2-Mavzu. Sotsiologiya fanining strukturasi Reja
Sotsiologiyada maxsus va tarmoq yo‘nalishlar
Download 43.53 Kb.
|
2-Mavzu. Sotsiologiya fanining strukturasi Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarmoq
Sotsiologiyada maxsus va tarmoq yo‘nalishlar
Sotsiologiya faning tarixiy rivojlanishi davomida unda maxsus va tarmoq yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Sotsiologiyada bugungi kunda maxsus yo‘nalishlar qatoriga kiruvchi ayrim nazariyalar sotsiologiya asoschilari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lsada, maxsus yo‘nalishlar XX asrning birinchi yarmida neopozitivizm asosida shakllandi va keyinchalik bir qancha nazariy yo‘nalishlar tufayli rivojlandi. Sotsiologiya hodisalarni yaxlit ijtimoiy struktura elementi sifatida qabul qiladi. Jamiyat taraqqiyotiga taalluqli bo‘lgan sotsial institutlar, boshqaruv shakllari, sotsial munorsabatlar va sotsial harakatlar, guruh xarakteri va tafakkkuri kabi masalalarni chuqurroq o‘rganish ehtiyoji oqibatida sotsiologiyada maxsus yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Ularning qatoriga bugungi kunda institutsional sotsiologiya, shaxs sotsiologiyasi, sotsial harakat va sotsial munosabatlar sotsiologiyasi, taraqqiyot sotsiologiyasi, o‘zaro harakat sotsiologiyasi, sotsial struktura sotsiologiyasi. O‘z navbatida yuqoridagi masalalarni o‘rganish davomida sotsiologiya boshqa fanlarning yutuqlariga tayanishi kerak. Misol uchun siyosiy sotsiologiya va siyosatshunoslik. Maxsus yo‘nalishlardan tashqari sotsiologiyada tarmoq yo‘nalishlari mavjud. Tarmoq yo‘nalishlarning eng rivojlanganlari qatoriga sanoat sotsiologiyasi, deviant xulq-atvor sotsiologiyasi va jamoatchilik fikri sotsiologiyasi kabilar kiradi. Bu yo‘nalishlar XIX asr oxiri va XX asr boshlarida vujudga kelgan. Tarmoq sotsiologiyasi amaliy tadqiqotlar uchun asos hisoblanadi. Ular ijtimoiy hayotning turli tomonlarini tadqiq qilish orqali xususiy va maxsus nazariyalarning rivojiga yordam beradi, fundamental sotsiologiya rivojiga ta'sir ko‘rsatadi. Mazkur yo‘nalishlar asosida ayirboshlash nazariyasi, referent guruh nazariyasi, yetakchilik nazariyasi kabilar yaratildi. Tarmoq yo‘nalishlarining shakllanishi natijasida fundamental sotsiologiya oldiga jamiyatning yaxlit strukturasida turli xil ijtimoiy tizimlarning roli va ularning o‘zaro harakat turlari, taraqqiyoti asoslari kabi muammolarni qo‘ydi. Tarmoq sotsiologiyasining maqsadi ijtimoiy strukturadagi moddiylik va ma'naviylik holati, mehnatning sermahsulligini oshirish tamoyillari, ishlab chiqarish va oilaviy munosabatlar kabilarning o‘zaro faoliyat ko‘rsatishi hamda rivojlanish qonuniyatlarini yaratishdan iborat. Download 43.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling