2-Мавзу: Qurol bilan va qurolsiz saf usullarini o‘qitish metodikasi 2-mashg‘ulot


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana04.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1325559
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-2 САФ УСЛУБИЁТ (1)



2-Мавзу: Qurol bilan va qurolsiz saf usullarini o‘qitish metodikasi
2-mashg‘ulot. Qurolsiz bajaralidigan saf usullari va harakatlar. 
O’quv savollari: 
1.Shaxdam qadam bilan yurish vaqtida burilishlar. Harakat vaqtidida burilishlar.
2.Joyda turganda va harakat vaqtida harbiycha salom berish. Safdan chiqish va 
boshliqni oldiga borish. 
ADABIYOTLAR: 
1.O‘quv uslubiy majmua, mashg‘ulot rejasi, videoproyektor, taqdimot slaydlar. 
2. J.A.Turayev, U.U.Tilloyev,S.S.Raimov Saf tayyorgarligi darslik.Buxoro-2022.
1-o‘quv savoli. Shaxdam qadam bilan yurish vaqtida burilishlar. Harakat vaqtidida 
burilishlar. 
Shaxdam qadam o‘zlashtirilishi bo’yicha eng murakkab va qiyinlardan hisoblanib, uni bajarish 
o‘rganuvchidan batartiblikni, aniqlikni, qo’l va oyoqlar harakati kelishilganligini talab qiladi. 
Shahdam qadamni nima uchun qo’llanilishini gapirib berib, seksiya komandiri bilan uni 
o’rganishga kirishadi. Shahdam qadam bilan yurishga o‘rgatish ham har bir yangi usulni 
o’rganishday namunali ko‘rsatish va tushuntirishdan boshlanadi. 
Shahdam qadam bilan harakatlanishni butunligicha ko‘rsatib, seksiya (guruh) komandiri 
birinchi tayyorlov mashqini bo‘lib-bo‘lib ko‘rsatadi. Qo’l harakatini (1-rasm), keyin esa 
komanda beradi: «qo‘l Harakati, bajar –BIR, bajar-IKKI».
«Bajar-BIR» hisobi bo’yicha harbiy xizmatchilar o’ng qo’llarini tirsakda bukadilar, u bilan 
elkadan tana atrofida shunday harakatni amalga oshiradilarki, qo’l panjasi bel kamar 
to‘g‘risidan bir kaft kengligida yuqorida va tanadan bir kaft masofasida bo‘lsin; bir paytda 
chap qo’l elka bo‘g‘inida oxirigacha yuborilsin. 
Qo‘l panjalari yarim bukilgan, o’ng qo’l tirsagi biroz ko‘tarilgan bulishi kerak.
«Bajar-IKKI» hisobida, ular chap qo’lni oldga harakatlantirishni amalga oshirishlari, o’ng 
qo’lni esa elkadan boshlab oxirigacha harakatlantirishlari kerak. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling