2-Mavzu: Tarjimonning kasbiy faoliyati va malakasi Reja
yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi
Download 32.71 Kb.
|
2-mavzu
yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi — turistik yo‘nalishlarda turistlar va ekskursantlarga hamrohlik qilish hamda ularning xavfsizligini ta’minlash uchun kasbiy tayyorgarlikdan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti;
malaka imtihoni — nazariy va amaliy tayyorgarlik, tajriba va malaka (kasbiy bilim va ko‘nikmalar)ning yetarliligini aniqlovchi va ularning gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi, yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini baholashga yo‘naltirilgan malakani baholash tartibi; malaka sertifikati — gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchining malakasini tasdiqlovchi, malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgandan so‘ng beriladigan belgilangan namunadagi hujjat; malaka toifasi — gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchining malaka imtihona natijasiga ko‘ra aniqlanadigan malaka darajasi; talabgor — malaka sertifikati va beyjikni olishga talabgor bo‘lgan jismoniy shaxs; ekskursiya yetakchisi — turistlar va ekskursantlarni muayyan turistik resurslar bilan tanishtirish uchun kasbiy tayyorgarlikdan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti; ekskursiya xizmatlari — yigirma to‘rt soatdan oshmaydigan va turistlarni joylashtirish (kechasi tunash) xizmatlari ko‘rsatishni ko‘zda tutmaydigan, turistlarning (ekskursantlarning) ma’naviy, intellektual, ishbilarmonlik va boshqa ehtiyojlarini qondira oladigan obyektlar bilan tanishtirish maqsadida, oldindan tuzilgan marshrutlar bo‘yicha ekskursiya yetakchisi hamrohligida ekskursiyalarni tashkil etish xizmati. 3. Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga malaka sertifikati va beyjik berish ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Malaka sertifikati va beyjik gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi hududida ekskursiya xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beradi: a) yuridik shaxs shtatida bo‘lsa; b) fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida yuridik shaxs bilan ishlayotgan bo‘lsa; v) yakka tartibdagi tadbirkor yoki o‘z-o‘zini band qilgan shaxs bo‘lsa. 5. Oliy, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’limi muassasalari yoki qayta tayyorlash kurslarini gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi mutaxassisligi bo‘yicha bitirganlar (keyingi o‘rinlarda — bitiruvchilar) ta’lim muassasasini tamomlagandan keyin dastlabki uy yilda malaka imtihonini topshirishdan ozod etiladi. Ishchi organ bitiruvchilarga shaxsiy ro‘yxatga olish raqami taqdim etish bilan ular haqidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritadi va beyjik beradi. 6. Turizm sohasidagi kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasalari Reyestr ma’lumotlariga muvofiq Ishchi organ tomonidan belgilangan shakl asosida kurslar bitiruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Ishchi organga taqdim etadi. 7. Malaka sertifikati va beyjikning amal qilish muddati — uch yil. Download 32.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling