2-mavzu: Shaxs rivojlanishining umumiy qonunlari, uning tashxisi toʻgʻrisida gʻoyalar Tayanch ibora va atamalar
Bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga boʻlinadi
Download 75.76 Kb.
|
2-мавзу. БТПИИ
Bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga boʻlinadi:
1. Goʻdaklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha boʻlgan davr. 2. Bogʻchagacha boʻlgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha. 3. Maktabgacha boʻlgan yosh davri – 3 yoshdan 7 yoshgacha. 4. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilar (bolalar) – 7 yoshdan 11-12 yoshgacha. 5. Oʻrta maktab yoshidagi oʻquvchilar (oʻsmirlar) – 13-15 yosh. 6. Katta yoshdagi maktab oʻquvchilari (ilk oʻspirinlar) – 16-17 yosh. Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli ravishda quyidagi davrlarga boʻlinadi: goʻdaklik (1 yoshgacha); ilk yosh (1-2 yosh); ilk yosh guruhi (2-3 yosh); kichik yosh (3-4 yosh); oʻrta yosh (4-5 yosh); katta yosh (5-6 yosh); maktabga tayyorlov davri (7 yosh, majburiy ta’lim). Kichik maktab yoshida oʻyin faoliyatining oʻrnini endi oʻqish faoliyati egallaydi. Bu juda qiyin oʻtish davri boʻlib, bolaning boʻyi, ogʻirligi jihatdan uning tashqi koʻrinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez oʻsishi tufayli serharakat boʻladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi. Jismoniy oʻsishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va oʻrganishga qiziquvchan boʻladi. Oʻrta va katta maktab yoshi (oʻsmirlik, ilk oʻspirinlik 12-17 yosh). Oʻsmirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli oʻzgarishlar bilan bogʻliqdir. Bolaning oʻsishi tezlashadi. Bu davrni oʻtish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy yetilish boshlanadi. Bu bolaning fe’l-atvoriga ta’sir etadi. Oʻsmir hayotida mehnat, oʻyin, sport va jamoat ishlari katta rol oʻynaydi. Ba’zilarining oʻzlashtirishi pasayadi, intizomi boʻshashadi. Bu davr oʻspirinlarning ilk balogʻatga yetgan davridir. Mazkur davrda jinsiy yetilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. Oʻspirin yoshlar hayotga kelajak nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi, his-tuygʻularida ham oʻzgarish yuz beradi. Oʻz-oʻzlarini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda, ular oʻrtasida munozaralar oʻtkazish yaxshi natija beradi. Oʻspirinlar oʻz guruhiga intiladi. Shuning uchun ham oʻspirinning barcha intilishlari ma’lum maqsadga yoʻnaltirilgan boʻlishi zarur. Ularda oʻquv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi. Oʻspirinlik – bu aqliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular oʻz fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish eta boshlaydilar. Shunda oʻqituvchilar va katta yoshlilar ularning hali gʻoʻr fikrlari va dunyoqarashlarini toʻgʻri yoʻnaltirishlari muhim. Zero, bu davrda oʻz-oʻzini anglash, ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi. Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida oʻzini tutishi, odamlar bilan tez muloqotga kirishishi ham turtki boʻladi. Bolalar bu yoshda oʻzlarini kattalardek his etishadi, oʻziga xosligini namoyon etishadi, boshqalarning diqqatini oʻzlariga qaratishga harakat qilishadi. Axloqiy muammolarni oʻz qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydilar. Hayot mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini oʻz qiziqishlari bilan oʻlchaydilar. Shu bois ularga katta yoshlilarning begʻaraz, toʻgʻri yoʻnalish berishlari oʻta muhim. Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsning jamoadagi mavqei, jamoa shaxslari bilan muomala-muloqoti muhimdir. Albatta, bu borada, ta’lim muassasasida faoliyat koʻrsatayotgan yoshlar ittifoqi, umuman olganda yoshlar birlashmalari ta’siri katta ahamiyatga ega. Chunki oʻspirin-yoshlar mustaqil hayot ostonasida boʻlib, ularning bu hayotga toʻgʻri qadam qoʻyishi uning jamiyatning faol fuqarosi boʻlishining muhim shartidir. Download 75.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling