2 mundarija
– amaliy mashg‘ulot (2-soat)
Download 3.9 Mb. Pdf ko'rish
|
SHISHA VA KERAMIKA (2)
10 – amaliy mashg‘ulot (2-soat) Texnik keramika va texnik shisha ishlab chiqarish Tarifi va tasniflanishi. Texnika uchun qo‘llanadigan shishalar texnik shishalar deyladi. Texnik shishasi quydagicha tasniflanadi: kvars shishasi: bo‘g‘iq, shaffof, optik shishasi, tibbiy shishalar, tripleks list shishasi, kimyoviy – laboratoriya shishasi, elektron shisha, termometrik shisha, lyuminissent texnikada qo‘llanadigan shishalar, lazer texnikasi shishalari, elektr tokini o‘ta o‘tkazuvchan va boshqalar. Optik shisha. Optik shisha deb, aniq optik asboblar uchun ishlab chiqarishda ishlatiladigan shishaga aytiladi.Optik shishalar oddiy shishalardan quydagi hussusiyatlari : fizik-texnik hossalari yuqori ko‘rsatkichi, shaffofligi, doimiy optik xarakteri bilan farq qiladi.Optik shishalardan linzalar,prizmalar va boshqa buyumlar olinadi . Optik shishalar turli hil sanoatlarda: qo‘llanadi : texnikada, meditsina, harbiy hizmat, ho‘jalikda va boshqalar. Davlat andozasi tamonidan bu turdagi shishalarga quydagi talablar qo‘yiladi: shisha yuqori darajada bir jinsli, yuqori shaffoflikka , yuqori termik ko‘rsatkichga va kimyoviy chidamlikka ega bo‘lishi lozim. Optik shishalarni dispersiya koeffitsienti va nur sindirish hussusiyatiga ko‘ra shartli ravishda ikki katta guruhga bo‘lish mumkin: kron va flintlarga. 200 Kron deb kimyoviy tarkibida PbO mavjud bo‘lmagan, yoki juda kam miqdorda PbO bo‘lgan shishalar aytiladi. Kronlarda dispersiya koeffitsienti yuqori, nur sindirish koeffitsienti esa past ko‘rsatkichga ega bo‘ladi. Bu shishalar quydagi kimyoviy tarkibga ega: SiO 2 -50-55%, V 2 O 3 - 3-16,%, As 2 O 3 -0,2-4,2%, Al 2 O 3 8 -11%, Flintlar deb kimyoviy tarkibida PbO ko‘p miqdorda bo‘lgan shishalar deyladi. Bu shishalar yuqori nur sindirish koffitsienti va past dispersiya koeffitsientiga ega bo‘ladi. Kimyoviy tarkibi quydagicha: SiO 2 -30-55%, V 2 O 3 - 3- 16,%, As 2 O 3 -0,2-0,5%, Al 2 O 3 0,2-1%, VaO-5,2%. Optik shishalarni tuvakli xumdonlarda 1400-14500 o S haroratda pishiriladi. Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling