2. Mulkka egalik huquqi (mulk)ni boshqaruvdan ajratishning moliyaviy sabablari. Korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari


Download 0.6 Mb.
bet9/10
Sana16.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1509802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
moliya

Boshqaruvi yomon yo‘lga qo‘yilgan firmalarni izlashga maxsus resurslar ajratish xuddi real investitsiyalarning yangi dasturlariga mablag‘ ajratishdek maqsadga muvofiqdir. Hatto, mana shunaqa dushmanona (boshqa-ruv xodimlariga nisbatan), g‘ayritabiiy ravishda “yutib yuborish”ga ixti-soslashgan firmalar ham mavjud. Oxir oqibat “yutilib ketish” xavfi ehtimoli shunaqangi ortadiki, ishdan bo‘shatilishi xavfi menejerlar uchun juda samarali turtki bo‘ladi. Va ular firma aksiyalarining bozor qiyma-tini maksimallashtirishga intilib, jon-jahdi bilan aksiyadorlar manfa-ati yo‘lida, shuningdek, o‘z manfaatlari yo‘lida ham, mehnat qilishni boshlaydilar.

Darhaqiqat, aksiyadorlar aniq ko‘rsatmalar bermasa-da va samarali boshqarish nazariyasini uncha chuqur bilmasalar-da, menejerlar “o‘zini o‘zi saqlash” hissiyoti tufayli ham firma bahosi (qiymati)ni imkon qadar (maksimal darajada) oshirishga intiladilar. Bundan tashqari, yana shuni ta’kidlash joizki, yuzaga kelgan vaziyatga sabab xoh menejerlar malakasining pastligi bo‘lsin, xoh ularning maqsadni noto‘g‘ri tanlagani bo‘lsin, baribir “yutib yuborish” mexanizmi bir xil samaradorlik bilan uni to‘g‘rilashga qodirdir.

“Yutib yuborish” mexanizmining samaradorligi ba’zida davlat siyosati tufayli pasayadi. Masalan, turli tovar bozorlarida mono-poliya26lar yuzaga kelishini oldini olishga intilib, AQSh Adliya vazirligi raqobat kamayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan kompaniyalar birlashishi va bir kompaniya ikkinchisini qo‘shib olishini cheklashga yo‘naltirilgan trestga qarshi qonunchilik doirasida qator tadbirlar amalga oshirmoqda. “Yutib yuboruvchi” o‘rnida ko‘pincha samarasiz korxonaga mahsulot yetkazib beruvchi, uning mijozi yoki raqibi ish ko‘rar ekan, bunday davlat siyosati “yutib yuborish” xavfini kamaytirishga qodir.

5. Korporatsiyada moliyachining tutgan o‘rni.

Korporatsiyada qabul qilinadigan qarorlarning deyarli barchasi, u yoki bu darajada, moliyaviy qaror hisoblanadi. Chunki ular bo‘lajak daromad va xarajatlarning muqobil variantlarini baholash va tanlash bilan bog‘liq. Shunday qilib, yirik korporatsiyalarda direktorlik daraja (vazifa)sidan tortib, to alohida ishlab chiqarish bo‘limlari, marketing bo‘limlari, tadqiqot laboratoriyalari va boshqa korporatsiya bo‘limlarining boshliq-larigacha boshqaruv uchun mas’ul deyarli barcha xodimlar moliya bo‘yicha mutaxassislar xizmatidan foydalanadilar.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling