2-mavzu. Standartlashtirish asoslari. Reja
Download 98.14 Kb.
|
2-mavzu. Standartlashtirish asoslari. Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Asosiy tushunchalar va qoidalar
2-mavzu. Standartlashtirish asoslari. Reja: 1.Asosiy tushunchalar va qoidalar. 2. O’zbekiston Respublikasida davlat standartlashtirish tizimi va ob’ektlari. 3. Standart tabaqalari va xillari. 4. Xalqaro standartlashtirish va uning boshqaruv tizimi. 1. Asosiy tushunchalar va qoidalar Faraz qilaylik, endi dam olay deb, dam olish xonasiga kirib, chiroqni yoqqan edik, lip etib yondi-yu, o’chdi. Nima qilamiz? Darxol boshka lampochkani olib, almashtiramiz. Xo’sh, buni nimasi g’ayri tabiiy? Siz bunda kuygan lampochkani o’rniga boshqasi aynan, xam kuchlanish buyicha, xam quvvati buyicha, xam o’lchamlari bo’yicha to’g’ri kelishini ostida qanchalar inson mexnati yotganligini xech o’ylab ko’rganmisiz? Odatda biz standart bo’yicha degan iborani ko’p ishlatamiz. Standart – bu ko’pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan va ma’lum soxalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo’naltirilgan xamda faoliyatning xar xil turlari gayoki natijalariga tegishli bo’lgan umumiy va takror qo’llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiflar, talablar va usullar belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan me’yoriy xujjatdir. Standartlar fan, texnika va tajribalarning umumlashtirilgan natijalariga bo’lishi kerak. Standartlar darajasiga qarab, xalqaro, mintaqaviy, davlatlararo, milliy va korxona miqyosida faoliyat ko’rsatadi. Davlat standartlari maxsulotni ishlab chiqish va uni ishlab chiqarishga qo’yish bosqichida yangi maxsulotlarning yuqori sifatli turlarini yaratish va o’zlashtirishni tezlashtirishga, ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va istehmolchi oralaridagi munosabatlarni yaxshilashga yo’naltirilgan. Standartlashtirish deganda mavjud yoki bo’lajak masalalarga nisbatan umumiy va ko’p marta tatbiq etiladigan talablarni belgilash orqali ma’lum soxada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yo’naltirilgan ilmiy-texnikaviy faoliyat tushuniladi. Bu faoliyat standartlarni va texnikaviy talablarni ishlab chiqishda, nashr etishda va tatbiq qilishda namoyon bo’ladi. Standartlashtirishning muxim natijalari odatda maxsulot, jarayon va xizmatlarning belgilangan vazifaga mos kelishi, savdodagi g’ovlarni bartaraf qilish xamda ilmiy-texnikaviy xamkorlikka ko’maklashishda namoyon bo’ladi. Standartlashtirish yangi buyumga o’z vaqtida yuqori sifatli loyixa – konstruktorlik xujjatlar berish, korxonaning yangi maxsulotini berilgan sifat ko’rsatkichlariga asosan tayyorlashni va kerak bo’lsa maxsulotning ishlab chiqarishdan olib tashlashni belgilaydi. Standartlashtirish maxsulot muomalada bo’lganida va sotish bosqichlarida maxsulotni joylashtirish (upakovka)da yaxshi tartib va sharoitlar yaratishga, yuklashga va joylashtirishga, saqlashga, omborlarda maxsulot sifatini buzilmay saqlashga, transportda olib yurishda, buyumni tarqatish, sotish tashkilotlariga talablar belgilaydi. Standartlashtirish tub moxiyati bilan ishlab chiqarishni tashkil etishning eng samarador formalari xaqidagi fandir. Standartlashtirish iqtisod, texnologiya va fundamental fanlar singari asosiy yo’nalishlarni bir – biriga bog’lovchi vosita xamdir. Ko’pgina texnika jixatidan ilg’or mamlakatlarda standartlashtirish masalalariga o’suvchi qiziqish qayd qilinmoqda, uning asosi bo’lgan standartlashtirishning nazariyasiga xam katta ehtibor berilmoqda. Standartlashtirishni texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarishda eng ratsional joriy qilish, maxsulot sifatini yaxshilash, mexnat xarajatlarini kamaytirish va moddiy resurslarni tejashning ta’sirchan vositalaridan biri sifatida ko’rilmoqda. 1993 yilning 28 dekabrida metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha qabul qilingan qonunlar bilan bir qatorda "Standartlashtirish to’g’risida" O’zbekiston Respublikasining Qonuni xam qabul qilindi. Bu qonun respublikamizda standartlashtirish soxasi va standartlashtirish tizimi uchun asosiy qonuniy asoslardan xisoblanadi. Standartlashtirishning maqsad va vazifalari Standartlashtirishning asosiy maqsadlari qonunning 1-moddasida quyidagicha keltirilgan: mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning (bundan buyon matnda "mahsulot" deb yuritiladi) aholining hayoti, sog’lig’i va mol-mulkiga, atrof muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida istehmolchilar va davlat manfaatlarini himoya qilishdan; mahsulotlarning o’zaroalmashinuvchanligini va bir-biriga mos kelishini ta’minlashdan; fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek aholining hamda xalq xo’jaligining ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda raqobat qila olish imkonini oshirishdan; barcha turdagi resurslar tejalishiga ko’maklashishdan, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilashdan; ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirishdan; tabiiy va texnogen falokatlar hamda boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavf-xatarini hisobga olgan holda xalq xo’jaligi ob’ektlarining xavfsizligini ta’minlashdan; istehmolchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi hamda sifati to’g’risida to’liq va ishonchli axborot bilan ta’minlashdan; mudofa qobiliyatini va safarbarlik tayyorligini ta’minlashdan; o’lchovlarning yagona birlikda bo’lishini ta’minlashdan iboratdir. Standartlashtirishningasosiyvazifalari: - istehmolchi va davlatning manfaati yo’lida maxsulotning sifati va nomlariga nisbatan eng maqbul talablarni qo’yish; - davlat, respublika fuqarolari va chet el extiyoji uchun tayyorlangan maxsulotga kerakli talablarni belgilovchi me’yoriy xujjatlar tizimini va uni ishlab chiqish qoidalarini yaratish, ishlab chiqish va qo’llash, shuningdek xujjatlardan nazorat qilish; - standart talablarining sanoati rivojlangan chet mamlakatlarning xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlari talablari bilan uyg’unlashuvini ta’minlash; - bir-biriga mosliligining barcha (konstruktiv, elektrik, elektromagnitli, informatsion, dasturli va boshqalar) turlarini, shuningdek maxsulotning o’zaroalmashinuvchanligini ta’minlash; - parametrik va turlar o’lchovi qatorlarini, tayanch konstruktsiyalarni, buyumlarning konstruktiv jixatdan bir xil qilingan modullashgan bloki tarkibiy qismlarini aniqlash va qo’llash asosida bir xillashtirish; - maxsulot, uning tarkibiy qismlari, buyumlari, xom ashyo va materiallar ko’rsatkichlari va tavsiflarining kelishib olinishi va bog’lanishini ta’minlash; - material va energiya sig’imini kamaytirish, kam chiqindi chiqaruvchi texnologiyalarni qo’llash; - maxsulotning ergonomik xossalariga talablarning belgilanishi; - metrologik me’yor, qoida, nizom va talablarning belgilanishi; - standartlashtirish bo’yicha xalqaro tajribadan foydalanishni kengaytirish, mamlakatning xalqaro va mintaqaviy standartlashtirishda ishtirok etishini kuchaytirish; - xorijiy mamlakatlarning talablari O’zbekiston Respublikasining xalq xo’jaligi extiyojlarini qondira olgan xollarda ularning xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlarini mamlakat standartlari va texnikaviy shartlari tariqasida to’g’ridan-to’g’ri qo’llash tajribasini amalga oshirish; - texnologik jarayonlarga talablarni belgilash; - maxsulotni standartlashtirish va uning natijalaridan foydalanish soxasida xalqaro xamkorlik qilish yuzasidan ishlarni tashkil qilish; - texnik-iqtisodiy axborotni tasniflash va kodlash tizimini yaratish va joriyqilish; - sinovlarni me’yoriy-texnika jixatidan ta’minlash, maxsulot sifatini sertifikatlashtirish, baxolash va nazorat qilish; 2. O’zbekiston Respublikasida davlat standartlashtirish tizimi va ob’ektlari. O’zbekiston Respublikasida standartlashtirishishlarini o’tkazishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat standartlashtirish tizimi faoliyat ko’rsatadi. Respublikada standartlashtirishishlarini tashkil yetish, muvofiqlashtirish va ta’minlashni: Xalq xo’jaligi tarmoqlarida - O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ("O’zstandart" agentligi); qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruksiyalashda - O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi (Davarxitektqurilish" qo’mitasi); tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish sohasida - O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi (Davlattabiatnimuhofazaqilishqo’mitasi); tibbiy maqsadlardagi mahsulotlar, tibbiy texnika ashyolari, dori-darmonlar sohasida hamda respublika sanoati ishlab chiqarayotgan, shuningdek import bo’yicha respublikaga yetkazib berilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar miqdorini aniqlash masalalarida - O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi amalga oshiradilar. Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruv organlari o’z vakolatlari doirasida standartlar va texnik shartlarni (bundan buyon matnda "standartlar" deb yuritiladi), shuningdek ushbu Qonunni qo’llashga doir yo’riqnomalar va izohlarni ishlab chiqadilar, tasdiqlaydilar, nashr yetadilar. "Standartlashtirish ob’ekti" tushunchasini keng mahnoda ifodalash uchun "maxsulot, jarayon, xizmat" iboralari qabul qilingan bo’lib, buni xar qanday materialga, tarkibiy qismlarga, asbob-uskunalarga, tizimlarga, ularni mosligiga, qonun-qoidasiga, ish olib borish uslubiga, vazifasiga, usuliga yoki faoliyatiga teng darajada daxldor deb tushunmoq lozim. Standartlashtirish xar qanday ob’ektning muayyan jixatlari (xususiyatlari) bilan cheklanishi mumkin. Masalan, oyoq kiyimga nisbatan yondashiladigan bo’lsa, uning katta-kichikligi va pishiqligini aloxida standartlashtirish mumkin. Standartlashtirish xar xil faoliyat turlari va uning natijalariga daxldor qoidalar, umumiy qonun-qoidalar yoki tavsiflarni o’zida qamrab olgan me’yoriy xujjat xisoblanadi. "Me’yoriy" xujjat atamasi standartlar, texnikaviy shartlar, shuningdek umumiy ko’rsatmalar, yo’riqnomalar va qoidalar tushunchasini xam o’z ichiga qamrab oladi. Standartlashtirish maqsadlari ko’p qirrali bo’lib, ular asosan quyidagilardan iborat: bir xillashtirish (xar xillikni boshqarish), qo’llanishlilik, moslashuvchanlik, o’zaroalmashuvchanlik, sog’liqni saqlash, xavfsizlikni ta’minlash, atrof-muxitni asrash, maxsulotni ximoyalash, o’zarotushunishlikka erishish, savdodagi iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilash va boshqalar. Bir maqsadni amalga oshirish vaqtida boshqa maqsadlar xam amalga oshishi mumkin. Standartlashtirishda maxsulotning vazifasiga muvofiqligi deganda belgilangan sharoitlarda muayyan vazifalarini buyum, jarayon yoki xizmatlar tomonidan bajarish qobiliyati tushuniladi. Moslashuvchanlik esa, ma’lum sharoitlarda belgilangan talablarni bajarish uchun nomaqbul ta’sir ko’rsatmasdan maxsulot, jarayon yoki xizmatlarni birgalikda qo’llanishiga yaroqliligi deb tushuniladi. O’zaroalmashuvchanlik – bir xil talablarni bajarish maqsadida bir buyum, jarayon, xizmatdan foydalanish o’rniga boshqa bir buyum, jarayon, xizmatning yaroqliligidan iborat. Xarxillikni boshqarish (unifikatlashtirish yoki birxillashtirish) deb, muayyan extiyojini qondirish uchun zarur bo’lgan eng maqbul o’lchamlarni yoki maxsulot, jarayon va xizmat turlarini tanlashga aytiladi. Standartlashtirishishlarini o’tkazish. "O’zstandart" agentligi Qonunga muvofiq standartlashtirishishlarini o’tkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqa ruvorganlari, jamoat birlashmalari bilan olib boradigan hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini belgilaydi. "O’zstandart agentligi", "Davarxitektqurilish" qo’mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi va respublika Sog’liqni saqlash vazirligi o’zvakolatlari doirasida standartlashtirish ishlarini bajarishni boshqa tashkilotlarga topshirishga haqlidirlar. Standartlarni tasdiqlagan organlar standartlarga doir tarmoq axborot jamgarmalarini hosil qiladilar va yuritadilar hamda manfaatdor istehmolchilarni xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar, O’zbekiston Respublikasi standartlari, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlariga doir axborotlar bilan, shuningdek standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar, texnik-iqtisodiy hamda ijtimoiy axborot davlat klassifikatorlari, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalariga oid axborotlar bilan ta’minlaydilar. 3. Standart toifalari va turlari. Me’yoriy hujjatlarning toifalariva ulargaqo’yiladigan asosiy talablar qonunning 6-moddasida keltirilgan. Unda O’zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi me’yoriy hujjatlar qo’llanilishi ko’rsatib o’tilgan: xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar; O’zbekiston Respublikasining davlat standartlari; tarmoq standartlari; texnik shartlar; korxona standartlari; xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari; ma’muriy-hududiy standartlar. Davlat yagona va uzluksiz ta’lim tizimida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat ta’lim standartlariga amal qilinadi. Standartlashtirishga doir me’yoriy hujjatlar jumlasiga, shuningdek standartlashtirish qoidalari, me’yorlari, texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlari ham kiradi. Mazkur hujjatlarni ishlab chiqish va qo’llash tartibi "O’zstandart" tomonidan belgilanadi. Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar va xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari, shuningdek xalqaro qoidalar va normalar O’zbekiston Respublikasi ishtirok etgan shartnoma yoki bitimlarga muvofiq qo’llaniladi. Ushbu standartlar, qoidalar va normalarni respublika hududida qo’llash tartibini "O’zstandart" va davlat boshqaruvining boshqa organlari o’z vakolatlari doirasida belgilaydilar. Ular xalqaro savdo-sotiq uchun ortiqchato’sqinliklarni vujudga keltirmasligi lozim. Standartlashtirishga doir me’yoriy hujjatlar vatanimiz hamda chet el fan va texnikasining zamonaviy yutuqlarigaasoslangan va O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq bo’lishi lozim. Ular xalqaro savdo-sotiq uchun ortiqchato’sqinliklarni vujudga keltirmasligi lozim. Me’yoriy hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishgayo’lqo’yilmaydi. O’zbekiston Respublikasining manfaatlari himoya qilinishini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobat qila olish imkonini ta’minlash uchun asosli hollarda standartlarda istiqbolgamo’ljallangan, an’anaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablar belgilab qo’yiladi. Iste’molchilarga realizatsiya qilinadigan mahsulotga doir standartlar va ularga kiritilgan o’zgartishlar "O’zstandart" organlarida haq olmasdan davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim. "O’zstandart" organlarida ro’yxatdan o’tgan standartlashtirishga doir me’yoriy hujjatlar davlat axborot jamgarmasini tashkil yetadi. Mahsulotning atrof-muhit, aholining hayoti, sog’lig’i va mol-mulkiga xavfsizligini ta’minlash uchun, texnikaviy vaaxborot jihatdan mahsulotning bir-biriga mos kelishi va o’zaro almashinuvchanligini, ularni nazorat qilish usullari birligi va tamg’alash birligini ta’minlash uchun standartlarda belgilanadigan talablar, shuningdek O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan boshqa talablar davlat boshqaruv organlari, xo’jalik faoliyati sub’ektlari rioya yetish uchun majburiydir. Standartlarda mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish va yetkazib berish shartnomasiga kiritilgan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o’zga talablar ham belgilab qo’yilishi mumkin. Import mahsulot, basharti u O’zbekiston Respublikasidaamal qilayotgan standartlarning majburiy talablar qismiga muvofiqligi tasdiqlanmagan bo’lsa, yetkazib berilishi va belgilangan maqsadda ishlatilishi mumkin emas. 4. Standartlar ustidan davlat tekshiruv va nazorati Qonunning 8, 9 va 10 – moddalarida bu xaqida quyilagilar keltirilgan. 8-modda. Davlat nazorati organlari va ob’ektlari Xo’jalik faoliyati sub’ektlari standartlarning majburiy talablariga, standartlashtirishga taalluqli boshqa qonun hujjatlariga rioya yetishi ustidan davlat nazoratini "O’zdavstandart" agentligi", "Davarxitektkurilish" qo’mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi va ularning hududiy organlari, shuningdek boshqa maxsus vakil qilingan davlat boshqaruv organlari o’z vakolatlari doirasidaamalga oshiradilar. Idoraviy bo’ysunuvi va mulk shaklidan qat’i nazar xo’jalik faoliyati sub’ektlarining, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan jismoniy shaxslarning mahsuloti, shu jumladan sertifikatlashtirilgan mahsulot (ishlab chiqish, tayyorlash, saqlash, tashish, foydalanish, ta’mirlash va chiqindini foydali suratda ishlatish bosqichlarida) davlat nazorati ob’ekti hisoblanadi. Xo’jalik faoliyati sub’ektlari davlat nazoratini amalga oshirish uchun barcha zarur sharoitni yaratishlari shart. Standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini: standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarning yagona birlikdabo’lishini ta’minlash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi davlat Bosh inspektori; standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarning yagona birlikdabo’lishini ta’minlash bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari; standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarning yagona birlikdabo’lishini ta’minlash bo’yicha davlat inspektorlari amalga oshiradilar. 9-modda. Davlat inspektorlari, ularning huquqlari va javobgarligi Standartlarning majburiy talablariga rioya yetilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat inspektorlari davlat boshqaruv organlarining vakillari hisoblanadilar. Davlat inspektori: xo’jalik faoliyati sub’ektining xizmat va ishlab chiqarish binolariga belgilangan tartibda kirish xo’jalik faoliyati sub’ektidan davlat nazoratini o’tkazish uchun kerakli hujjatlar va ma’lumotlarni olish; davlat nazoratini o’tkazishda xo’jalik faoliyati sub’ektining texnika vositalaridan foydalanish va mutaxassislarni jalb yetish; standartlashtirish bo’yichaamaldagi normativ hujjatlarga muvofiq standartlarning majburiy talablariga muvofiqligini tekshirish uchun mahsulotlarning namunalari hamda nusxalarini tanlab olishni o’tkazish, bunda ishlatib yuborilgan nusxalarning qiymati va sinovlarni (tahlillarni, o’lchovlarni) o’tkazish xarajatlari tekshirilayotgan xo’jalik faoliyati sub’ektlarining ishlab chiqarish chiqimlariga kiritiladi; mahsulotni yaratish, ishlab chiqarishga tayyorlash, tayyorlash, realizatsiya qilish (etkazib berish, sotish), undan foydalanish (uni ishlatish), mahsulotni saqlash, tashish va chiqindini foydali suratda ishlatish bosqichlarida, standartlar majburiy talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf yetish to’g’risidako’rsatmalar berish; xo’jalik faoliyati sub’ekti tekshiruvdan bo’yin tovlagan taqdirda mahsulotni realizatsiya qilishni man yetish huquqiga yega. Standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarning yagona birlikdabo’lishini ta’minlash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori, standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarning yagona birlikdabo’lishini ta’minlash bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari bundan tashqari: standartlarning majburiy talablari buzilganligi uchun xo’jalik faoliyati sub’ektlariga nisbatan jarimalar qo’llash to’g’risida qarorlar qabul qilish; standartlar buzilishidaaybdor bo’lgan xo’jalik faoliyati sub’ektlarining mansabdor shaxslarini ma’muriy javobgarlikka tortish; tekshirilgan mahsulotni u standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo’lgan hollarda realizatsiya qilishni (etkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) taqiqlash yoki to’xtatib qo’yish to’g’risidako’rsatmalar berish; tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo’lgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki uni realizatsiya qilishni (etkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) to’xtatib qo’yish to’grisidako’rsatmalar berish. Davlat inspektorlarining mahsulotni realizatsiya qilishni (etkazib berishni, sotishni) man yetish yoki to’xtatib qo’yish to’g’risidagi ko’rsatmasini buzganlik uchun xo’jalik faoliyati sub’ektlari O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarimato’laydilar. Jarima solish sud tomonidan, xo’jalik faoliyati sub’ekti sodir yetilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo’lgan va jarimani ixtiyoriy ravishdato’lagan taqdirda esa, O’zbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi. Xo’jalik faoliyati sub’ektlari berilgan ko’rsatmalar va qarorlarni bajarmagan taqdirlarida davlat inspektorlari zarur materiallarni prokuratura organlariga yoki sudga oshiradilar. Davlat inspektorlari zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan, davlat yoki tijorat sirini oshkor qilgan taqdirlarida qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar. 10-modda. Standartlashtirish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Ushbu Qonun qoidalarni buzilishidaaybdor bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek davlat boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. Xalqaro standartlashtirish va uning boshqaruv tizimi. Bugungi kunda turli xalqaro tashkilotlar standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish soxalarida me’yoriy xujjatlarni ishlab chiqish, dunyo mamlakatlarini shu soxalardagi ilg’or yutuqlarini umumlashtirish va bu soxalar bo’yicha xar xil yordam ko’rsatish ishlari bilan shug’ullanib kelmoqda. Bularga Xalqaro standartlashtirish tashkiloti, Xalqaro elektrotexnika komissiyasi, metrologiya soxasida qonunlashtiruvchi Xalqaro tashkilot, sifat bo’yicha Yevropa tashkiloti, sinov laboratoriyalarini akkreditlash bo’yicha Xalqaro konferentsiya, G’arbiy Yevropa mintaqaviy va iqtisodiy tashkilotlari, standartlashtirish va metrologiya bo’yicha arab tashkilotlarini misol keltirish mumkin. Ana shu tashkilotlardan biri Xalqaro standartlashtirish tashkilotibo’lib,uningolibborayotgan ishlari, faoliyatdoiralarixususida qisqacha ma’lumotberib o’tishmaqsadgamuvofiqdir. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti /ISO/ Birinchi standartlashtirish milliy tashkiloti - Britaniya Assotsiatsiyasi /Britich Enginezing Standards Accociation/ 1901 yilda tashkil etilgan bo’lib, biroz keyinroq, birinchi jaxon urushi davrida Daniya byurosi, Germaniya qo’mitasi (1918 y), Amerika qo’mitasi (1918 y) va boshqalar tashkil topdi. Standartlashtirish soxasidagi ishlar xalqaro markaz kerakligini taqazo qildi. SHu maqsadda 1926 yili standartlashtirish milliy tashkilotlarining Xalqaro Assotsiatsiyasi (ISA) paydo bo’ldi. ISA ning tarkibiga 20 mamlakat vakillari kirdi. 1938 yili Berlin shaxrida standartlashtirish bo’yicha Xalqaro s’ezd ochildi. Unda texnikaning turli soxalari bo’yicha 32 ta qo’mita va kichik qo’mitalar tuzildi. 1939 yili boshlangan ikkinchi jaxon urushi ISAning faoliyatini to’xtatib qo’ydi. Xozirgi Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Standards Organization) 1946-1947 yillari tashkil topdi, uni qisqacha ISO deb yuritiladi. Bu nufuzli tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tarkibida faoliyat ko’rsatib, rivoj topmoqda. ISOning tuzilishidan ko’zda tutilgan asosiy maqsad - xalqaro miqyosdagi mol almashinuvida va o’zaro yordamni yengillashtirish uchun dunyo ko’lamida standartlashtirishni rivojlantirishga ko’maklashish xamda aqliy, ilmiy, texnikaviy va iqtisodiy faoliyatlar soxasida xamdo’stlikni rivojlantirishdir. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun: -dunyo ko’lamida standartlarni va ular bilan bog’liq bo’lgan soxalarda uyg’unlashtirishni yengillashtirish uchun choralar ko’rish; - xalqaro standartlarni ishlab chiqish va chop etish (agar xar bir standart uchun uning faol tashkiliy va kichik qo’mitalarining ikkidan uch qismi ma’qullab ovoz bersa va umumiy ovoz beruvchilarning to’rtdan uch qismi yoqlab chiqsa, standart ma’qullanishi mumkin); - o’z qo’mita a’zolarining va texnikaviy qo’mitalarning ishlari xaqida axborotlar almashinuvini tashkil qilish; - soxaviy masalalar bo’yicha manfaatdor bo’lgan boshqa xalqaro tashkilotlar bilan xamkorlik qilish ko’zda tutiladi. ISO raxbar va ishchi qo’mita idoralaridan tashkil topgan. Raxbar idoralari tarkibiga Kengashning yuqori idorasi - Bosh Assambleya, Kengash, ijroiya byurosi, texnikaviy byuro, kengashning texnikaviy qo’mitalari va markaziy sekretariati kiradi. ISOda prezident, vitse-prezident, g’azinachi va bosh sekretarь lavozimlari mavjud. Bosh Assambleya - ISOning Oliy Raxbari bo’lib, ISOning yig’ilishi uch yilda bir marta bo’ladi. Uning sessiyasida prezident uch yil muddat bilan saylanadi. Bosh Assambleya o’tkazish vaqtida sanoat soxasida yetakchi mutaxassislar ishtirokida xalqaro standartlashtirishning muxim muammolari va yo’nalishlari muxokama qilinadi. ISO kengashi yiliga bir marta o’tkazilib, unda tashkilotning faoliyati, xususan, texnikaviy idoralarning tuzilishi xalqaro standartlarning chop etilishi, kengash idoralarining a’zolarini xamda texnikaviy qo’mitalarning raislarini tayinlaydi va boshqa masalalar ko’riladi. Sobiq Ittifoq parchalangunga qadar Xalqaro standartlashtirish tashkilotining tarkibi 91 mamlakatning vakillaridan iborat edi. Respublikamizningdastlabkimustaqillikyillaridagi (1992 yil) muhimvoqealardanbiri O’zbekiston Respublikasining 92- davlat sifatida ushbu nufuzli xalqaro tashkilotga qabul qilinishibo’ldi. Endilikda O’zbekiston Respublikasi ISOning teng xuquqli a’zolaridan biri xisoblanadi. Maxsulot sifatini yaxshilash, boshqarish va ta’minlash bo’yicha oxirgi vaqtda qilingan ishlarni mujassamlab, ISO o’zining bir qator me’yoriy xujjatlarini ishlab chiqdi, bu xujjatlarga ISO 9000, 10011 va 10012 raqamli standartlarni ko’rsatish mumkin: Takrorlash uchun savollar: 1. Standartlashtirishni qanday izoxlay olasiz? 2. Standartlashtirishning o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalari qanday? 3. Milliy va mintaqaviy standartlashtirish nima? 4. O’zaroalmashuvchanlik deganda nimalarni tushunasiz? 5. Me’yoriy xujjat atamasiga ta’rif keltiring. Standartlashtirishning uslubiy asoslari va maxsulot sifati. Ma’ruza rejasi: Tizimlashtirish va kodlash. Afzal sonlar qatori. Afzal sonlar qatorini tuzish printsiplari. Parametrik qatorlar. Optimal o’lchamlar qatori. Asosiy va qo’shimcha parametrlarni tanlash printsipi Mashinalarni unifikatsiyalash va agregatlashtirish Standartlashtirishning texnik iqtisodiy samaradorligi 1.Tizimlashtirish va kodlash. Har qanday mahsulot turi aniq sonlar bilan ifodalangan parametrlar bilan xarakterlanadi, masalan, avtomobilning yujko’tarish og’irligi 8 t, elektrodvigatelь quvvati 100 kVt, val diametri50 mm. Parametrlar qiymati hisoblash yo’li bilan aniqlanib, konstruktiv mulohazalar orqali belgilanadi. Bunda parametrlarning son qiymatlari turlicha bo’lishi mumkin. Qo’llaniladigan sonli tavsiyalarni cheklamasdan turib parametrlarni birxillashtirish va standartlashtirish mumkin emas. Bundan tashqari, standartlashtirish tajribasi shuni ko’rsatadiki, standartlashtiriladigan ob’ektni tavsiflovchi parametr sonlari ketma-ketligi tasodifiy bo’lmasdan, balki matematik qonunlardan kelib chiqqan qatorlar bo’lishi lozim. Bu quvvatni, unumdorlikni, yuk ko’tarishni, mustahkamlikni tavsiflovchi parametrlarni, shuningdek, geometrik o’lchamlarni o’zaro bog’lanishini ta’minlashi mumkin. Bu masala parametrlarning son qiymatlarini tanlashda afzal sonlar qatorini belgilash bilan yechiladi. Afzal sonlar qatori. Afzal sonlar qatorini tuzish printsiplari. Parametrik qatorlar. Hozirgi zamon standartlashtirishning nazariy bazasi afzal sonlar tizimi hisoblanadi. Ushbu tizimning mazmuni shundan iboratki, har qanday parametrlarni tanlash (unumdorlik, tezlik, aylanishlar chastotasi, quvvat, bosim, o’lchamlar) ilmiy asoslangan sonlar qatoriga asoslansa, u holda mahsulot o’zi bilan bog’langan mahsulot turlari bilan moslashtirilgan hisoblanadi: elektrodvigatelь - texnologik dastgohlar, yuk ko’taruvchi moslamalar bilan; saqlagich klapanlar - bug’qozonlari, moy bosimlari bilan va hokazolar. Afzal sonlar va ularning qatori ishlab chiqarish jarayonlarini, dastgohlarni, moslamalarni, asboblarni, materiallarni, yarimfabrikatlarni, transport vositalarini va boshqalarning tartiblashtirilgan kattaliklarini tanlashda va parametrlarini gradatsiyalashda (darajalashda) asos bo’lib xizmat qiladi. SHunga muvofiq afzal sonlar qatorini belgilash quyidagi talablarga muvofiqbo’lishi: 1) ishlab chiqarish va foydalanish talablariga javob beradigan maqbul darajalash tizimini tasavvur etishi; 2) sonlarni kichiklashtirish va kattalashtirish yo’nalishda cheksiz bo’lishida; 3)har bir son qatoridagi ketma-ketlikni oddiy va o’nli kasr ko’rinishida kiritish; 4) sodda va yengil eslab qolinadigan bo’lishi lozim. Parametr — biror buyumni yoki hodisani (jarayonni) butunicha yoki uning alohida xususiyatlarini tavsiflovchi mustaqil yoki o’zaro bog’langan kattalik. Parametrik qator— qabul qilingan darajalash tizimi asosida ma’lum oraliqda tuzilgan parametrlar son qiymatining to’plami. Darajalash — qo’shni qator hadlari orasidagi oraliqni o’zgarish qonuniyatini ifodalaydi. Parametrlarni o’zgarish oraligi parametrlarning eng kichik va eng katta qiymatlari bilan cheklanadi. Standartlashtirish tajribasi shuni ko’rsatdiki, geometrik qatorlar eng qulay va qo’yilgan talablarga to’liq javob beradi, chunki bunda qatorning har qanday yondosh sonlari orasida birxil nisbiy ayirma hosil bo’ladi. Bu xususiyatni shunday tushuntirish mumkin, geometrik progressiyani yondosh sonlari (hadlari)ni o’zaro munosabati har doim o’zgarmas va professiya maxraji (Y)ga teng 1 – 2 – 4 – 8 – 16 – 32 – 64 … 1 – 10 – 100 – 1000 – 10000... bu misollarda progressiya maxrajlari 2 va 10 ga teng. Bunday progressiyani har qaysi istagan ikkita hadining qo’paytmasi yoki bo’linmasi shu progressiyaning hadi hisoblanadi 2x4=8; 8x4=32; 16:2=8; 8:2=4; 32:4=8 Bunday progressiyaning har qanday hadining musbat yoki manfiy butun darajasi shu progressiyaning hadi hisoblanadi. Geometrik progressiyaning xususiyatlaridan yana biri: qator hadlaridan yoki ularning butun darajalari ko’paytmasidan aniqlanadigan bog’lanishlari har doim qator qonuniyatlariga bo’ysunadi. Agarda qator chiziqli o’lchamlarni aniqlasa, shu chiziqli kattaliklardan hosil bo’lgan yuzalar va hajmlar ularning qonuniyatigabo’ysunadi. Afzal sonlar qatorining yaratilish tarixi SHarl Renar nomi bilan bog’liq. 1877…79 yillarda frantsuz ofitseri havo uchirish apparatlarini konstruktsiyalash asoslarini o’rganib, arqonlarning tasnifiy ro’yxatini ishlab chiqdi. Qatorning har bir beshinchi hadini o’nkarra oshishini ta’minlovchi progressiya mahrajini qabul qildi, bunda au5=100, u holda sonli qator quyida-icha hosil bo’ladi: ularnihisoblaganda quyidagi sonlar hosil bo’ladi: a; 1,54849a; 2,3119a; 3,9811a; 6,3096a; 10a. Bu qiymatlar yaxlitlandi va «a» uchun 10 ning musbat, nul yoki manfiy darajasi qabul qilindi: 1,1; 1,6; 2,5; 4,0; 6,3; 10 va hokazolar. R5 bilan belgilangan, bu qatordan keyinchalik R10, R20, R40 qatorlari hosil qilinib, ular quyidagi progressiya mahrajiga zga: GOST 8032-84 ga muvofiqto’rtta afzal sonlar qatori (R5, R10, R20, R40) belgilandi va alohida vaziyatlarda qo’llash uchun qo’shimcha R80 qabul qilindi. R5 qator uchun birinchi had 1,5849 mahraj – 1,6 R10 -“- 1,2589-“- 1,25 R20 -“- 1,1220-“- 1,12 R40 -“- 1,0593-“- 1,06 R80 -“- 1,0292-“- 1,03 Hamma qatorlar geometrik progressiya yaxlitlangan kiymatlari hadining o’nlik qatorini tashkil etadi, yaxlitlangan va hisoblangan sonlar orasidagi nisbiy ayirma 1,26% dan- 1,01% gacha boradi. Ma’lumki, detallarning mustaxkamligi va elastiklik tavsiflari ko’ndalang kesim yuzasiga, qarshilik momentiga va moment inertsiyasiga proportsional, ular o’z navbatida chiziqlio’lchamlarning darajali funktsiyalari bo’lib hisoblanadi. Geometrik progressiyaning xususiyatlariga asoslanib chiziqli o’lchamlar qatorini mustaxkamlik va elastiklik tavsiflari bilan yagona qonuniyat bo’yicha bog’lash mumkin. 3.Optimal o’lchamlar qatori. Asosiy va qo’shimcha parametrlarni tanlash printsipi. Standartlashtirishning asosiy masalalaridan biri ashyo turlarini optimal qisqartirishdan iboratdir, Buning uchun standart ishlab chiqish bilan borliqbo’lgan quyidagi savollarni to’g’ri yechish lozim: 1) ushbu ashyoga muvofiqbo’lgai eng muhim parametrni tanlash; 2) standartlashtiriladigan parametrni o’zgarish oraligini aniqlash; 3) qabul qilingan oraliqda parametrikqatorning gradatsiyasini tanlash; 4) eng muhim parametr va boshqalar orasidagi bog’lanishni belgilash; 5) texnik-iqtisodiy jixatdan asoslash. 1. Eng muhim parametrni tanlash. Masalan, elektrdvigatelь uchun eng muhim parametr quvvat (belgilangan chastotada), reduktor uchun uzatiladigan quvvat yoki aylantiruvchi moment, traktor uchun tortish kuchi, vallar, po’lat prokatli trubalar uchun ko’ndalang kesimi va boshqalar. 2. Ko’p standartlashtiriladigan mashinalar va boshqa maxsulotlarda asosiyyoki eng muhim parametrlar: unumdorlik, quvvat, tezlik, har xil yuklanishlarga qarshilik, geometrik o’lchamlar, og’irlik, ikkita yoki bir necha xarakterli parametrlar hamda maxsulotni to’liq xarakterlovchi va uzoq muddat o’zgarmaydigan parametrlar bo’lishi mumkin. Eng muhim standartlashtirilgan parametrning o’zgarish oralig’i yokiparametrik qator oralig’i ushbu parametrning eng katta va eng kichik qiymatlari bilan cheklanadi. Masalan, asinxron elektrodvigatellar A2 va Ao2 uchun quvvatning o’zgarish oraligi 0,4—125 kVt gacha. Eng chekka qiymatlar ehtiyojga qarab aniqlanadi. 3. Darajalash yoki parametrik qatorni tuzish deganda qo’shni qator hadlari orasidagi intervalning o’zgarish qonuni tushuniladi. Parametrik qatorni tuzish printsipining asosiy omillaridan biri, standartning texnik-iqgisodiy samaradorligini aniqlashdir. Yondosh parametrlar qiymatlari orasidagi intervalning kichikbo’lishi mahsulotni hisoblashqiymatlarini qabul qilishni yengillashtiradi. Lekin bir xil turdagi va o’lchamdagi mahsulotlarning seriyasi kamayadi, natijada, ishlab chiqarishning texnologik tayyorlash jarayoni murakkablashadi, tayyorlash tannarxi oshadi. Intervalni kattalashtirish seriyani kattalashtiradi, lekin bunda parametrlari katgalashgan ashyolardan foydalanishga to’g’rikeladi. Bu o’z navbatida komplekt buyumlarning foydalanish xarajatlarini va oxirgi mahsulotning massasini, gabaritini oshirib yuboradi. SHuning uchun, gradatsiya qatorini belgilashda, material sarfi, tayyorlash va foydalanish tannarxi orasidagi optimal munosabatni ta’minlovchi muqobil qator buyumning eng foydali namuna o’lcham sonlari bo’lishi lozim. 4. Eng muhim parametr va boshqalar orasidagi bog’lanishni masalan, massani tayyorlash tannarxini foydalanish tannarxi bilan bog’lash. Ko’pchilik holatlarda mashina va uzellarning parametrik va o’lcham qatorlari o’shamashina va dastgohlarning xususiyatlariga bevosita borliqbo’ladi va unga tarkibiy element sifatida kiradi. Demak, ular yetarli ketma-ketlikda va aniqlikda eng muhim parametrga muvofik, bo’lishlari lozim (tezlikka, haroratga, bosimga va boshqalarga). Parametrlar qatorini va u bilan bog’langan o’lchamlarni tanlashda quyidagi qoidalarga amal qilish maqsadga muvofiqdir. R5 bo’yicha mashina parametrlari qatoriga R10 bo’yicha detalь o’lchamlari qatori mos keladi; R10 bo’yicha mashina parametrlari qatoriga R20 bo’yicha detalь o’lchamlariqatori mos keladi; R20 bo’yicha mashina parametrlari qatoriga R40 bo’yicha detalь o’lchamlari qatori mos keladi. Yuk avtomobilining parametrik qatori Metallurgiya va kimyo sanoati dastgohlarini, shuningdek, avtomobilь dastgohlari, mexanizmlari uzellariga va detallariga tegishli amaldagi 70 ta davlat standartlarining taxlili shuni ko’rsatdiki, eng muhim parametrlar qatori ko’pchilik holatlarda R20 qatori yoki uning ko’paytmasidan, o’lchamlar qatori esa R20 qatoridan yoki uning ko’paytmasidan tuzilgan.
Download 98.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling