2-Mavzu: Shaxsiy ijod va ijodiy fikrlash vositalari Reja
-qurol: Mantiqiy va dalil asosida fikrlash
Download 349.84 Kb.
|
2- mavzu kreativ fikrlash OOO
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-qurol: Baholash
- 5-qurol: Tushuntirish
3-qurol: Mantiqiy va dalil asosida fikrlash
Mantiqiy va dalil asosida fikrlash mavjud ma’lumotlar asosida to’g’ri xulosa yoki natijaga erishish uchun yana nimalar lozim bo’lishini anglash qobiliyatidir. Masalan, oxirgi oyda kompaniyangiz mahsulotlarining sotilishi ancha kamaydi. Boshqaruvchi sifatida buning sababini bilishingiz juda muhim. Aniq sababi haqida to’g’ri xulosaga kelish uchun esa sizga yana qo’shimcha ma’lumotlar kerak bo’lishini tushunishingiz kerak. Ishlab chiqarish bilan bog’liq ichki muammolar, bozorda raqobatning kuchaygani yoki talabning sustligi kabi turli omillar savdoning pasayishiga sabab bo’lgan bo’lishi mumkin. Siz ana shu barcha omillarni o’rganib, dalillardan foydalanib, nega savdo kamaygani haqida so’nggi xulosaga kelasiz. 4-qurol: Baholash Sizga taqdim etilayotgan ma’lumotlarning to’g’riligini aniqlash uchun shu axborotni sizga yetkazayotgan shaxsning tajribasi, fikri va qarorining qanchalik xolisligini to’g’ri baholay olishingiz kerak. Masalan, siz kompaniyangiz mahsulotlarining qanchalik sifatli yoki sifatsiz ekanini aniqlash uchun bir necha mijoz o’rtasida so’rov o’tkazasiz. Mijozlarning yarimlari mahsulot haqida salbiy, ayrimlari ijobiy fikr bildiradi. Mahsulotingiz haqiqatan sifatli yoki sifatsiz ekani haqida so’nggi xulosaga kelishdan oldin fikr bildirgan mijozlarning aytganlari qanchalik to’g’ri yoki noto’g’riligini boshqa omillarni hisobga olgan holda tekshirib chiqishingiz kerak. Ya’ni, ularning gaplarini tekshirmasdan to’g’ridan-to’g’ri qabul qilishingiz sizning baholash qobiliyatingiz zaifligidan dalolat beradi. 5-qurol: Tushuntirish Siz ma’lumotlarni nafaqat yetkazishni, balki qo’shimcha ma’lumotlar orqali tushuntirishni ham bilishingiz kerak. Chunki sizdan axborotni qabul qilayotgan odamda tug’iladigan qo’shimcha savollarga ham javob bera olishingiz kerak. Demak, biror masalani o’rganganda uni boshqalarga batafsil tushuntirib bera oladigan darajada bilishingiz kerak. Masalan, kompaniyada sizning qo’l ostingizda ishlaydigan xodim o’tgan oy amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berdi. Siz bu hisobotni endi rahbaringizga topshirishingiz kerak. O’tgan oy qilingan ishlar haqida gapirganingizda qo’lingizdagi hisobotda mavjud bo’lmagan qo’shimcha ma’lumotlarga ham ehtiyoj tug’ilishi mumkin. Chunki rahbaringiz hisobot bo’yicha qo’shimcha savollar berishi mumkin. Demak, siz mavzuni to’liq tushuntirib berishga tayyor turishingiz kerak. Download 349.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling