6-rasm. Baqa (A), qush (B) tuxum hujayralari maydalanishining dastlabki bosqichlari, triton (V) embrionining rivojlanishi.
A-maydalanishning ketma-ket keladigan 2, 4-8 blastomer bosqichlari ko’rinib turibdi, B-qushlar tuxum hujayrasida sitoplazmaning yadro joylashgan faol yuza qismigina maydalanadi; V-1-blastula; 2-gastrula; 3-nerv plastinkasi; 4-xorda; 5-mezoderma; 6-ektoderma; 7-endoderma.
Maydalanishni lansetnik misolida ko’rib chiqamiz (7-rasm). Zigota dastlab meridian bo’ylab bo’linadi va bir-biriga teng ikki hujayra hosil bo’ladi. Bular blastomerlar deb ataladi. Ikkinchi bo’linish avvalgi tekislikka perpendikulyar yo’nalishda kechadi, natijada 4 ta blastomer hosil bo’ladi. Meridian va ekvator yo’nalishidagi bo’linishlar ketma-ket takrorlanaveradi va hujayralar tobora maydalashib boradi. Maydalanish blastulaning hosil bo’lishi bilan tugallanadi. Blastula sharsimon shaklda bo’lib, uning devori bir qavat hujayralardan tashkil topadi va blastoderma deb ataladi. Blastulaning ichi suyuqlik bilan to’lgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |