2-modul. Qishloq xo’jalik mashinalari 4-mavzu: Tuproqqa asosiy va yuza ishlov berish mashinalari. Reja
-rasm. Plugning asosiy qismlari va ularni rostlash o’lchamlari
Download 43.68 Kb.
|
Ma\'ruza № 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.3-rasm. Plug asosiy korpusining turlari
- 10 gektardan va uzunligi 300 metrdan
- VT-150D, MXM-140, MX-135, T-401, TS-130, AXSOS-340S
5.2-rasm. Plugning asosiy qismlari va ularni rostlash o’lchamlari:
1-rama; 2-imqirqar 3-disklipichoq; 4-asosiy korpus Erga asosiy ishlov berishda haydaladigan maydonning tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda plug va uning asosiy korpusini turlari (5.2-rasm) tanlanadi. SHu bilan birga haydov agregatlarining tarkibi (traktor va plug) tanlashda birinchi navbatda dalaning o’lchamlari (yuzasi, uzunligi, qiyaligi) va tuproqning tortishga qarshiligini hisobga olgan holda traktorlar va qishloq xo’jaligi mashinalari qabul qilinadi.
Dalaning yuzasi 10 gektardan va uzunligi 300 metrdan yuqori bo’lgan maydonlarni haydashda tortish kuchi 50 kNdan yuqori bo’lgan AXION-250, MX-250, ARION-630C, MAGNUM-7240, K-744, XTZ-181 rusumli zamonaviy traktorlar, tuproqning tortishga qarshilik kuchining miqdoriga qarabLD-100, EurOpal 9, PNYa-4+1-45, PRUN-5, PDO-4-45rusumli 4-5 korpusli osma ikki yarusli pluglar bilan, ushbu ko’rsatgichlardan kichik bo’lgan maydonlarni haydashda 30-40 kN tortish kuchiga ega bo’lgan VT-150D, MXM-140, MX-135, T-401, TS-130, AXSOS-340S traktorlarini PYa-3-35, PDN-3-35, O’PZ-3/4-45, O’P-3/4-40 rusumli 3-4 korpusli osma va tirkama pluglar bilan ishlatish, ulardan samarali foydalanish imkonini beradi. Mavsumga tayyorlangan agregatlarni ishlatishdan oldinularning texnik holati (ta’mirlash sifati), haydaladigan maydonning tuproq-iqlim sharoiti (tuproqning tarkibi va namligi, sizot suvlarning joylashishi, past-balandligi, gips qatlamini mavjudligi, sho’rlilik va toshlilik darajasi), begona o’tlar va o’simlik qoldiqlari bilan ifloslanganligihamda dalaning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda jihozlanganligi hamda plugning ishchi qismlarini agrotexnik talablarga ko’ra rostlanganligi tekshiriladi. Dalani haydashga tayyorlashdaoldingi mavsumdan qolgan o’simlik va begona o’tlar qoldiqlaridan tozalanadi, sug’orish shahobchalarini va suv yuvib ketgan joylar tekislanadi, dala chetlari to’rtburchak qilib to’g’rilanadi, kerak bo’lsa mineral va mahalliy o’g’itlar solinadi, burilish yo’laklari, kirish joylari, paykallar eni hamda birinchi o’tish chiziqlari belgilanadi. SHu bilan birga agregatning oddiy, aylanma, maxsus pluglar bilan jihozlanishi, kinematik o’lchamlari hamda dalaning shakli va o’lchamlariga qarab uni dala oxirida burilishi va dala bo’ylab harakatlanish usullari tanlanadi. Dala haydashga to’liq tayyor bo’lgandan keyingina haydash agregati ishga tushiriladi va uning barcha foydalanish ko’rsatgichlari dala sharoitida ko’rib chiqiladi, kerak bo’lsa qayta rostlanadi. Ish kuni davomida haydash sifatining agrotexnik talablarga javob berishi 2-3 marta nazorat qilinadi. Download 43.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling