2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakllanish darajalari. Reja


-rasm. Lansetnik rivojlanishining ilk bosqichlari


Download 162.04 Kb.
bet45/52
Sana12.12.2021
Hajmi162.04 Kb.
#180304
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52
Bog'liq
BIOLOGIYA OʻSIMLIK

7-rasm. Lansetnik rivojlanishining ilk bosqichlari:

1-tuxum hujayra; 2-2 blastomer; 3-8 blastomer; 4-32 blastomer; 5-blastula bosqichi; 6-gastrula; 7-organlar o’q kompleksining hosil bo’lishi; 8-nerv plastinkasi; 9-xorda; 10-mezoderma; 11-entoderma; 12-ektoderma

Homila (embrion) rivojlanishi davom etib, hujayralarning bo’linishi va joyini almashtirishi natijasida asta-sekin gastrula bosqichiga o’tadi. Homilaning ikki qavatli bosqichi gastrula bo’lib, uning hosil bo’lish jarayoni gastrulyasiya deb ataladi. Gastrulaning tashqi qavatini ekzoderma, ichki qavatini endoderma deb ataladi. Ekzoderma va endoderma homila varaqalari deb ataladi. Gastrula ichidagi bo’shliqni birlamchi ichak deb ataladi. U tashqariga birlamchi og’iz orqali ochiladi.

Keyinroq gastrulaning uchinchi qavati mezoderma hosil bo’ladi. Faqat g’ovaktanlilar va kovakichlilarda mezoderma hosil bo’lmaydi.

Ekzodermadan nerv sistemasi, sezgi organlari, terining epidermis qismi, teri xosilalari rivojlanadi. Endodermadan o’rta ichak epitemiyasi, hazm bezlari, jabralar va o’pkalar epitemiyasi rivojlanadi.

Mezodermadan biriktiruvchi va muskul to’qimalari yurak-tomir va siydik-tanosil sistemalari rivojlanadi. Gastrulyasiyadan keyin o’zak organlar kompleksi hosil bo’ladi (bu bosqichni neyrula bosqichi deyiladi).

O’zak organlariga nerv naychasi, xorda, ichak naychasi kiradi. Xomilaning rivojlanish jarayonida uning ayrim hujayralari va qismlarining tuzilishida va funksiyalarida farqlar paydo bo’lishi va tobora ortib borishi - differensiasiyalanishi (ixtisoslanishi) deyiladi.

Tashqi muhit omillari rivojlanayotgan homilaga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Harorat yorug’lik, namlik, kislorod, har xil birikmalar homilaning rivojlanishini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin.

Odam homilasining rivojlanishiga zararli ta’sir ko’rsatuvchi omillarga alkogol, nikotin va giyohvand ham kiradi. Bu moddalar iste‘mol qiluvchilarning faqat sog’ligiga zarar yetkazibgina qolmay balki jinsiy hujayralar xromosomalarning DNK sidagi o’zgarishlariga ya’ni mutasiyalarga sabab bo’lishi ham mumkin. Bu o’zgarishlar esa homila yashash qobiliyatining susayishiga yoki uning noto’g’ri rivojlanib, har xil mayib-majruxliklar bilan tug’ilishiga sabab bo’ladi.


Download 162.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling