2-Mavzu Statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyoti


Download 23.3 Kb.
bet8/9
Sana17.10.2023
Hajmi23.3 Kb.
#1706163
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-Mavzu Statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyoti-fayllar.org

2.6-chizma. Kuzatish xatolari
Muntazam xatolar har doim bir yo`nalishda bo`ladi va umumiy ko`rsatkichlarga kuchliroq ta`sir ko`rsatadi. Natijada ular haqiqatdan yiroqlashadi. Demak, muntazam xatolar xavflidir. Bunday xatolarga bila turib yoki bilmay turib yo`l quyish mumkin. Masalan, hisobot ma`lumotlariga qo`shib yozish ma`lum maqsadni ko`zlaydi va ataylab, bila turib qilingan xatoga misol bo`la oladi. U mansabni suiiste`mol qilish yoki hisobotga panja ortidan qarash natijasida yuzaga chiqadi.
Bilmay turib qilingan muntazam xatoga misol qilib aholini ro`yxatga olish vaqtida yoshni butunlashtirib aytishni olish mumkin. Odatda, 78 yoki 81 yoshli qariyalar 80 yoshdalar deb aytladi. Butun sonlar bilan yoshni ifodalash barcha kishilarga taalluqli xislatdir.
Reprezentativ xato deb bosh to`plam bilan tanlama to`plam natijalari o`rtasidagi tafovutga aytiladi. Bu xato faqat tanlama kuzatishga xosdir. U ham tasodifiy va muntazam xatolarga bo`linadi. Tasodifiy xato tanlama kuzatish mohiyatidan kelib chiqadi va ikki yoqlama yo`nalishga egadir. Muntazam xato odatda bir yo`nalishda bo`lib, tanlab olish printsiplarini qo`pol ravishda buzish natijasida yuzaga chiqadi.
Qisqacha xulosalar
Statistik kuzatish uch bosqichga ega: 1) kuzatishni tayyorlash; 2) uni amalga oshirish; 3) kuzatish materiallarini qabul qilish. Ular o`zaro bog’langan bo`lib, ma`lum masalalarni echadi. Hamma bosqichlarda kuzatish natijasida to`planadigan ma`lumotlarning haqqoniyligini ta`minlovchi tadbir-choralar amalga oshirilishi kerak. Agarda birinchi bosqichda echimlar qabul qilish jarayonida nazariy adekvatlikni ta`minlash tadbir-choralari ko`rilsa, ikkinchi bosqichda ularga qat`iy rioya qilish ustidan uzluksiz nazorat olib boriladi, uchinchi bosqichda esa kuzatish materiallarini har taraflama tekshirish yo`li bilan ulardagi xatolar aniqlanadi va bartaraf etish tadbir - choralari amalga oshiriladi.
FOYDALANILGAN VA TAVSIYA QILINGAN ADABIYOTLAR
  1. Mirziyoyev, Sh. M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. – Toshkent : O‘zbekiston, 2017. - 592 b


  2. Абдуллаев Ё. Статистика назарияси. Дарслик. – Т.: Ўқитувчи, 2002. – 647 б.


  3. Soatov N.M. Tillaxo’jaeva G.N. Statistika nazariyasi. Darslik. – T.: TDIU, 2005. 24-46 bet.


  4. Daris Singpurwalla AHandbook of statistics:an Overview of Statistical Methods Ist edition.2013 year


  5. Shadiyev X.A,.Xabibullayev l,. Maxmudov B, Rashitova N., Umarova M.; Statistika: darsIik - Toshkent: Tafakkur bo'stoni, 2013 . 33- 42 b


  6. Основы теории статистики. Учебное пособие В. В. Полякова, Н. В. Шаброва 2017 “Флинта”





Download 23.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling