2 mavzu: Shaxsiy ijodkorlik


Ijodkor shaxsning xususiyatlari


Download 22.57 Kb.
bet2/4
Sana14.05.2023
Hajmi22.57 Kb.
#1461245
1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu. Shaxsiy ijodkorlik

2. Ijodkor shaxsning xususiyatlari
Yangi g`oyalarni yaratish o’ylash jarayonida boshqa psixik-kognitiv jarayonlar ishtirokisiz mumkin emas. Ijodkorlik uchta aqliy jarayonni talab qiladi:
Tasavvur.
Tasvir (obraz) yaratish, fikrni tasavvur qilish va uni boshqarish qobiliyati. Ijodkor odam obrazlar bilan fikr yuritadi, xayoliy suratlarni qiyoslaydi va o‘zgartiradi.
Ular, inson yangi narsa yaratish g'oyasi bilan ruhlanganida uning ongida xuddi o'z-o'zidan tug'ilganday bo’ladi. Ammo har qanday aqliy tasvir (tasavvur) ongsiz bo'lsa ham, miya faoliyatining mahsulidir.
Diqqat.
Kreativ odam izlanuvchan, qanday qiziqib qolishni biladi. U tanish narsalarni nostandart ko'radi, chunki u ularni diqqat bilan, batafsil, to'liq sinchiklaydi. Kreativlik qobilyatini faqat ma'lum bir faoliyatga katta qiziqish mavjud bo'lgandagina rivojlantirish mumkin.
Xotira.
Ijodiy jarayon eslab qolish va tahlil qilish mumkin bo'lgan bilim va tajriba to'plamini o'z ichiga oladi. O'tmishdagi tajriba hozirgi kunga ta'sir qiladi. Xotira tubida yashiringan xotiralar birdan yuzaga chiqadi, o‘zgaradi va ijodiy g‘oyalar bilan to‘ldiriladi.
Tasavvur, diqqat va xotirani rivojlantirib, inson kreativlik va ijodkorlik qobilyatini rivojlantiradi.
Kreativlik ijodiy fikrlashning xususiyatlarini o'z ichiga oladi:

  • tezkorlik - fikrlash tezligi, qisqa vaqt ichida ko'plab g'oyalarni yaratish;

  • originallik - g'ayrioddiy, yangicha fikrlash qobiliyati;

  • moslashuvchanlik - g'oyalarni yaratishning turli usullaridan foydalanish va bir masaladan ikkinchi masalaga tezda o’ta olish qobiliyati;

  • ochiqlik va qabul qilish qobiliyati - yangi ma'lumotlarni idrok etish va o'rganishga tayyorlik;




  • obrazlilik - yaxlit g'oyalar, yagona tasvir, rasm (manzarani) yaratish qobiliyati;

  • abstraktlik - xususiy va oddiy parchalar (qismlar) asosida murakkab umumiylik yaratish qobiliyati;
    batafsillik - batafsil o'rganish qobiliyati, o'rganilayotgan ob'ektni detallashtirish;

  • og'zakilik - fikrni so'z bilan aytib berish, ifodalash qobiliyati;

  • stressga chidamlilik - stressli, g'ayrioddiy vaziyatda yangi narsalarni o'ylab topish qobiliyati.

Kreativlikning bu mezonlari uni shablon, tipik fikrlashdan ajratib turadi.



  1. Download 22.57 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling