2-Mavzu: Tarjimonning kasbiy faoliyati va malakasi Reja
-bosqich — kompyuter texnikasidan foydalangan holda o‘tkaziladigan test sinovlari; 2-bosqich
Download 32.71 Kb.
|
2-mavzu
1-bosqich — kompyuter texnikasidan foydalangan holda o‘tkaziladigan test sinovlari;
2-bosqich namoyish imtihoni (faqat malaka imtihonida ilk marotaba ishtirok etayotgan talabgorlar uchun). 26. Malaka imtihonining shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida malaka imtihonini o‘tkazish jarayoni uzluksiz ravishda videoyozuvga (ovozli) tushiriladi. 27. Malaka imtihonining har ikkala bosqichini o‘tkazish kuni Ishchi organ tomonidan tashkiliy masalalardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Malaka imtihonining har ikkala bosqichi bir kunda o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 28. Malaka imtihoni bosqichlarining biridan o‘ta olmagan talabgorga ushbu bosqichni qayta topshirish imkoniyati beriladi. Bunda, Ishchi organ talabgorni pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali takroriy malaka imtihonining o‘tkazilish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida uning o‘tkazilishidan kamida uch ish kuni oldin xabardor qiladi. 29. Malaka imtihoni gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar uchun alohida guruhlarda o‘tkaziladi. 30. Test va namoyish imtihoni uchun savollar va to‘g‘ri javoblar to‘plami Ishchi organ tomonidan malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarining o‘quv reja va dasturlari asosida ishlab chiqiladi. 31. Test savollari normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda doimiy ravishda yangilab boriladi. 32. Test sinovlari o‘quv reja dasturlarining barcha bo‘limlarini o‘z ichiga olgan holda, 75 ta savoldan iborat bo‘ladi. Test savollari talabgorning arizasida ko‘rsatilgan (o‘zbek yoki rus) tilda taqdim etiladi. Talabgorning to‘g‘ri javoblar bo‘yicha yakuniy natijasi 70 foiz va undan yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan bo‘lsa, u malaka imtihonini muvaffaqqiyatli topshirgan hisoblanadi. 33. Test natijalari ijobiy deb topilgan talabgorlarga ikkinchi boskichdan o‘tishiga ruxsat etiladi va imtihon o‘tkazilishidan kamida uch ish kuni oldin imtihonning o‘tkazilish joyi, sanasi va vaqti haqida xabardor qilinadi. 34. Namoyish imtihoni kasbiy standartlar va o‘quv dasturlari asosida tuzilgan amaliy topshiriqlar bo‘yicha o‘tkaziladi. Namoyish imtihoni davomida imtihon komissiyasi a’zolari amaliy topshiriqlar bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha savollar berish huquqiga ega. Namoyish imtihona imtihon komissiyasining ko‘pchilik ovozi bilan baholanadi. Imtihondan o‘ta olmagan talabgor imtihon komissiyasining tavsiyasi bilan ikkinch bosqichni qayta topshirish huquqiga ega. Bunda Ishchi organ talabgorni pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali takroriy namoyish imtihonining o‘tkazilish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida uning o‘tkazilishidan kamida uch ish kuni oldin xabardor qiladi. 35. Malaka imtihonining ikkinchi bosqichi talabgorning arizasida ko‘rsatilgan tilda o‘tkaziladi. 36. Talabgorga malaka imtihonining birinchi boskichini topshirish uchun 120 daqiqa, ikkinchi bosqich uchun 60 daqiqa vaqt beriladi. Malaka imtihonini topshirish jarayonida belgilangan vaqtda barcha savollarga javob bera olmagan talabgor malaka imtihonini topshirmagan hisoblanadi. 37. Malaka imtihonining birinchi bosqichi Qo‘mitaning hududiy bo‘linmalari va ta’lim muassasalari binosida, markazlashtirilgan tarzda Qo‘mita va/yoki Ishchi organning axborot resurslari orqali onlayn rejimda Qo‘mitaning hududiy bo‘linmalari rahbarlarining nazorati ostida o‘tkazilishi mumkin. Ikkinchi bosqich Ishchi organ bilan videomuloqot tarzida namoyish obyektlarida Qo‘mitaning hududiy bo‘linmalari rahbarlarining nazorati ostida o‘tkazilishi mumkin. 38. Malaka imtihoni o‘tkazilayotgan paytda talabgorning ma’lumotnoma va maxsus materiallardan (qog‘oz va elektron), uyali telefon va boshqa texnikalardan foydalanishi, boshqa talabgorlar bilan muloqot qilishi va auditoriyani tark etishi taqiqlanadi. Ushbu talablarni buzgan talabgorlar auditoriyadan chiqarib yuboriladi va malaka imtihonidan o‘tmagan deb hisoblanadi. 39. Talabgorga o‘zi bilan birga ichimlik suvi, dori va malaka imtihonini topshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa vositalarni (ko‘zoynak, linzalar) olib kirishiga ruxsat beriladi. 40. Begona shaxslarning malaka imtihoni o‘tkazilayotgan xonaga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 41. Malaka imtihonidan o‘ta olmagan talabgor malaka imtihonini qayta topshirish uchun ariza berish huquqiga ega. Malaka imtihonini kayta topshirish ushbu Nizomning 26 — 40 bandlariga muvofiq amalga oshiriladi. 42. Malaka imtihonini topshira olmagan talabgorlarga yig‘im qaytarilmaydi. 43. Malaka imtihoni natijalari Ishchi organ va Qo‘mitaning axborot resurslarida malaka imtihoni o‘tkazilganidan so‘ng ikki ish kunidan kechiktirmay e’lon qilinadi. 44. Imtihon komissiyasining qarorlari bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi, malaka imtihoni o‘tkaziladigan kuni imtihon komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va a’zolari tomonidan imzolanadi. Komissiyaning materiallari, shuningdek talabgorlarning hujjatlari belgilangan tartibda Ishchi organda saqlanadi. 45. Bitiruvchilar beyjik olish uchun, shaxsiy ma’lumotlari ko‘rsatilgan, erkin tarzda yozilgan talabnomani Ishchi organga yuboradi va ushbu Nizomning 9-bandi “a”, “b” kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar yig‘majildini topshiradi. 46. Talabgorlarning malaka toifasini olishi uchun malaka imtihoni ushbu bobda ko‘rsatilgan tartib asosida o‘tkaziladi. 47. Talabgorlar malaka toifasini olishi uchun ta’lim muassasalarida malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi haqidagi hujjatga, Ishchi organ tomonidan beriladigan malaka sertifikati va beyjikka, shuningdek quyidagi muddatlar bo‘yicha zaruriy ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim: II toifa uchun — 3 yildan 6 yilgacha; I toifa uchun — 6 yildan 9 yilgacha; Oliy toifa uchun — 9 yildan yuqori. Download 32.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling