2-Mavzu Statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyoti


-chizma. Statistik kuzatish materiallarini tekshirish usullari


Download 23.3 Kb.
bet7/9
Sana17.10.2023
Hajmi23.3 Kb.
#1706163
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-Mavzu Statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyoti-fayllar.org

2.5-chizma. Statistik kuzatish materiallarini tekshirish usullari.
Statistik kuzatish ma`lumotlarini tekshirish usullari bir-biridan farq qiladi. Tashqi nazoratda asosan hujjatlarning to`g’ri rasmiylashtirilishi, ya`ni yo`riqnoma talabiga javob berish darajasi va ma`lumotlarning to`laligi tekshiriladi. Masalan, instruktor-nazoratchi aholi ro`yxati materiallarini qabul qilayotganda avvalo ro`yxat varaqalari qanday rasmiylashtirilganligini, undagi rekvizitlarga javoblar to`la yoki to`lamasligini tekshirib chiqadi. Shu bilan birga kuzatish birliklari, uylar va xonalarning to`laligini tekshiradi.
Mantiqiy tekshirish deyilganda statistik ma`lumotlarni mazmunini tekshirish tushuniladi. Bunda rekvizitlarga berilgan javoblar ko`zdan kechiriladi va ularda qarama-qarshiliklar bor-yo`qligini aniqlanadi.
Arifmetik tekshirish deb o`zaro bog’liq bo`lgan ma`lumotlarni son (raqam) jihatdan tekshirishga aytiladi. Masalan, savdo bazasidan yil boshlanishidagi tovar qoldig’iga yil davomida qabul qilingan tovar qiymati qo`shilsa, yil davomida jo`natilgan mahsulot qiymati kelib chiqadi. Agar bunday balans kelib chiqmasa, demak, ma`lumotlarda qandaydir xatoga yo`l qo`yilgan bo`ladi.
Statistik kuzatish materiallarini tekshirish va qabul qilish davomida ikki tipdagi xatolar aniqlanishi mumkin: qayd qilishdagi xatolar va reprezentativ (vakolatli) xato. Qayd qilishdagi xatolar o`z navbatida tasodifiy va muntazam xatolarga bo`linadi. Muntazam xatolar ham ikki turda bo`lishi mumkin: bila turib yo`l qo`yilgan xatolar va bilmasdan yo`l qo`yilgan xatolar (9-chizma).
Qayd qilishdagi xatolar hodisani kuzatish formulyariga yozayotganda yoki ma`lumotlarning mazmunini noto`g’ri tushunib qayd qilish natijasida vujudga keladi. Bunday xatolar yoppasiga kuzatishda ham, tanlama kuzatishda ham ro`y beradi.
Tasodifiy xatolar har xil ko`rinishda bo`lib, yozuvdan tushirib qoldirish va sanashda xatolikka yo`l qo`yish, kuzatuvchining toliqishi, charchashi natijasida yuzaga chiqadi. Bunday xatolar faqatgina kuzatuvchi tomonidan emas, balki so`roqqa oluvchi tomonidan ham yo`l qo`yilishi mumkin. Bu xatolar kuzatish natijasiga ikki yoqlama (ham ko`payish, ham kamayish jihatidan) ta`sir qiladi. Ko`p birliklardan tashkil topgan to`plamlarda katta sonlar qonuniga binoan manfiy yo`nalishli xatolar musbatlari bilan eyishadi va umumiy yakunlarga deyarli ta`sir qilmaydi.



Download 23.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling