2-Mavzu: Tarjimonning kasbiy faoliyati va malakasi Reja


-bob. Reyestrni yuritish tartibi


Download 32.71 Kb.
bet10/10
Sana01.04.2023
Hajmi32.71 Kb.
#1316404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu

7-bob. Reyestrni yuritish tartibi
67. Reyestr Ishchi organ tomonidan yuritiladi. Reyestrni yuritish quyidagilarni nazarda tutadi: ma’lumotlar bazasiga gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ularga berilgan individual ro‘yxatga olish raqami bilan kiritish; ma’lumotolar bazasini
onlayn rejimda yangilash.
68. Reyestr quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi: familiyasi, ismi, otasining ismi; pasport ma’lumotlari va yashash manzili; gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi biladigan xorijiy tillar; ekskursiya xizmatlari amalga oshirilayotgan hududlar (viloyatlar, shaharlar); malaka sertifikati va beyjikning raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati; malaka oshirish kurslarini tugatganligini tasdiqlovchi hujjatlar; gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchining toifasi; oliy, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim, shuningdek qayta tayyorlashdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumot; malaka sertifikati va beyjik amal qilishining tugaganligi, bekor qilinganligi, qayta rasmiylashtirilganligi va dublikat berilganligi to‘g‘risida ma’lumot; gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi bilan bog‘lanish ma’lumotlari.
69. Reyestrga kiritilgan asosiy ma’lumotlar tanishish uchun ochiq hisoblanadi, shuningdek gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar doimiy yangilab boriladi hamda Qo‘mita va Ishchi organning rasmiy axborot resurslarida joylashtiriladi.
8-bob. Malaka sertifikati va beyjikning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish tartibi
70. Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi bilan bog‘liq shikoyatlar, shuningdek malaka sertifikati va beyjikning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish masalalari Qo‘mita huzuridagi besh kishilik tarkibga ega bo‘lgan Maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda — Maxsus komissiya) tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Maxsus komissiyaning ishlash tartibi va tarkibi Qo‘mita tomonidan
belgilanadi.
Maxsus komissiya malaka sertifikati va beyjikning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish huquqiga ega.
71. Malaka sertifikati va beyjikning amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin: jismoniy va yuridik shaxslar bilan tuzilgan kelishuv majburiyatlarining buzilishi aniqlanganda; ekskursiya xizmatlarining sifati bilan bog‘liq shikoyatlar kelib tushganda va malaka sertifikati va beyjik egasining sifatsiz xizmat ko‘rsatayotganligi to‘g‘risidagi faktlar tasdiqlanganda.
Malaka sertifikati va beyjikni to‘xtatib turish Maxsus komissiya yoki sud tomonidan amalga oshiriladi. Malaka sertifikati va beyjikning amal qilishi Maxsus komissiya tomonidan o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga, sud tomonidan esa
o‘n ish kunidan uch oygacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib turilishi mumkin.
Maxsus komissiyaning malaka sertifikati va beyjikni to‘xtatib turish to‘g‘risi-
dagi qarori malaka sertifikati va beyjik egasiga qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay yozma ravishda yetkaziladi. Sudning malaka sertifikati va beyjikni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori uning egasiga va Qo‘mitaga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Maxsus komissiya va sud tomonidan malaka sertifikati va beydikning egasiga ushbu hujjatlarning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etish bo‘yicha muddat belgilanishi shart. Bunda malaka sertifikati va beyjikning amal qilinishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi sud qarorida belgilangan muddat uch oydan oshmasligi kerak.
Agar malaka sertifikati va beyjik egasi tomonidan malaka sertifikati va beyjikning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlar bartaraf etilsa, malaka sertifikati va beyjikning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan Maxsus komissiya yoki sud ushbu holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi tasdiqni olgan kundan e’tiboran ikki kun ichida malaka sertifikati va beyjikni tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart.
Malaka sertifikati va beyjik ularning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran to‘xtatib turiladi va Reyestrga tegishli yozuv kiritiladi.
72. Malaka sertifikati va beyjikning amal qilishi quyidagi holatlarda tugatiladi: malaka sertifikati va beyjik egasining malaka sertifikati va beyjikning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi yozma murojaati orqali; malaka sertifikati va beyjikning egasi vafot etganda; malaka sertifikati va beyjik egasining muomalaga layoqatliligi belgilangan tartibda cheklanganda yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganda; malaka sertifikati va beyjik egasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar bilan tuzilgan ekskursiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha kelishuv majburiyatlarining muntazam ravishda buzilishi aniqlanganda; malaka sertifikati va beyjikni ekskursiya o‘tkazish maqsadida boshqa shaxsga/shaxslarga topshirish fakti aniqlanganda; malaka sertifikati va beyjik egasi tomonidan malaka sertifikati va beyjikining amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlar Maxsus komissiya yoki sud tomonidan belgilangan muddatlarda bartaraf etilmasa; Ishchi organning malaka sertifikati va beyjikni berish to‘g‘risidagi qarorining noqonuniyligi aniqlanganda; malaka sertifikati va beyjikning amal qilish muddati tugaganda.
Malaka sertifikati va beyjikning amal qilishini tugatish Maxsus komissiyaning qarori bilan amalga oshiriladi, ushbu bandning sakkizinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ushbu bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hollarda malaka sertifikati va beyjikni bekor qilish sud tartibida amalga oshiriladi, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno
Malaka sertifikati va beyjikning amal qilishi ularning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab tugaydi va Reyestrga tegishli yozuv kiritiladi.
Maxsus komissiyaning malaka sertifikati va beyjikning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori malaka sertifikati va beyjik egasiga qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay yozma ravishda yetkaziladi. Sudning malaka sertifikati va beyjikning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori uning egasiga va Qo‘mitaga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Malaka sertifikati va beyjikning egasi malaka sertifikati va beyjikning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarorni olgandan so‘ng uch ish kuni ichida ularni yo‘qotish uchun Ishchi organga qaytarishi shart.
Boshqa sabablarga ko‘ra malaka sertifikati va beyjikning amal qilishini tugatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
73. Malaka sertifikati va beyjikni bekor qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
malaka sertifikati va beyjik egasining malaka sertifikati va beyjikni bekor qilish to‘g‘risidagi yozma murojaati; soxta hujjatlar taqdim etish orqali malaka sertifikati va beyjik olish fakti aniqlanganda; sud tomonidan Ishchi organning malaka sertifikati va beyjik berish to‘g‘risidagi qarorining noqonuniyligi aniqlanganda. Boshqa asoslar bo‘yicha malaka sertifikati va beyjikning bekor qilinishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Maxsus komissiyaning malaka sertifikati va beyjikni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran amal qiladi va Reyestrga tegishli yozuv kiritiladi.
Maxsus komissiyaning malaka sertifikati va beyjikning bekor qilinishi to‘g‘risidagi qarori malaka sertifikati va beyjik egasiga qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay yozma ravishda yetkaziladi. Sudning malaka sertifikati va beyjikni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori uning egasiga va Qo‘mitaga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Malaka sertifikati va beyjikning egasi malaka sertifikati va beyjik bekor qilinishi to‘g‘risidagi qarorni olgandan so‘ng uch ish kuni ichida uni yo‘qotish uchun Ishchi organga qaytarishi shart.
74. Ishchi organ Maxsus komissiya yoki sudning malaka sertifikati va beyjikning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risida qarori to‘g‘risida bir ish kunidan kechiktirmay malaka sertifikati va beyjik egasini yozma ravishda xabardor qiladi.
75. Malaka sertifikati va beyjikning egasi malaka sertifikati va beyjikning amal qilishini tugatish yoki bekor qilinishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida malaka sertifikati va beyjikni yo‘q qilish uchun qonunchilikda o‘rnatilgan tartibdi Ishchi organga qaytarishi lozim.
76. Ishchi organ malaka sertifikati va beyjikning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida va (yoki) Ishchi organ va Qo‘mitaning rasmiy axborot resurslarida e’lon qiladi, Reyestrga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.
77. Malaka sertifikati va beyjikni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror ustidan qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
78. Ushbu Nizom talablari va shartlari qonun hujjatlariga muvofiq qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
79. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Download 32.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling