2-mavzu. Qizil suvo`tlar bo`limi – Rhodophyta. Yashil suvo`tlarbo`limi – Chlorophyta
Kompsopogonlar - Compsopogonales tartibi
Download 404.67 Kb. Pdf ko'rish
|
2-maruza
Kompsopogonlar - Compsopogonales tartibi
Bu tartibga mansub suvo‘tlarda tallom geterotrixal, ko‘pqatotii, shoxlangan. Iplari bir qatorli o‘rta va mayda hujayrali po‘stloqqa tabaqalashgan. Xloroplsatlari parietal, tasma shaklida, pirenoidlarsiz. K o‘payishi jinssiz monosporalar yordamida amalga oshadi. Vakillari birikib o‘sadi. Chuchuq suvlarda, qisman sho‘rtob havzalarda, akvariumlar, basseynlar, oranjeriyalarning suvlarida ham uchraydi. Compsopogom tarmoqlangan, substratga birikkan, bo‘yi birnecha santimetrga yetadigan havorang, ko‘k-yashil, sapsariq ranglardagi buta ko‘rinishiga ega. Vertikal iplari o‘sishining dastlabki davrida birqatorli, keyin ko‘pqatorliga aylanadi, birqatorli markaziy va po'stloqga tabaqalashadi. K o‘payish davrida monosporangiy tallomning asosiy hujayralaridan ajraladi. Ularda bittadan monospora hosil boMadi, u sporangiy devoridagi yirtiqdan tashqariga chiqib unadi va yangi tallomni hosil qiladi. Bangiofitsa Bangiophyceae sinfi Sinf Bangia turkumi bilan (Daniyalik botanik Nils Bang sharafiga) nomlangan. Sinf bittagina bangiyalar - Bangiales tartibidan iborat holos. Ikki yoki uch bosqichli geteromorf hayotiy davrali ko‘phujayrali qizil suvo‘tlar. Gametofitlari yirik, dastlab bir qator keyin ko‘pqator hujayralardan yoki diffuz tarzda o‘sadigan yassiyaproq tuzilishli. Karposporangiy va spermatagiylar bir joyda hosil boMadi. Sporofitlari ipsimon, apikal o ‘sadi. Golji apparati endoplazmatik to‘r va mitoxondriyalar bilan bogMangan. Gametofitning xloroplastlari hujayraning o ‘rtasida joylashgan, yulduzsimon tuzilishli pirenoidi bor. Sporofitda xloroplastlar tasmasimon, uni oMovchi tilakoidli, parietal joylashgan. 297 Sinfga mansub suvo'tlarnmg barchasi dengizlarda tarqalgan, faqat Bangta chuchuk suvlarda ham uchraydi. Ushbu tartib monafilitik va florideyaJar bilan uzviy bog‘langan. Porphyra turkumi tallomi yupqa, k o ‘pincha yaltiroq qirrali tekis yoki buklamali yassiyaproq (plastinka) ko'rinishida. Yassiyaproq tallomning asosida kalta tanachasi bor. Tallomning shakli enli tasmadan doirasimongacha, urn rangi pushtining turli ko‘rinishlarida bo‘lishi mumkin. Porphyralar Yilning qish davrida vegetativ hujayralar spermatangiylarga aylanadi. Ularda 64-128 erkak gameta-spermatsiylar hosil bo‘ladi, ular bo‘kishi (jelatinlanishi) hisobiga tashqariga chiqadi. Sperma298 tsiylarda yirik yadro va reduktsiyalangan xloroplast mavjud. Spermatsitlar karpogonga suv oqimi bilan keladi. . Karpogon tashqi ko'rinishidan vegetativ hujayralarga o ‘xshaydi, ulardan kichkina o Lsimtasi borligi bilan farqlanadi xolos. Spennatsiy karpogonga birikkanidan keyin po‘st bilan o ‘raladi va borlig‘ini kanal orqali karpogonga q o ‘yadi. U rug‘lanish sodir bo‘lganidan keyin kaipogonning diploid borlig‘i 4,8,16 va 32 diploid karposporalarga bo‘linadi. Ular karpogon devori yemirilganidan keyin tashqariga chiqadi. Karpospora unib tarmoqlangan ip tallomni hosil qiladi. Bu bosqichda konxospora deb ataladigan maxsus tipdagi monosporalarni hosil qiladi. Konxosporalar ipni yonida bir qator joylashgan konxosporangiylarda hosil boMadi. Manashu konxosporangiylardan porfiraning yassiyaproq tuzilishli tallomi hosil boMadi. Konxospora unayotganda reduktsion boMinish ro‘y beradi shu boisdan yuzaga kelayotgan tailom gaploid. Porfira yosh davrida monosporalar hosil qilib vegetativ tarzda ko‘payadi. Monosporalar parfira tallomini yuqorigi yuzasida hosil boMadi. Porfirada jinsiy ko‘payish ro‘y bermaydi. Porfiraning 70 ga yaqin turlari malum. Ularda P.ezoensis turi maxsus ko‘paytirilib ovqat sifatida istemol qilinadi. Porfirani oziqlik qimmati tarkibidagi ancha yod, vitaminlardan V va S, minerallaming hamda 20-25% miqdorda (quruq modda hisobiga) oqsillar mavjud. Porfirani Yaponiyada XVII asming oxiridan beri ko‘paytiriladi, har yili 350 ming tonnaga yaqin maxsulot olinadi. Parfirani yetishtirishda 3000 dan ortiqroq kishilar ishtirok etib har yili 2,5 mldr AQSh dollari hisobida baholanadi. Rodimeniofitsalar - Rhodymeniophyceae (florida) (Florideophyceae) sinfi Sinf Rhodymenia (grek. rhodon - pushti, hymen - membrana) turkumi bilan nomlangan. Apikal o‘sadigan hujayralari teshik bogMamlari bilan bogMangan, hayotiy davrida asosan uch gametofit, gominokarp (karposporafit) va tetrasporafit bosqichli qizil suvoM. Reproduktiv hujayralari yani tetrasporangiylar, monosporangiylar, spermatangiylar, karposporangiylar odatda terminal (tallomni 299 uchida) voki ipning yonboshida joylashgan. Trixogana karpogon terminal yoki lateral, gonimokarp (karposporafil) bcvosita karpogondan rivojlanadi. SSU - RNA genlarida nukleotidlarning joylanishini oYganilganda flondalarni to‘rtta yo'nalishda rivojlanganligi aniqlangan. Birinchi yo'nalish yakka Hildenbrandiales tartibi (ularda jinsiy rivojlanish yo‘q). Ikkinchi yo‘nalish monofilik 10 tartibdan iborat. Uchinchi yo‘nalish Ahnteltiales va Pihiellales tartiblaridan iborat. T o‘rtinchi yo‘nalish yuksakdarajada tuzilgan qolgan barcha qizil suvo‘t!ami jamlagan. Gildenbrandiyalar - Hildenbrandiophycidae kenja sinfi Gildenbrandiyalar - Hildenbrandiales tartibi Bu tartibning suvo‘tlari Cryptonemiales tartibida oila sifatida qaralgan. Biroq bir qator belgilari - jinsiy ko‘payishni yo‘qligi tetrasporani hosil qilishidagi o'ziga xoslik (kengaygan kontseptakullarda) ularni alohida tartib sifatida qabul qilishga asos bo‘lgan. Floridalar orasida eng sodda tuzilishlisi deb hisoblanadi. Hildenbrandia psevdoparenximatoz tallomli, u toshlar va shu kabi substratlarga birikadi. Chuchuk suvlar va dengizlarda tarqalgan. Chuchuk suvlarda tarqalganlari tetrasporalar hosil qilmaydi, ko'payishni disksimon “gemmalar” deb nomlanadigan hosilalar yordamida amalga oshadi. Download 404.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling