2. Mulkka egalik huquqi (mulk)ni boshqaruvdan ajratishning moliyaviy sabablari. Korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari


Korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari


Download 0.6 Mb.
bet5/10
Sana16.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1509802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
moliya

3. Korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari

Oxir oqibat korporatsiyaning boshqaruv xodimlarini aksiyadorlar direktorlar kengashi orqali ish tutib yollar ekanlar, menejerlarning asosiy vazifasi imkon qadar aksiyadorlar manfaatlarini ko‘zlab qaror qabul qilishdan iborat. Ammo bu korporatsiya menejerlarining yagona vazifasi emas. Jamiyatning har bir a’zosi singari, ular ham qonunlarga rioya qilishlari, odob-axloq qoidalarini hurmat qilishlari va zaruratga ko‘ra, albatta, agar bu aksiyadorlar tomonidan katta sarf-xarajatlarga olib kelmasa, turli ijtimoiy vazifalar bajarilishiga ko‘maklashishlari kerak.

Biroq, korporativ menejment maqsadlarini faqat aksiyadorlar manfa-atlariga xizmat qilish bilan cheklab qo‘yilganda ham, unga erishish usullarini aniq belgilashning iloji yo‘q. Aslini olganda, menejerlar kompaniya egalari bilan har bir masalani, shu jumladan, kompaniya tovarlari va xizmatlari assortimentini anlash, kapital jalb qilish bo‘yicha sarf-xarajatlarni belgilash masalalarini muhokama qilishlari, ulardan eng maqbul variantlar qaysiligini so‘rashlari mumkin. Unday bo‘lsa, kompaniya egalari firmani o‘zlari boshqarganlarida qanchalik muta-saddi bo‘lsalar, biznesni boshqarishga qancha vaqt sarf qilsalar, shuncha darajada mutasaddi bo‘lib, shuncha vaqt sarflagan bo‘lar edilar va mene-jerlar mehnatidan foydalanishdan ma’no qolmagan bo‘lar edi.

Bundan tashqari, bir necha kishi boshqaradigan firma uchun bunday yondoshuv mos (mumkin) bo‘lsa ham, aksiyadorlari soni juda ko‘p firmalarda buning deyarli iloji yo‘q. Axir dunyoda millionlab aksiyadorlari jahon-ning turli mamlakatlarida yashaydigan ulkan xalqaro korporatsiyalar mavjud. Shunday qilib, menejerlar faoliyatini tartibga solish bo‘yicha asosiy vazifa yoki qoidani ishlab chiqish juda muhim masala bo‘lib, bunday qoida menejerlar firma boshqaruviga taalluqli u yoki bu masala yuzasidan aksiyadorlar o‘rtasida doimo so‘rov o‘tkazishlariga ehtiyoj qoldirmasligi kerak. Avvalambor, mazkur qoida samarali bo‘lishi uchun uni bajarish menejerlardan aksiyadorlarning riskka moyilligini ham, biznesni boshqarish bo‘yicha kundalik amaliyotning boshqa masalalari yuzasidan ularning fik-rini bilishlarini ham talab etmasligi kerak. Chunki bu kabi ma’lumot-larni olishning o‘zi – ilojsiz narsa. Hatto bunday masalalar ma’lum vaqt kelib, oshkor bo‘lsa ham, bundan katta ma’no yo‘q, chunki ular doimo o‘zgarib turadi. Aksiyalar doimo qo‘ldan qo‘lga o‘tib turganligi uchun demak, korpo-ratsiya mulkdorlari ham muntazam ravishda o‘zgarib turadi. Demak, menej-ment asosiy qoidasining bajarilishi korporatsiya mulkdori (egasi) kim ekaniga zinhor bog‘liq bo‘lmasligi kerak.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling