishi, 
anafazaning 
oxirida 
kinetoxorlardagi tabaqalashuni sezilarsizligi va ularga bitta mikronayni birikishi. Qizil 
suvo‘tlarida tirqishli bog‘lamlai'ni bo‘lishi boshqalaridan farqlovchi xususiyatlaridan 


hisoblanadi. Bu tartiblarga bo‘linishida ahamiyatli. Tirqishli bog‘lamlami ikkita 
birlamchi va ikkilamchi tiplari bor. Birlamchi hujayra boTinib hosil boTayotgan iklcita 
hujayralar orasida. Ikkilamchi ikkita hujayrani o‘zaro qo‘shilayotganida yuzaga keladi. 
Qopqoqchalarni hosil boMishida endoplazmatik to‘r ishtirok etadi. Uningsisternalari 
(g‘o ‘lacha) septal tirqishda joylashadi ularda tashqi tomondan qopqoq asosi hosil 
boMadi. Tirqish qopqogMni ichi oqsil bilan toMadi. Qopqoqni chekkasi 
polisaxaridlardan iborat. Qopqog‘chalar kamida 7 hil tipda boMadi. Qizil suvo‘tlarning 
ko‘payishi vegetativ, jinssiz, jinsiy tarzda am alga oshadi. Oogam jinssiz ko‘payishida 
boshqa suvo‘tlarda uchramaydigan bir qator aloxida xususiyatlar bor. Erkak jinsiy 
hujayra - spermatsiy xivchinsiz suv oqimi bilan urg‘ochi jinsiy organga boradi. 
UrugManish ro‘y berganidan keyin gonimoblast iplari hosil boMadi, uning hujayralari 
kriposporangiylarga aylanadi. Gonimoblastlarning to‘plamini gon im ok arp deyiladi. 
Bir qator floridiyalarda gonimokaф po‘st bilan o ‘ralgan. Bunday tuzilmanisistok arp 
deyiladi. Kaфosporangiylarda diploid tetrosporalar hosil boMadi. Tetrosporofit va 
tetrosporangiylarda reduktsion boMinish ro‘y beradi. Gaploid tetrasporalar gaploid 
gametofitga aylanadi. Bunday hayotiy davrda ( bitta gaploid gametofit va ikkita 
diploidgaplosporafit va tetrasporofit ) qizil suvoMlaming ko‘pchiligida uchraydi, bir 
qator farqlanishlar ham bor. Bunday o‘ziga xos hayotiy davrda tarixiy taraqqiyot 
davrida xivchinning yo‘qolishini qoplagan. Qizil suvo‘tlardagi tetrasporalarning 
joylanishi turlicha. Qizil luvo'tlardagi karpogan pasti kengaygan, tepasi cho‘zilgan 
(triXOgina) kolbaga o‘xshashdi. Kaфogonda ikkita yadro boMib, bittasi-trixoginada 
joylashgani karpogon yetilganidan keyin yo‘q bo ‘lib ketadi. Ikkinchi karpogan pastida 
joylashgani urg‘ochi gameta vazifasini bajaradi. Karpogan qizil suvo‘tlaming k o 
‘pchiligida karpogen shoxchalarida hosil bo‘Iadi, ular ko‘pchilik qizil suvo‘tlarda 
rangsiz bo'ladi. Spermatsitlar spermatangiylarda bittadan hosil bo'ladi. Yosh 
spermatangiylarda yadro apikal qismida joylashadi. Yetilgan spermatsiy bir hujayrali, 
uni qattiq po‘sti yo‘q, shilimshiq bilan o'ralgan, xloroplastlari bo‘lishi mumkin. 
Spermatsiy suv oqimi bilan trixoginaga borib to‘qnashganidan keyin hujayra devori 


eriydi. Erkak yadro trixoginadagi kanal orqali o ‘tib kaфogondagi gaploid yadro bilan 
qo‘shiladi. Gonimokarpning keyingi rivojlanashi qizil suvo‘tlardan ( karposporofitda ) 
turlicha tarzda o'tadi. Avvalo gonimoblastning iplari karpogonning kirish qismidan 
bevosita rivojlanishi mumkin. Ikkinchidan ko‘pchilik qizil suvo‘tlarda gonimoblastlar 
ko‘shimcha vegetativ hujayralar - auksillyarlarsiz rivojlanishi mumkin. Qizil 
suvo‘darning ekologiyasi va ahamiyati ham etiborga loyiq. Hozir fanga malum bo‘lgan 
qizil suvo‘tlaming anchagina ko‘pchiligi dengizlarda tarqalgan, ular Dunyo okeanining 
barcha dengizlarida bor va faqat 200 ga yaqin turlarigina chuchuk suv havzalar: daryo, 
ko‘llarda uchraydi. Qizil suvo'tlar hujayralarining tarkibida qo‘shimcha qizil 
pigmentlari tufayli ancha chuqurliklargacha ( 100-200 m ) tushib o ‘saoladi. Ular hosil 
qilgan o ‘tloqlar ko‘p hollarda 20-40 metrlarda tugaydi. Ular litoralda ayniqsa ko‘p. 
Ayrim bagryankalar suv urilib, sachrab turadigan joylarda ham o ‘sishga moslashgan. 
Qizil suvo‘tlaming orasida quruqlik sharoitida tarqalganlari oz bo‘lsa ham bor. 
Dengizlarda qizil suvo‘tlar hamma joylarda uchraydi. Ular qoyalar, katta toshlar, 
shag‘alda suniy qurulmalar, boshqa o ‘simliklar ustida va dengiz xayvonlarining qattiq 
sovutlarida ham o ‘sadi. Bagryankalaming ko‘pchiligi boshqa suvo'tlarning shu 
jumladan qizillarning ustida ham o‘sadi. Bunday epifitlarning orasida obligatlari ham 
bor, masalan, Polysiphonia lanosa qo‘ng‘ir suvo‘t Ascophyllum ustida o ‘sadi. 
Polysiphonia — obligat epifit boshqa tekinxo‘rlardan farqlanib u xujayindan oziq 
moddalami olmaydi, u o ‘ziga zarur oziq moddalami fotosintez hisobiga hosil qiladi. 
Bagryankalar orasida xaqiqiy tekinxo‘r, chala tekinxo'r hayot kcchiradiganlari, 
xo'jayin hisobiga oziqlanadiganlari ham bor. Qizil suvo‘t!ar orasida adelfotekinxo‘rlar 
yani taksonamiya jihatidan o'zining xoLjayini bilan bogianganlari va allotekinxo‘rlar-
o‘z\ning xo‘jayinniga taksanomik bog'lanmaganlari ham mavjud. Adelfotekinxo‘r hayot 
kechiradigan qizil suvo‘tlaming gratsilyariyalar, gigartinalar, plokamiyalar, 
rodumeniyalar tartiblarining suvo‘tlari orasida uchraydi. Qizil suvo‘tlar dengizlaming 
ekotuzulmasida muhim ahamiyat kasb etadi. Ular birlamchi maxsulot yaratuvchi va 
dengizdagi boshqa organizmlar uchun qarargoh hisoblanadi. Qizil suvo‘tlardan odamlar 


o ‘zlarining turmushlarida keng foydalanadilar. Oziq maxsuloti sifatida butun dunyoda 
Bangia, Porphyra, Dermonema, Asparagopsis, Grateloupia, Gigartinia turkumlaridan 
foydalaniladi. Qizil suvo'tlar poligalaktanlar - agar, agaroza, karraginan hosil qiladi. 
Agar - agarofit suvo‘tlar - Gelidium, Gracilaria, Pterocladium turkumlariga 
mansublaridan olinadi. Hozirgi kunda agar ishlab chiqaruvchi mamlakat Yaponiyada 
XVII asrdan boshlab har yili butun dunyo bo‘ylab ishlab chiqariladiganning yarmi 3500 
tonna agar olinadi. Agar mikrobiologik tadqiqotlarida katta ahamiyatga ega. 1-2% agar 
solingan oziq moddalar bakteriyalar, zamburug‘lar uchun foydalaniladi. Agar zaharsiz 
bo‘lganligidan undan oziq-ovqat sanoatida marmelat, qo‘yiq murabbo-jem, mayonez 
tayyorlashda, go‘sht va baliqlami konservalashda foydalaniladi. Karraganinlar 
Chondrus, Mastocarpa ustellatus turlaridan olinadi. Bu maqsadlar uchun Fillipin 
mamlakatida eucheuma va Kappaphyces turkumlarining suvo‘tlari maxsus 
ko‘paytiriladi. Bir yilda 13 ming tonnaga yaqin karraginanlar olinib uning yarmidan 
ko‘prog‘i yevropaga, qolganlari boshqa mamlakatlarga yuboriladi. Karroginan zaharsiz 
shu boisdan undan oziq-ovqat sanoatida, ziynatda, to‘qimachilikda foydalaniladi. U 
antivirus, antikoagulyant, yazvaga qarshi yaxshi xususiyatga ega. Qizil suvo‘tlar eng 
qadimgi guruh organizmlar. Qizil suvo‘tlaming orasida toshkotgan qoldiqlar koralllar 
orasida malum. Solcnoporaceae (to1 la qirilib ketgan) oilasining vakillari dastlab 
kcmbriyda paydo bo‘lib ordovikda ko‘p o‘sgan. Qorallin suvo‘tlaming mustaqil holda 
o'sadiganlari qazilma va xozirgi rodolitlar holatida malum. Ular okcanlarning 50-200 m 
chuquiiiklarida keng tarqalgan, sckin о 1 sish i 800 yi! va undan. ko‘proq muddatlarda 
30 sm gacha yetadi xolos. Ayrim rodolitlarning yoshi radiouglerod usuli bilan 
aniqlanilishicha 13 ming yildan ortiqroqni tashkil qiladi. Keyingi yillarda qizil 
suvo‘tlarni yashil suvo‘tlarning bir guruhi deb qaralmoqda. Bunga ularning tashqi 
molekulyar darajadagi tuzilishi asos qilib olinmoqda. Qizil suvo‘tlarning 
filogenetikasiga qaralganda ultratuzilish va molekulyar darajada bangiyalar - parafiletik 
shu bilan bir paytda floridieyalar monofilik gumh. Bangiyalarga uzoq vaktlar davomida 
teshik bog‘lamlarini, apikal o'sish va jinsiy rivojlamshning yo‘qligi harakterli deb 


hisoblanilar edi. Shu bilan bir paytda floridieyalar teshik bog‘lamlariga, apikal o ‘sish 
va uch bosqichli hayotiy davraga ega deb qaralib kelingan. Biroq bir qator bangiyalarda 
(rodoxetalar, bangiyalar) teshik bogMamlarini, apikal o'sishi va jinsiy rivojlanishi 
aniqlafigan. Shu bilan bir paytda barcha floridiyalarda apikal o ‘sish yo‘qligi (masalan, 
qorallinalarda), hammasida ham uch bosqichli hayotiy davra mavjud emasligi (masalan, 
batraxospermumlarda) aniqlangan. Qizil suvo'tlardagi nukleotidlarni o ‘rganish 
natijasida ularni ikki guruhga: bittasi faqatsianidieyalami, boshqasi barcha qizil 
suvo‘tlami o‘z ichiga oladi. Tom manodagi Rhodophyta bo‘limi 670 dan k o ‘proq 
turkumlardan iborat 2500-6000 turlami o‘z ichiga olgan. Qizil suvo‘tlami ananaviy 
tarzda ikkita sinfga: Bangiophyceae va Florideophyce b o ‘linadi. G.R. Sauders va M.H. 
Hommersand (2004) sistemasi bo'yicha qizil suvo‘tlami kichik olam darajasida qaraladi 
bu holatda yuqoridagi ikkita sinf bo‘lim deb etibor etiladi. Biz ushbu kitobimizda 
Moskva davlat universiteti, Kiev, Gomel universitetlarida qabul qilinib talabalarga 
bayon etilaetgani Rhopdophyta b o ‘limi ikkita: Cyanidiophytina kenja bo‘limi unga 
bitta Cyanidiophyceae sinfi, Rhodophytina kenja boTimi: 4ta sinf - Rhodellophyceae, 
Compsopogonophyceae, Bangiophyceae va Rhodymeniophyceae (Florideophyceae) 
qabul qildik. 

Download 404.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling