2-mavzu: turizm sohasida restoranlar ovqatlantirishning asosiy tizimi sifatida reja


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana16.11.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1777462
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-mavzu

Xalqaro restoranlar zanjiri – bu turli joylarda joylashgan, bitta umumiy korporativ mulk 
shakliga yoki franshiz shartnomasiga asoslangan restoranlar majmuasi hisoblanadi. Odatda 
restoranlar zanjiridagi binolar standart me’moriy yechim, standart menyu va xizmatlarga ega 
bo‘ladi. 
Odatda restoranlar zanjiri bir mamlakatda yoki ikki va undan ortiq mamlakatlarda 
joylashgan bo‘ladi. Ikkinchi tipdagi restoranlar xalqaro mehmonxonalar zanjirini tashkil etadi. 
Bunday restoranlarning boshqa restoranlardan farqi shuki, ularning hammasida bir logotip, 
bir xil taomlar, ko‘rsatiladigan xizmatlar ham bir turdaligi, yagona boshqaruv tizimiga 
birlashilganligidadir. Bularning barchasi Restoran biznesi puxta o‘ylab chiqilganligidan dalolat 
beradi. Chunki restoran nomi ham mijozni o‘ziga jalb qiluvchi asosiy omillardan biridir. Bundan 
tashqari buni turizm bilan bog‘laydigan bo‘lsak, o‘zining mamlakatida mashhur brend asosida 
faoliyat yuritadigan restoran mijozi tashrif buyurgan mamlakatida ham o‘sha nomni ko‘rsa, uning 
taomlarini qumsagan bo‘lsa hech shubhasiz, ana shu restoran xizmatidan foydalanadi.
Bundan tashqari hozirgi 
kunda rivojlanib, soni kundan-kunga ko‘payib borayotgan 
restoranlarning ko‘pchiligi tez tayyor bo‘luvchi taomlarni ishlab chiqaradi. Shuni ta’kidlash joizki, 
XXI asr odamlari, yoshlar qimmat restoran
ovqatlaridan tez tayyor bo‘luvchi «Fast Food» larni 
ma’qul ko‘rishmoqda. Bu omillar xalqaro restoranlar zanjirini tarkibini ko‘paytirmoqda, ularning 
rivojlanishiga turtki bo‘lmoqda. 
Oxirgi 20 yillikda dunyo miqyosida restoran zanjirlarining miqdori va o‘lchami sezilarli 
darajada o‘sdi. Bu borada shubxasiz AQSH liderlik qilmoqda deyish mumkin, uning restoran 
zanjirlari mamlakat tashqarisida ham faol kengaytirilgan siyosat o‘tkazmoqda. Ularning erishgan 
yutuqlari ko‘p jihatdan boshqa davlatlarda yashayotgan amerikalik turistlar va amerika fuqarolari, 
shuningdek AQShda turli mavsumlarda ishlaydigan va o‘qiydigan juda ko‘p xorij fuqarolari bilan 
bog‘liq. Restoran zanjirida asosiy mahsulot hisoblangan gamburger va pitssa tarmoqlari tez o‘sib 
bormoqda. Restoran zanjiridagi savdoning 40% dan ortiqrog‘ini sandvichlar tashkil qiladi.


«Nev research» kompaniyasi tuzgan klassifikatsiyaga ko‘ra sendvichlar qatoriga 
quyidagilar kiradi: «Makdonalds» restoranlarida beriladigan gamburgerlar, fransuzcha 
sendvichlar, «Subvayey»da beriladigan sandvichlar, «Tako Bell»da beriladigan «teks-meks» va 
boshqalar.
Umumiy ovqatlanish bozorining katta ulushini 42.6 mlrd. dollar aylanma mablag‘ga ega 
bo‘lgan holda gamburgerlar restoran zanjirlari egallagan. Restoran zanjirlari orasida 2005-yilda 
«Makdonalds» eng katta aylanma mablag‘ga, ya’ni 21.8 mlrd. dollarga ega edi, biroq korxonalar 
soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda edi. Eng ko‘p korxonalar «7-yeleven» restoran zanjiri tarkibida 
mavjud, u aylanma mablag‘ bo‘yicha ozgina orqada qolgan edi. 90-yillarning boshlarida pitsa 
tayyorlovchi restoranlar bozori sezilarli darajada kengaydi, ular asosan 3 ta zanjirga biriktirilgan. 
«Pitssa-Xat»-9450 ta korxona, «Domina-pitssa»- 5300 taga va «Lill-sizar»-4300 ta korxonaga ega 
edi. Ular hammasi birgalikda bozorning 85% ini tashkil qiladi. 
Amerikada restoran biznesida bir qancha xolding guruhlari bir qator tovar markalariga 
(belgilariga) ega. Masalan; «Pitssa-Xat»«Pepsiko Ink» kompaniyasiga qarashli, «Tako Bell» esa 
«Kentukki Fred Chikken» kompaniyasiga, «TV xolding INK»ga «Denis», «Kuinsis», «Yel Pollo 
Loko» va «Kantin Korp»lar kiradi. Oxirgi yillarda Amerikaning yirik restoran zanjirlari 
strategiyasi asosan kechki payt ovqatlanishga qaratilgan, chunki bundan katta daromad keladi.
Amerika Milliy restoranlar assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2005-yilda mamlakatda 
umumiy ovqatlanishda 913 ming korxona xizmat ko‘rsatib, 325 mlrd. dollar savdo tushumiga ega 
bo‘ldi va xizmat ko‘rsatish shtatlarida 9,8 mln. kishi qatnashdi.
Hozirgi vaqtda dunyoda restoranlar konsepsiyasi yirik savdo markazlarida yuqori sur’atda 
rivojlanmoqda. Bunday xizmatlar yordamida bu savdo markazlariga tashrif buyuruvchilar soni 
ortmoqda, natijada savdo hajmi 10-30% ga oshdi. Masalan: Buyuk Britaniyada 1000 ga yaqin shu 
turdagi restoranlar mavjud. Bu konsepsiyalarning xilma-xilligi savdo markazlaridagi bir qator kafe 
va restoranlardan tashkil topgan «Shaxobcha»lar konsepsiyasi bilan izohlanadi. London 
markazidagi «Meveniks Marshe» restorani bitta bo‘limida bir vaqtning o‘zida 7 ta unchalik katta 
bo‘lmagan restoranlarga xizmat ko‘rsatiladi.
Turistlarni ovqat bilan ta’minlash tizimi turning shakliga, turistlarning kategoriyasiga, 
binolarning qurilish joylariga yaqin yoki uzoqligiga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Ovqat 
bilan ta’minlash tartibi yo‘llanma, shartnoma, Vaucherda ko‘rsatiladi. Qoidaga ko‘ra, nonushta 
turistlarga «shved stoli» shaklida beriladi bu o‘z-o‘ziga xizmat qilish va assortimentda mavjud 
bo‘lganlari o‘zlarining xohishlariga binaon amalga oshiriladi. Mehmonxonalarda ko‘pchilik 
nonushtalar kafeda, bufetda, restoranda yoki xonaga buyurtma berish orqali bo‘ladi. Minibar va 
oshxonasi bor nomerlarda nonushtalar mustaqil tayyorlanadi. Ovqatlanishning «yarimpansion» 
shakliga ko‘ra turistlarga umumiy tushlik ovqat yoki kechki ovqat belgilangan vaqtda beriladi. 
«To‘liq pansion»da esa ovqatlanish 3-4 marta bo‘ladi. Tabiiyki sport, ovchilik, alpinizm va boshqa 
turdagi yakka tartibdagi turlarning ovqatlanish shakli (mustaqil) maxsus yarimfabrikat va 
konsenrantlardan mustaqil toam tayyorlashga asoslanadi. 
Quyida dunyo bo‘ylab tarqalgan xalqaro restoranlar zanjirining hududlar bo‘ylab 
joylashuvini ko‘rib chiqamiz (2-jadval) 
2-jadval 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling