2-modul. Bosim datchiklari


Elektromagnit sarf o‘lchagichlar


Download 91.51 Kb.
bet11/16
Sana20.10.2023
Hajmi91.51 Kb.
#1713516
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2-modul. Bosim datchiklari-hozir.org (1)

Elektromagnit sarf o‘lchagichlar.

Elektromagnit sarf o‘lchagichlar elektr toki o‘tkazuvchi suyuqliklarni magnit maydonni kesib o‘tishida induksiya hodisasiga asosan E.Yu.K. hosil bo‘lishi effektiga binoan ishlaydi. Xosil bo‘layotgan E.Yu.K kattaligi suyuqlikni oqish tezligiga proporsional. Bunday sarf o‘lchagichlar quyidagi yutuqlarga ega:


- ko‘rsatgan qiymatlari suyuqlikni yopishqoqligiga va zichligiga bog‘liq emas;
- tizim inersion emas;
- turuba ichiga kiruvchi qismi bo‘lmaganligm sababli bosim yo‘qotish yo‘q;
- trubani talab qilinadigan tugri uchastkasi eng kichik;
- elektromagnit sarf o‘lchagichlar diametri 2 mm dan to 4000 mm gacha bo‘lgan trubalardagi suyuqlik sarfini o‘lchay oladi;
- yuqori yopishqoqlikga ega bo‘lgan, agressiv, metalli va boshqa sarf o‘lchagichlar o‘lchay olmagan suyuqliklarni sarfini o‘lchay oladi.


а)


б)

1.53. Расм. Электромагнит сарф ўлчагич. а) доимий магнит майдонли 1- айлантирувчи, 2- изолятор, 3- электродлар, ИП- ўлчаш қурилмаси. б) ўзгарувчан магнит мадонли.

Ultratovushli sarf o‘lchagichlar.

Ultratovush tebranishlarini tarqalish tezligi va Dopler efekti kuzatilishini oqimni tezligiga bog‘liqli hodisasiga asoslangan. Ultratovush tebranishlarini tarqalish tezligini oqim tezligiga bog‘liqligiga asoslangan sarf o‘lchagichlar keng tarqalgan.


Bu sarf o‘lchagichlarda p’ezoelementlar orqali hosil qilingan ultratovush tebranishlari oqim bo‘yicha va oqimga qarshi yuborilib tarqalish tezligi o‘lchanadi. Oqim yo‘nalishi va oqimga qarshi yo‘nalishlarida ultratovush tebranishini yetib kelishida Df vaqt farqi o‘lchanadi. Df vaqt juda kichik. Oqim tezligi 15 m/s bo‘lganda Df vaqt 10 -6 , 10 -7 ni tashkil etib, uni o‘lchash murakkab mikroprotsessorli elektron sxema bo‘yicha bo‘ladi.
Ultratovush sarf o‘lchagichlari quyidagi yutuqlarga ega:
- yuqori aniqlikga ega ±(1 ; 2% );
- elektr tokini o‘tkazmaydigan suyuqliklar, neft mahsulotlari, suspenziya va iflos suyuqliklarni sarfini o‘lchash;
- keng oraliqdagi diametrli trubalarda sarfni o‘lchash( 10 mm dan boshlab);
- kichik inersiyali;
- bosim yo‘qolishi yo‘q;
- keng interval harorat va bosimda o‘lchashni tashkil eta olish(-220 0 S dan 600 0 S).
Kamchiliklari quyidagilar:
- Datchikgacha va datchikdan keyin ma’lum to‘g‘ri uchastka talab qilinishi;
- Oqimda mavjud bo‘lgan havo pufakchalarini o‘lchashga ta’siri sezilishi;
- datchik o‘rnatilgan Turba qismida chukmalarni koldigi ta’siri sezilishi;
- qurilmani murakkabligi tufayli qiymati yuqoriligi.
Ultratovushli sarf o‘lchash qurilmalari mikroprotsessorli bo‘lib, olingan signallarni qayta ishlab, keltirilgan tokli signal va RS-485 interfeysi bo‘yicha masofadagi kontrollerga uzatishdan tashqari kichik o‘lchamli natijani ko‘rsatib turuvchi raqamli indikatorga ega.
Yana bir yutuq tomoni, u oqimni teskari yo‘nalishdagi harakatida ham sarfni o‘lchay oladi.
Bu turdagi sarf o‘lchagichlar konstruktiv ko‘rilishiga qarab bir nurli yoki ikki nurli bo‘ladi.


1.54. Расм. Ультра товуш сарф ўлчагичларни схемаси.
а) бир ўқли, б) сезгирлигини орттириш мақсадида нур йўлини узайтириш, в) икки нурли.
Ultratovush sarf o‘lchagichini bir nurli tizimida har bir pe’zoelement ham nurlanish uzatuvchi, ham qabul qiluvchi rejimida ishlaydi. Nurlanish yo‘lini uzaytirib sezgirlikni uzaytirish uchun nurni qaytaruvchi reflektorlar qo‘yiladi.

Ikki nurli ultratovushli sarf o‘lchash tizimida har bir pe’zodatchik bitta funksiyani bajarib, yoki nurlanuvchi yoki qabul qiluvchi bo‘ladi.


Ultratovushli sarf o‘lchagichda uzatuvchi va qabul qiluvchi elementlar o‘rtasidagi masofani L deb olsak, tovushni oqim bo‘yicha uzatilish vaqtini quyidagicha ifodalash mumkin:



Download 91.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling