2-Mavzu Statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyoti
-chizma. Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari
Download 23.3 Kb.
|
2-Mavzu Statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyoti-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kritik fursat
- 2.2. Statistik kuzatish shakllari,turlari va usulari
- 2.3-chizma. Statistik kuzatish shakllari Statistik hisobot
2.2.-chizma. Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari
Kuzatish organi – bu statistik kuzatishni bevosita tashkil qiladigan va o`tkazadigan tashkilotlardir. Kuzatish vaqti va muddati kuzatishni qachon va necha kunda amalga oshirishni aniqlaydi. Masalan, 1989 yilga aholi ro`yxati 12 yanvardan 19 yanvargacha bo`lgan, 8 kun davomida o`tkazilgan. SHu davr aholi ro`yxati uchun kuzatish muddati edi. Kritik fursat (moment) deyilganda ma`lumotlarni ma`lum vaqt (daqiqa, soat, kunga)ga to`g’rilab (moslab) ro`yxatga olish tushuniladi. Aynan shu holatga nisbatan hodisalar ro`yxatga olinadi. Masalan, 1989 yilgi aholi ro`yxatida kritik fursat 11 yanvardan 12 yanvargacha o`tar kechasi – soat 24 ga belgilangan edi. Mavjud aholi aynan shu fursatga to`g’rilab ro`yxatga olingan, ya`ni 12 yanvar soat 00 gacha tug’ilgan bolalar ro`yxatga olingan, undan keyin tug’ilganlar esa ro`yxatga olinmagan. SHu vaqtgacha o`lgan shaxslar esa ro`yxatdan o`tmagan. 2.2. Statistik kuzatish shakllari,turlari va usulari Mamlakatimizda statistik kuzatish ikki shaklda: statistik hisobotni taqdim etish; maxsus uyushtirilgan statistik tekshirishlarni amalga oshirish yo`li bilan tashkil etiladi (2.3.-chizma). 2.3-chizma. Statistik kuzatish shakllari Statistik hisobot deyilganda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi yoki uning mahalliy tashkilotlari hamda Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan, tegishli ko`rsatkichlarga ega bo`lgan, mustaqil balansda turuvchi barcha korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidan belgilangan muddatlarda qonuniy tartibda uyushtiriluvchi, statistika va yuqori tashkilotlarga yuborilib turiladigan hisobot shakllari tushuniladi. Hisobot statistik kuzatishning asosiy shakli bo`lib, u barcha korxonalar va tashkilotlar faoliyati haqidagi boshlang’ich haqqoniy ma`lumotlarni keng dasturda muttasil olib turish imkoniyatini yaratadi. Buxgalteriya va operativ-texnika hisobi hujjatlarida qayd etilgan boshlang’ich hisob-kitob yozuvlari hisobot uchun ma`lumotlar manbai hisoblanadi. Hisobot buxgalteriya hisoboti va statistik hisobotlarga bo`linadi. Buxgalteriya hisoboti buxgalteriya balansi va schetlaridagi ma`lumotlarni sharhlash va batafsil tekshirish uchun xizmat qiladi. Statistik hisobotning asosiy vazifasi xalq xo`jaligini rivojlantirish bo`yicha ko`zlangan rejalarning bajarilishi ustidan nazorat olib borishdir. Har bir statistik hisobotda quyidagi uch turdagi ma`lumotlar keltiriladi: joriy davrda haqiqatda erishilgan ko`rsatkichlar; joriy davr rejalarida ko`zlangan topshiriqlar; o`tgan (bazis) davrda haqiqatda erishilgan ko`rsatkichlar. Har bir hisobot shakli quyidagi rekvizitlarni (unsurlarni) o`z ichiga oladi: hisobotning nomi va raqami; tasdiqlangan vaqti; taqdim etiladigan manzili; qaysi davr uchun tuzilayotganligi va qachon yuborilishi lozimligi; hisobotni yuborayotgan tashkilotning manzili; hisobot ma`lumotlari yoziladigan jadval maketi; o`lchov birliklari; korxona rahbarlarining imzosi va muhr bosilgan vaqt. Bunday hisobotni har bir korxona, muassasa va tashkilot belgilangan muddatda tzib, statistika tashkilotlariga topshirishga majburdirlar. Bu tartibga rioya qilmaslik hisobot intizomini buzish demakdir. Statistik kuzatish quyidagi turlarga bo`linadi (7-chizma). Download 23.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling