2 mavzu: Shaxsiy ijodkorlik
Ijodiy fikrlash yo’lidagi to’siqlar
Download 22.57 Kb.
|
2-mavzu. Shaxsiy ijodkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ratsional fikrlashga tayanish.
- Oz-ozini tsenzura qilish
Ijodiy fikrlash yo’lidagi to’siqlar
Ijodiy fikrlash yo’lidagi to’siqlar. Aqlning spektr bo'ylab harakatlanishiga nima xalaqit beradi? Yoshligimizdan ota-onalar, tengdoshlar, nazoratchilar, maktab va jamiyat, bizga tajriba qilish bizga va boshqalarga zarar yetkazishi mumkinligini o'rgatadi: "Ko'chada o'ynama". "Bu qo'pol". "Buni qilishga ruxsatingiz bormi?". "Avval xo'jayiningiz bilan bu g’oyani gaplashib ko’ring". Ratsional fikrlashga tayanish. Fikrlashning (tafakkurning) ma'lum shakllari vaziyatning (ishlarning) qandayligini tasvirlashi va voqealar natijalarini ishonchli bashorat qilishi tarixan isbotlangan. Ushbu fikrlash shakllari faylasuflar va o'qituvchilar tomonidan qayd qilingan, tasniflangan va avlodlarga o'tib kelgan. Ular yaxshi ishlaydi. Dastlab Aristotel tomonidan shakllantirilgan mantiq hech qachon o'zgarmagan, faqat bezatilgan. Tadqiqotning ilmiy usuli saratonni davolashga va odamni oyda yurishiga imkon berdi. O'qituvchilar, olimlar va ko'pchilik boshliqlar bizni ushbu o'rnatilgan fikrlash shakllaridan foydalanganimiz uchun mukofotlaydilar. Ular bizni, ba'zan deyarli sezilmaydigan yo'llar bilan, o'sha modellardan (shablonlardan) chetlashishimizga to'sqinlik qiladi. Oxir-oqibat, bu mukofot/jazo xatti-harakati o’zlashtirilib (shimilib), natijada biz kuchaytirilgan fikrlash namunalari bo'yicha o'z fikrimizga baho berayotganimizni (hukm chiqarayotganimizni) ham sezmaymiz. O'z-o'zini tsenzura qilish. Aqliy mexanizmlarning murakkab yig’indisi bizni yangi g'oyalar o’ylab topishimizga to'sqinlik qiladi. Ushbu mexanizmlar ko'pincha o'tmishdagi tajribalar tomonidan qo'zg'atiladi va oxir-oqibat ongsiz holga keladi. Aslida, bizning hayotdagi (dunyodagi) tajribamiz g'oyalarimizga va ularni qanday ishlab chiqishimizga (o’ylab topishimizga) ta'sir qiladi. Bizning tashqi muhitimiz xulq-atvorni rag'batlantirishdan ko'ra ko'proq shahtni qaytarishga qaratilgan: yaxshi xulq-atvor kutiladi va shuning uchun e'tiborga olinmaydi va mukofotlanmaydi, yomon xulq esa bundan mustasno va jazolanadi. Olinadigan qarshi munosabatni (javobni) inobatga olib (bilgan holda), biz tez orada yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xavf-xatarlarni qidiramiz va zarar yetkazadigan xatti-harakatlardan qochishga harakat qilamiz. Yangi g'oyalar yuqori xavf potentsialiga ega, shuning uchun biz ularga shubha bilan qarashni o'rganamiz. Oxir-oqibat, bizning o'z-o'zimizni tsenzura qilish mexanizmlarimiz ichimizga shunchalik singib ketadiki, natijada bizning ko'plab g'oyalarimiz va potentsial g'oyalarimiz ongli aqlimizga kira olmaydi. Masxara yoki qatag'on qo'rquvi, o'tmishdagi muvaffaqiyatsizliklar, tajribaning yetishmasligi, iyerarxiyaga moslashish - bu kabi o'z-o'zini tsenzura mexanizmlarini ongimizga o'tkazish (o’rnatish) orqali biz g’oya yaratish kuchini yo'q qilishni boshlashimiz mumkin. Download 22.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling