2. Mulkka egalik huquqi (mulk)ni boshqaruvdan ajratishning moliyaviy sabablari. Korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari
Download 0.6 Mb.
|
moliya
Raqiblik qila oladigan (raqobatli) fond bozori mavjud bo‘lgan taqdirda ikkala taraf – aksiyadorlar va menejerlar – amal qiladigan stimullarni tartibga solish uchun yana bir juda muhim mexanizm bor. Bu kompaniyalarning “yutilib ketilishi” (“yutib yuborilishi”)dir (takeover).Endi “yutilib ketilish” (“yutib yuborilish”) qanday qilib menejerlarni aksiyadorlar manfaatlarini ulkan matonat bilan himoya qilishga majbur qilishini ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, biror firma, biz uni “yutib yuboruvchi” firma deb ataymiz, boshqaruvi noto‘g‘ri ketayotgani yaqqol ko‘zga tashlanayotgan boshqa bir firmani ko‘z ostiga olib qo‘ydi. Bu firmaning menejerlari shunday investitsion qaror qabul qildilarki, buning natijasida aksiyalarning bozor qiymati firma resurslaridan samarali foydalangan taqdirda erishiladigan eng yuqori ko‘rsatkichdan ancha past. Agar “yutib yuboruvchi” firma unga “yutib yuboriladigan” firma usti-dan nazorat o‘rnatish uchun yetarli miqdorda aksiyalarni sotib olishga muvaffaq bo‘lsa, u holda “yutib yuboruvchi” firma eski menejerlar o‘rniga firma ishini muvaffaqiyatli (samarali) yo‘lga qo‘yishga qodir menejerlarni ishga yollaydi.Sotib olingan firmaning investitsion siyosati yo‘nalishi o‘zgarti-rilganini e’lon qilgach, “yutib yuboruvchi” firma uning aksiyalarini yangi, bozor bahosidan ancha yuqori bahoda sotadi va darrov daromad oladi. E’tibor bering, firma daromad olish uchun qo‘shimcha moddiy resurs ishla-tishiga to‘g‘ri kelmayotir. Demak, butun ish mobaynida uning barcha xara-jatlari boshqaruvi yomon yo‘lga qo‘yilgan firmani aniqlashga va uning aksiyalarini sotib olishga qilingan xarajatlardan iborat.Muvaffaqiyatsiz (nosamarali) firmani topishga ketadigan xarajatlar hajmi turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo “yutib yuboriluvchi” firma unga mol yetkazib beruvchi, mijoz yoki raqib bo‘lsa, bu xarajatlar nisbatan kam ham bo‘lishi mumkin. Chunki bunday holda zarur ma’lumotlarning katta qismi oldindan to‘plangan bo‘ladi. Shunday qilib, muvaffaqiyatsiz (nosamarali) firmani topishga maxsus mablag‘ sarflanmagan taqdirda ham yutib yuborish mexanizmi ishlashi mumkin.Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling