2-mavzu: Shaxs rivojlanishining umumiy qonunlari, uning tashxisi toʻgʻrisida gʻoyalar Tayanch ibora va atamalar


Download 75.76 Kb.
bet10/11
Sana13.11.2023
Hajmi75.76 Kb.
#1770405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-мавзу. БТПИИ

Nurlanish nazariyasi. Bu nazariya namoyondalarining fikricha, yer yuzida rentgen qurilmalarining koʻpayishi, atom, vodorod va neytron bombalarning portlashi natijasida insonda radioaktiv moddalar, radiatsiya nurlanishi darajasining sezilarli darajada ortishiga olib keldi. Yer kurrasiga tarqalgan zaryadlar bilan inson organizmining nurlanishi oʻsishni kuchaytiradi, ya’ni akseleratsiya jarayoni yuzaga keladi. Shuning uchun bu nazariyaning himoyachilari turli xususiyatga ega boʻlgan nurlarning aniq dozasi organizmga ta’sir etishi, tarqalishi yemirilishga sabab boʻlmasa, insonning jismoniy oʻsishi jadallashishi uchun imkoniyat yaratadi deb hisoblaydilar. Meditsinadan ma’lumki, me’yoridan ortiq rentgen nuridan foydalanish ham organizm uchun zararlidir. Ana shu mulohazaga asoslanib organizm ayrim qismlarining rivojlanishi nurlar bilan bogʻliq ekan, degan xulosa chiqarish mumkin. Ba’zi ilmiy manbalarda payvandlash uchun qoʻllaniladigan apparatning yogʻdusi ham, chaqmoqdan tarqaladigan nur ham organizmga ijobiy ta’sir etishi haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. Ammo muammoni mantiqan talqin etilganda tom ma’nodagi akseleratsiyaning roʻy berishi uchun bunday omillar bir zarra kabi rol oʻynashi mumkin.
Ijtimoiy sharoitning yaxshilanishi nazariyasi. Insonlarning turmush tarzi va yashash sharoitlarining yaxshilanib borishi, huquq va erkinlik haqidagi bilimlarning ortib borishi, tibbiy-profilaktik tadbirlarning amalga oshirilishi, iste’mol qilinadigan mahsulotlar sifatining ortishi, ota-onadan farzandga nasliy belgilarning bir tekis oʻtishi kabi omillar akseleratsiya jarayonini tezlashtiradi, degan fikr turli mamlakat olimlari tadqiqotlarida keng tarqalgan. Ularning talqinicha insonlar turmush sharoitining yaxshilanishi, ular uchun yaratilayotgan qulayliklar, imkoniyatlarni roʻyobga chiqarish uchun shart-sharoitlarning mavjudligi psixik taraqqiyotning tezlashishiga zamin hozirlashi mumkin. Ushbu nazariyada muammoni yoritishga atroflicha yondoshilganligi yaqqol koʻzga tashlanadi. Haqiqatdan ham kishilar uchun ijtimoiy shart-sharoitlar toʻliq yaratib berilsa, uning ta’sir kuchi yanada ortishi muqarrardir.

Download 75.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling