2-mavzu: Shaxs rivojlanishining umumiy qonunlari, uning tashxisi toʻgʻrisida gʻoyalar Tayanch ibora va atamalar


Download 75.76 Kb.
bet9/11
Sana13.11.2023
Hajmi75.76 Kb.
#1770405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-мавзу. БТПИИ

Geteroziya nazariyasi. 19-asr oxiri 20-asr boshlardan buyon ijtimoiy hayotda, turmushda keskin oʻzgarishlar sodir boʻlgani insonlar oʻrtasidagi ijtimoiy, diniy, milliy, irqiy tafovutlarning keskin kamayishiga olib keldi. Turli millat vakillarining aralash nikohga kira boshlagani bunga yorqin misoldir. Diniy e’tiqodlar, irqiy farqlar, etnik va milliy xususiyatlar, xarakter, urf-odatlar va hokazolar aralash nikohga hech qanday toʻsiq boʻlolmadi. Hayot tarzi har xil mamlakatlarning xalqlariga xos xususiyatlar ham aralash nikohni toʻxtata olmadi. Mazkur nazariyaga muvofiq psixik dunyodagi qayta qurishlar nasliy belgilar keskin oʻzgarishiga sabab boʻldi, natijada farzandlarning oʻsishida kuchayish, jadallashish, akseleratsiya hodisasi vujudga keldi. Biroq mazkur muammoni ilmiy jihatdan atroflicha asoslab berish uchun yuqoridagi omillar yetarli emas.
Urbanizatsiya nazariyasi. Jamiyat rivojlanishida shaharlarning roli ortishi bu nazariyaga asos qilib olingan. 19-asrning oʻrtalaridan boshlab qishloq aholisining shaharga koʻchishi avj oldi, ya’ni aholi orasida migratsiya yoki urbanizatsiya hodisasi yuzaga keldi. Shaharning turmush tarzi, oʻziga xos xususiyatlari, axborot tarmoqlarining kengligi, madaniyat darajasi, fan-texnika, transport, maishiy xizmat kabi omillar bolalarning aqliy, axloqiy, jinsiy mihatdan ertaroq voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratdi. Qishloq aholisi bilan shahar aholisi yashash muhiti va turmush sharoitlarining yaqinlashishi akseleratsiya jarayoniga ijobiy ta’sir koʻrsatdi, lekin bu omilning oʻzi akseleratsiyaning sababi boʻla olmaydi.
Nutritiv nazariya. Bu gʻoyaning tub mohiyati shuki, oʻsishdagi jadallashish odamlarning ovqatlanishi yaxshilanishi, iste’mol qilinayotgan ozuqalarda darmondorilar miqdorining koʻpayishi sababli vujudga kelgan. Yosh xususiyatlari yoshning eng tipik va eng xarakterlik boʻlgan hamda rivojlanishning umumiy yoʻnalishini koʻrsatadigan umumiy xususiyatlari sifatida mavjuddir. Ushbu gʻoya namoyandalarining fikricha, B-6, B-12 darmondorilari va foliev kislotasini odamlar koʻproq iste’mol qilishi mazkur holat namoyon boʻlishining asosiy omili emish. Tabiiyki, inson oʻsishining jadallashuvida darmondorilar ma’lum darajada ijobiy ta’sir etishi mumkin, lekin mazkur omillarning oʻzi akseleratsiya uchun muhim va yagona omil boʻla olmaydi. Shuning uchun tibbiyot xodimlari, gigiyenachilar, biologlar, fiziologlar, psixologlarning ayrimlarigina bu gʻoyani qoʻllab quvvatlaydi.

Download 75.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling