2-Мавзу: Qurol bilan va qurolsiz saf usullarini o‘qitish metodikasi 2-mashg‘ulot


«Harakatda aylanib burilish, bo‘lib-bo‘lib: bajar-BIR, bajar-IKKI, bajar-UCH, bajar-


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana04.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1325559
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-2 САФ УСЛУБИЁТ (1)

«Harakatda aylanib burilish, bo‘lib-bo‘lib: bajar-BIR, bajar-IKKI, bajar-UCH, bajar-
TO‘RT» bajariladi. 
«Bajar-bir» hisobi bo’yicha aylanib burilish uchun harbiy xizmatchilar chap oyoq bilan olg‘a 
qadam qo‘yadilar va shu holatda qoladilar (4, a-rasm), «bajar-IKKI» hisobida o’ng oyoqlarini 
yarim qadamga oldga va biroz chapga (4, b-rasm) chiqaradilar va ikkala oyoqning uchida chap 
qo’l tomonga birdan buriladilar, shunday holatda qoladilar. «Bajar-UCH» hisobida chap oyoq 
bilan olg‘a qadam bosadi (4, v-rasm), «bajar-TO‘RT» hisobida esa o’ng oyoqni qo‘yadilar.


a b v 
4-rasm. Harakatda aylanib burilishni ko‘rsatish 
Mashq shu ketma-ketlikda yangi yo‘nalish bo’yicha komandir sanog‘i ostida takrorlanadi
keyin esa mustaqil ravishda o‘rganuvchilar hisobi yoki baraban zarbi ostida davom yetkiziladi. 
Aylanib burilishni bajarishda asosiy diqqat burilishning birdanliligiga, hamda qo’llarning 
qadam taktiga harakati, ya’ni «bajar-IKKI» hisobi bo’yicha boshida o’ng oyoq yarim qadamga 
chiqariladi, u bilan birga chap qo’lni oldga, o’nggini esa, ortga yuborish kerak. O’ng oyoq 
oyoq uchiga tushishi bilan, qo’llar tushgan bo‘lishi lozim. Ikki oyoq uchi bilan aylanish 
boshlanganda qo’llar qadam taktiga moslanib harakatlanib pastda bo‘ladilar. «Bajar-UCH» 
hisobi bo’yicha o’ng qo’l yana oldga qarab, chapi esa orqaga harakatlanadi. 
Seksiya komandiri o’ng oyoqni yarim qadam oldga chiqarishda qo’llar bevaqt yonga 
qisilmasligiga e’tibor beradi, chunki bu xato birdan burilish imkoniyatini bermaydi. Mashqda 
harakatda burilishlarni bajarishda seksiya (guruh) komandiri qo’l harakatlarini qadam 
harakatlariga mos kelishiga asosiy diqqatini qaratadi. 
Bu usulni mashq qilish uch qadam olg‘a harakatlanib kompleksda bajarish «Uch qadam olg‘a 
harakatlanib burilishga, qadam – BOS» komandasi bo’yicha o‘tkazilishi mumkin, «bir, 
ikki, uch» hisobiga uchta qadam qo’yiladi, «to‘rt» hisobiga-ortga buriladi.
Harakatda burilishlar ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun ularni vaqti-vaqti bilan ertalabki 
badantarbiyani orkestr bilan o‘tkazishga hamda yaxshi bo’linma nomiga o‘tkaziladigan 
maxsus saf mashqlari va musobaqalariga kiritish mumkin. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling