2-Mavzu: Tarjimonning kasbiy faoliyati va malakasi Reja


Tarjimonlik kasbining kelib chiqishi


Download 32.71 Kb.
bet2/10
Sana01.04.2023
Hajmi32.71 Kb.
#1316404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu

Tarjimonlik kasbining kelib chiqishi

Qabilalararo, millatlararo, madaniyatlararo va davlatlararo aloqalarning qadimiyligi va turli xalqlar tillari oʻrtasidagi tafovutlar tufayli tarjimalarga boʻlgan ehtiyoj juda uzoq vaqtlardan beri mavjud boʻlib kelgan va tarixda tarjimonning vazifalari rasmiy tarjimonlik taʼlimi paydo boʻlmasdan oldin ham odamlar tomonidan bajarilgan. Buning uchun ular bir vaqtning oʻzida u yoki bu darajada boshlangʻich tilni ham, maqsadli tilni ham oʻzlashtirishlari kerak edi, bu esa tillararo faol muloqot boʻladigan hududlarda kam kuzatilmaydi. Zamonaviy davrda inson faoliyatida koʻplab sohalarning chuqur ixtisoslashuvi tufayli ixtisoslashtirilgan tarjimalarni dastlab tarjimonlik yoki kengroq lingvistik maʼlumotga ega boʻlgan insonlar emas, balki texnik, tibbiy yoki filologik boʻlmagan gumanitar sohada bilimga ega va oʻz sohasi atamalarini hamda tarjima tilini bilganlar amalga oshirishi mumkin.
Tarjima sohasidagi ilmiy nazariyalar va tarjimonlar uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqish bilan itilshunoslikning tarjimashunoslik boʻlimi shugʻullanadi. U har qanday tillar oʻrtasidagi tarjimaning umumiy nazariyasi bilan bogʻliq holda, tillar tuzilmasidagi farqlarga qaramay manba matni maʼnosini eng tushunarli holatda yetkazish imkoniyatlarini hamtarjimaning xususiy nazariyalari — maʼlum bir juftlik tillar oʻrtasidagi tarjimaning oʻziga xos xususiyatlarini ham oʻrganadi (masalan, inglizcha-ruscha va ruscha-inglizcha tarjimasi).
Bitta terminologik sohadagi tarjima ogʻzaki yoki yozma boʻlishi mumkin va atamashunos tarjimonlar ham ogʻzaki yoki yozma mutaxassis sifatida ixtisoslashishi mumkin.
Ogʻzaki tarjima (ingliz. (oral) interpreting) odatda sanʼat asarlarining tarjimasida emas, balki biznes yoki siyosiy muzokaralarda, shuningdek, yigʻilishlarda, konferentsiyalarda (ingliz. conference interpreting) qoʻllaniladi. Bu ketma-ketsinxron yoki shivirlash boʻlishi mumkin.
Sinxron tarjima soʻzlovchining tarjima qilinayotgan soʻzlariga nisbatan minimal vaqt kechikish bilan amalga oshiriladi va tarjimondan katta intellektual kuchni talab qiladi, u bir vaqtning oʻzida tarjima qilinayotgan shaxsning soʻzlarini tinglashi, ularni xayolida tarjima qilishi (koʻpincha yozma matnga tayanmasdan), fikrlarni tarjima tilida tiniq ifodalashi va aniq talaffuz qilish kerak.
Ogʻzaki tarjimonlar, xususan, sinxron tarjimonlar tadbirlarda maʼruzachilarning yonida joylashishlari mumkin, ammo BMT Bosh Assambleyasi kabi yirik tadbirlarda ular alohida kabinalarda ishlaydi. Katta va koʻp tomonlama tadbirlarda bitta nutq bir vaqtning oʻzida bir nechta tillarga tarjima qilinishi mumkin, shundan kelib chiqib, ushbu tillarga tarjimonlar jalb qilinadi. BMT tadbirlarida boʻlgani kabi, biror tadbirda oʻnlab yoki yuzlab til tashuvchilar ishtirok etadigan boʻlsa, bunda barcha tillarga tarjimalar amalga oshirilmaydi, balki ishtirokchilarga maʼlum boʻlgan eng keng tarqalgan tillar qoʻllaniladi. Ogʻzaki taqdimotlar va yozma hujjatlar barchasi tadbirning ushbu ishchi tillariga (vositachi tillarga) tarjima qilinadi.
Yozma tarjimonning ishi (ingliz. (written) translation) juda koʻp turli faoliyat sohalariga tegishli boʻlishi mumkin. Anʼanaga koʻra, yozma tarjimonlar davlatlar oʻrtasidagi siyosiy va savdo shartnomalari matnlari bilan shugʻullangan. Zamonaviy
tarjimonlar ham ijtimoiy-siyosiy, tijorat, texnik, moliyaviy, tibbiy sohalarida, ham badiiy ijod sohasida — nasr yoki sheʼr tarjimasida ishlay oladi.
Badiiy nasr yoki sheʼriy matn tarjimonlari odatda o‘z ona tilida yozuvchi va shoir bo‘lib, tarjima qilinayotgan muallifga yaqin ifoda uslubiga ega boʻlishadi. Odatda tarjima tarjimonning ona tiliga amalga oshiriladi, chunki u bu tilni yaxshiroq biladi.
Ogʻzaki va yozma tarjimonlarning kasb bayrami — Xalqaro tarjimonlar kuni 30-sentyabr kuni nishonlanadi. Bu kun Bibliyaning gʻarbiy yevropalik tarjimoni nasroniy Avliyo Jerom sharafiga tanlangan.
Zamonaviy Rossiyada, butun dunyoda boʻlgani kabi, tarjimonlarning yangi qatlami shakllandi:

Download 32.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling