Uzluksiz kuzatishda voqea (hodisa) sodir bo`lishi bilanoq, ya`ni o`sha damning o`zida qayd qilindi. Masalan, tug’ilish, o`lish, nikohdan o`tish va ajralishlarni fuqarlik holatlarini qayd qilish organlarida qayd qilish, ishlab chiqarilgan mahsulotlani boshlang’ich hujjatlarda hisobga olish, ishchi va xodimlarning ishga chiqishini tabel’ hisobida qayd qilish va hokazo.
Uzlukli kuzatiish deyilganda voqea sodir bo`lgandan so`ng ma`lum vaqt o`tgach uni qayd qilish tushuniladi. Odatda, bunday kuzatishlar teng vaqt oralig’ida takrorlanib turadi. SHunga qarab, uzlukli kuzatish: davriy va fursatli kuzatishlarga bo`linadi.
Davriy kuzatish ma`lum teng muddat o`tishi bilan takrorlanib turadi. Masalan, har o`n yilda aholi ro`yxatining o`tkazilishi, har yilning boshida qoramollarning hisobini olish tadbirlari bunga misol bo`la oladi.
Bir yo`la kuzatish qandaydir masalani echish maqsadida zaruriyat tug’ilgan hollarda turlicha muddatlarda qayta amalga oshirib turiladi. bunday kuzatishga uy-joy fondi ro`yxati, ko`p yillik mevali daraxtlar ro`yxati, tabiiy ofat natijasida ko`rilgan zarani aniqlash kabilar misol bo`la oladi.
Boshlang’ich ma`lumotlarni olish usuliga qarab, statistik kuzatish turoi usullarda amalga shiriladi.
Bevosita kuzatish usuli. Bu usulning xarakterli tomoni shundaki, tekshirishni amalga oshirayotgan tashkilotning vakili kuzatishda bevosita qatnashadi. U kuzatayotgan narsalarni birma-bir ko`rib, sanab, tortib va o`lchab, olingan natijalarni kuzatish varaqasiga yozadi. Masalan, kuzatuvchi paxta punktidagi paxtani maxsus asboblar bilan tekshirish natijasida uning 80 foizi birinchi, 15 foizi ikkinchi, 5 foizi uchinchi nav ekanligini aniqlaydi. Bu erda kuzatuvchi boshlang’ich ma`lumotlarni olishda bevosita kuzatish usulini qo`llaydi.
Hujjatli usulda zarur bo`lgan ma`lumotlar tegishl hujjatlardan olinadi. Bu usul ko`pincha hisobot usuli deb yuritiladi, chunki barcha korxona, muassasa va tashkilotlar statistik hisobotlarni boshlang’ich hisobga asoslanib tuzadilar. Masalan, yillik hisobot ma`lumotlariga asoslanib, kuzatuvchi Toshkent viloyatidagi paxtachilik jamoa xo`jaliklarining 90 foizini rentabelli xo`jaliklar, qolgan xo`jaliklarning rentabelli xo`jalik emasligini aniqlaydi. Kuzatuvchi boshlang’ich ma`lumotni aniqlashda hujjatli usulni qo`llagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |