2. Mulkka egalik huquqi (mulk)ni boshqaruvdan ajratishning moliyaviy sabablari. Korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari


Download 0.6 Mb.
bet2/10
Sana16.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1509802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
moliya

Korporatsiya ustav hujjatlari asosida boshqariladi. Aksiyadorlar korporatsiya daromadidan amalga oshiriladigan har qanday to‘lovlarda o‘z aksiyalari soniga proporsional ravishda ulushga ega bo‘lish (masalan, dividendlar ko‘rinishida) huquqiga egadirlar. Aksiyadorlar direktorlar kengashini saylaydi va ular, o‘z navbatida, korporatsiya ishlarini boshqarish uchun menejerlarni tayinlaydilar.

Odatda, aksiyadorlar yig‘ilishida bitta aksiya bitta ovozga ega. Ammo turli toifadagi aksiyalar ham bor bo‘lib, ular turli ovoz huquqini berishi mumkin. Korporativ tashkilot (biznesni korporativ tashkil qilish)ning afzal tomoni shundaki, firmaning sog‘lom faoliyatiga zarar yetkazmasdan aksiyalar boshqa egalarga berilishi mumkin. Boshqa afzal tomoni aksiyadorlarning mas’uliyati cheklanganligida bo‘lib, bu degani agar korporatsiya qarzlarini to‘lashga qodir bo‘lmasa, kreditorlar aksiyadorlarning shaxsiy mulkini emas, balki korporatsiya aktivlarini xatlaydilar. Bu ma’noda korporatsiya xuddi shirkatda asosiy (bosh) sherik bajargan vazifani bajaradi, aksiyadorlar esa mas’uliyati cheklangan sheriklar kabi ishlaydi (faoliyat ko‘rsatadi)lar.

Butun dunyoda yirik firmalarning deyarli barchasi, garchi ularga bitta shaxs yoki oila egalik qilsa-da, korporatsiya shaklida faoliyat yuritadi. AQShda aksiyalari tarqoq korporatsiyalar ochiq (public corporations), mulkka egalik huquqi jamlangan (to‘plangan) korporatsiyalar esa yopiq yoki xususiy korporatsiya (private corporations) deb ataladi.

Turli mamlakatlarda korporatsiyalar faoliyati turlicha qonunlar bilan muvofiqlashtiriladi. Hatto bitta mamlakat ichida bunday firmalar faoliyati turli yurisdiksiyaga tushishi ham mumkin. Masalan, AQShda bunday qonunlar davlat darajasida joriy etiladi (va ularning bajarilishi qat’iy nazorat qilinadi).

Kundalik hayotda nomiga qarab firmaning korporatsiya ekanligini quyidagicha aniqlash mumkin: masalan, AQShda firma-korporatsiya nomiga inglizcha incorporated so‘zidan olingan qisqartma ink; Fransiyada – SA harflari (Societe Anonime); Italiyada – SpA (Societa per Azione); Niderlan-diyada – NV (Naamloze Vennootdchap); Shvetsiyada – AB (Aktiebolag)lar qo‘shiladi.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling