2. Mavzu. Shahar tushunchasi haqidagi fikrlar


Download 234.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana22.10.2023
Hajmi234.34 Kb.
#1715751
1   2   3   4
Bog'liq
2. ШАХАР 1- bosqich.

Quyosh batareyalari Ekologiya haqida qayg‘urish – aqlli shaharning 
muhim bandi, shuning uchun deyarli barcha loyihalarda elektr energiyasini 
olishning muqobil variantlariga ahamiyat berilgan. SHaharga tegishli va xususiy 
quyosh batareyalari ixcham echim sanaladi. Masalan, aqlli Fudzisava 
shahrida(Fujisawa Sustainable Smart Town) ana shunday panellar deyarli har bir 
uyda o‘rnatilgan. 
Kameralar Kengaytmasi yuqori kameralar Chikagoda ko‘cha fonuslarida 
o‘rnatiladi va odamlar to‘planadigan joylarda xavfsizlikni ta’minlash uchun 
qo‘llaniladi. San-Antorioda esa undan boshqa maqsadda foydalanadilar: 
sudlanuvchi fuqarolar sudga borishlari shart emas, kamera o‘rnatilgan maxsus 
budkadan ko‘rinish berishning o‘zi kifoya. 
Aqlli jamoat transporti Harakatlanish intervali – aqlli shaharda avtobuslar 
haqida olish mumkin bo‘lgan axborotning hammasi emas. Bunday texnologiyalar 
Rossiya shaharlarida ham rivojlangan. Masalan, Moskvada to‘xtash joylari 
tablolarida kerakli mashina qancha vaqtdan keyin kelishi ko‘rsatiladi. 
Yong‘inga qarshi datchiklar Aqlli bunday qurilmalar odatiy tutun 
datchiklari kabi ishlamaydi. Aniqrog‘i, Amerikadagi Luisvill misoli shuni 
ko‘rsatadiki, aqlli datchiklar klassik datchiklar bilan bir juftlikda ishlaydi. Ulardan 
yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan tashlandiq binolarda foydalanishadi. Bunday 
qurilmalarda quyosh batareyasi, mikrofon va aloqaning oddiy moduli bo‘ladi. 
Mikrofonga odatiy datchik sirenasi kelib tushganida yong‘in haqida o‘t 
o‘chiruvchilar va qo‘shnilarga xabar beriladi. 
Aqlli chiqindi idishlari Eng mashhur misol – Amerikada o‘rnatiladigan 
Bigbelly idishlari. Ushbu konstruksiya tufayli ular atrof-muhitni ifloslantirmaydi, 
ularda kemiruvchilar ko‘paymaydi, biroq eng muhimi - to‘lganida chiqindini olib 
ketish xizmatiga ularning o‘zi xabar beradi. 
O‘q uzish lokatorlari Amerikaning ko‘plab shaharlarida ShotSpotter o‘q 
uzish datchiklari o‘rnatilgan. Ular o‘q uzishlar miqdori, o‘q uzilgan joy va 
qurolning turini aniqlay oladi. Barcha ma’lumotlar politsiyaga yuboriladi. 
Ochiq ma’lumot Aqlli shahar tamoyillaridan biri – ochiqlik. Bu tajriba 
almashish, olingan axborotni shahar aholisi bilan o‘rtoqlashishga ham tegishli. 
Masalan, London merligining saytida transport, atrof-muhit ko‘rsatkichlari va aqlli 
datchiklar yordamida olingan boshqa statistikani olish mumkin. 

Download 234.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling