2-Mavzu: Tarjimonning kasbiy faoliyati va malakasi Reja
-bob. Malaka sertifikati va beyjikni berish, qayta rasmiylashtirish va dublikat berish tartibi
Download 32.71 Kb.
|
2-mavzu
6-bob. Malaka sertifikati va beyjikni berish, qayta rasmiylashtirish va dublikat berish tartibi
55. Ishchi organ Reyestrga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi: malaka imtihonidan o‘tgan va individual ro‘yxatga olish raqamiga ega bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida va ularga ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda berilgan malaka sertifikati, 4-ilovasiga muvofiq berilgan beyjikning elektron variantini joylashtiradi (beradi); individual ro‘yxatga olish raqamiga ega bo‘lgan bitiruvchilar to‘g‘risida va ularga berilgan beyjikning elektron variantini joylashtiradi (beradi). 56. Reyestrdan ko‘chirma, malaka sertifikati va beyjik O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida bir xil yuridik kuchga ega. Zarurat bo‘lganda, malaka sertifikati va beyjikning egasi Ishchi organga murojaat qilish orqali ushbu hujjatlarning tegishli blankada tayyorlanadigan variantini rasmiylashtirishi yoki Reyestrning imkoniyatlaridan kelib chiqib mustaqil ravishda yuklab olishi va chop etishi mumkin. Bitiruvchilarga beyjikni rasmiylashtirish va berish uchun Ishchi organ tomonidan BHM ning 25 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. 57. Malaka sertifikati va beyjik muddatining amal qilish muddati tugagach, uni berish (rasmiylashtirish), qayta rasmiylashtirish va dublikatini berish tartibi mazkur Nizomda belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. 58. Oliy toifa uchun malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga malaka sertifikati va beyjik amal qilish muddatisiz beriladi. 59. Malaka sertifikati va beyjikning tegishli blankada tayyorlanadigan varianti talabgor va bitiruvchilarning so‘roviga muvofiq Ishchi organ tomonidan besh ish kuni davomida rasmiylashtiriladi. 60. Malaka sertifikati va beyjik egasining familiyasi, ismi, sharifi o‘zgargan taqdirda, u tegishli o‘zgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlar berilgan vaqtdan boshlab bir oy ichida Ishchi organga malaka sertifikati va beyjikni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladi. Bunda arizaga qayta rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan malaka sertifikati va beyjikning asl nusxasi, ikki dona oq fonda fotosurat, elektron varianti bilan (3x4 hajmda) va tegishli o‘zgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi. 61. Malaka sertifikati va beyjik egasining so‘roviga muvofiq, malaka sertifikati va beyjikning qayta rasmiylashtirilishi ilgari olingan malaka sertifikati va beyjikni qayta rasmiylashtirish zaruriyati ko‘rsatilgan ma’lumot taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kunida amalga oshiriladi. Bunda avvalgi raqam va ilgari belgilangan amal qilish muddati ko‘rsatilgan malaka sertifikati va beyjikning yangi blankasi beriladi, ilgari berilgan malaka sertifikati va beyjik Ishchi organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘q qilinadi. 62. Malaka sertifikati va beyjikni qayta rasmiylashtirish uchun Ishchi organ tomonidan BHM ning 25 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. 63. Yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan malaka sertifikati va beyjikning o‘rniga malaka sertifikati va beyjik egasining arizasiga muvofiq unga Ishchi organ tomonidan ushbu hujjatlarning dublikati beriladi. 64. Malaka sertifikati va beyjikning dublikati ularning avvalgi qayd etilgan raqami va ilgari belgilangan amal qilish muddati bilan beriladi va yangi blankaning yuqori burchagida “Dublikat” yozuvi ko‘rsatiladi. 65. Yaroqsiz holga kelgan malaka sertifikati va beyjik Ishchi organga qaytariladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘q qilinadi. 66. Malaka sertifikati va beyjikning dublikatini berishda bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Download 32.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling