2-mavzu: Shaxs rivojlanishining umumiy qonunlari, uning tashxisi toʻgʻrisida gʻoyalar Tayanch ibora va atamalar
Download 75.76 Kb.
|
2-мавзу. БТПИИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxs ijtimoiylashuvi
Pedagogik ma’noda gender – oʻgʻil va qiz bolalarning murakkab ta’limiy sotsiomadaniy birligi boʻlib, ularning xatti-harakati, mentaliteti va emotsional xususiyatlari, oʻquv faoliyatidagi oʻzaro teng va farqli jihatlarini oʻz ichiga oladi.
Bugungi kunda oʻgʻil va qiz bolalarning rivojlanishidagi fiziologik, axloqiy, emotsional, xulq-atvorga oid farqlar toʻliq oʻrganilgan. Ana shu asosdan kelib chiqib, oʻquvchilarning rivojlanishida hisobga olish lozim boʻlgan quyidagi gender xususiyatlarni sanab oʻtish mumkin: - qiz bolalar oʻgʻil bolalarga qaraganda ikki marta koʻproq savol berishadi; - qizlar toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzining istaklari haqida gapirmaydi, lekin tezda kelishib ketadi; - oʻgʻil bolalar hal qiluvchi fikrni ayta olishadi va oʻz nuqtai nazarida qolishni afzal koʻrishadi; - mustaqil hal etish bilan bogʻliq vazifalarni bajarishda oʻgʻil bolalar sifati, qiz bolalar esa hajmini hisobga olishadi; - oʻgʻil bolalar koʻproq falsafiy fikr yuritadi, fikrning mantigʻiga e’tibor berishadi; - qizlarga koʻproq psixologiya, adabiyot yoqadi; - oʻgʻil bolalar dialog, munozarani afzal koʻrishadi; - qiz bolalar monologlikka moyil, eshitishni va oʻzida aks ettirishni yoqtiradi; - oʻgʻil bolalar koʻproq virtual(moʻjiza)likka, hayolotga qiziqishadi; - qiz bolalar oʻgʻil bolalarga qaraganda ratsional va pragmatik, ular oʻz tanlovlarini foydalilik nuqtai nazaridan, ya’ni tanlanayotgan narsa qanchalik maqsadga erishishga imkon berishiga qarab amalga oshirishadi; - oʻgʻil bolalar oʻz tuygʻularini ochiq bayon etishadi; - qiz bolalar oʻz xohish va istaklarini yashirishadi, aytish uchun uzoq vaqt kutishadi. Shaxs ijtimoiylashuvi. Ijtimoiylashuv insonlarning madaniyat, kommunikatsiya ta’siri ostida shakllanish jarayoni, bir-birlari bilan muloqotda boʻlishlarini ifodalasa, ijtimoiylashtirish tushunchasi esa, jamiyatning muvafaqqiyatli rivojlanishi uchun zarur boʻlgan namunali xulq, psixologik mexanizm, sotsial norma va qadriyatlarni oʻzlashtirish jarayonidir. Ma’lumki, ijtimoiylashuv shaxsning jamiyatdagi qadriyatlarni qabul qilishi va zaruriy darajada ijtimoiy, fuqaroviy va shaxsiy etuklikka erishishi asosida jamiyatga kirib borishidir. Shaxsning ijtimoiylashuvi esa, inson oʻzini jamiyatda shaxs sifatida anglab borishi jarayonidir. Bu tarbiya, ta’lim, oʻz-oʻzini tarbiyalash jarayonida yuzaga kelib, inson qachonki, oʻz maqsadlarini mustaqil aniqlay olib, ularga erishish yoʻllarini belgilasa, oʻz qadr-qimmatini anglab yetib, jamiyatdagi oʻz oʻrniga ishonch hosil qilsagina amalga oshadi. Shaxsning ijtimoiylashuvi – ta’lim-tarbiya ta’sirida inson psixologik funksiyalarining takomillashuvi, ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar, xulq-atvor me’yor va qoidalarining oʻzlashtirilishi, dunyoqarashining boyish jarayoni va natijasi. Ijtimoiylashuv jarayoni oʻzining sifat xususiyatlariga, tarkibiga, qonuniyatlariga, omillariga, shart-sharoitlariga, boshqarilishiga va ijtimoiylashgan insonda namoyon boʻlishiga (uning xususiyatlari, sifatlari, oʻziga xosliklari) koʻra murakkabdir. Ana shu sababli u oʻzida turli fanlar tomonidan koʻrib chiqiladigan ijtimoiylashuvning xilma-xil – madaniy, axloqiy, huquqiy, mehnat, psixologik koʻrinishlarini aks ettiradi. Pedagogika haqida gap ketganda esa, bu sohadagi ijtimoiylashuv jarayoni pedagogikaning predmeti, sohasi va ehtiyojlarining oʻziga xosligini hisobga olib, pedagogik ijtimoiylashuv turi sifatida alohida e’tibor bilan qarab oʻtiladi. Bu insonning dunyoga kelgan vaqtidan boshlab ijtimoiy belgilangan va muhim pedagogik yangidan shakllanuvchi tajribalarni – tarbiyalanganlik, ta’lim olganlik, ma’lumotlilik va rivojlanganlik hamda ularning kelgusidagi butun umri mobaynida muttasil oʻzgarib borishi (mukammallashuvi) jarayoni va yuzaga kelishi natijasidir. Pedagogikaning vazifasi – insonga fikrlovchi shaxs, ijtimoiy faol fuqaro boʻlib yetishishiga, jamiyatda oʻz oʻrnini va xulq-atvorini, oʻz istak-maqsadlarini yoʻnalishini anglaydigan, pedagoglar va jamiyatdagi pedagogik tizim bilan birgalikda umuminsoniy qadriyatlarni saqlash va mustahkamlashga yoʻnalgan shaxs boʻlishiga yordam berishdir. Ijtimoiylashuvning quyidagi umumiy mexanizmlari mavjud: ana’naviy, institutsional, shaxslararo, refleksiv Download 75.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling