2 mundarija
Download 3.9 Mb. Pdf ko'rish
|
SHISHA VA KERAMIKA (2)
7-Amaliy mashg’ulot
(2-soat) Keramik quvurlar ishlab chiqarish Kanalizatsiya quvurlari o‘lchami katta (diametri 150-600 mm, uzunligi 0,8- 1,2 m, ba’zi hollarda 2-2,5 m gacha), sopalagi zich va obdon etilgan, ichki va tashqi tarafdan glazurlangan bo‘lgani tufayli agressiv suv va «adashgan» elektr toki ta’siriga o‘ta chidamli bo‘ladi. Tekstura nuqtai nazaridan olganda kanalizatsiya quvurlari qurilish keramikasining dag‘al toshsimon buyumlari guruhiga kiradi. Quvurlarning suv yutuvchanligi 9% dan oshmasligi va kislotaga turg‘unligi 92% dan kam bo‘lmasligi zarur. Ular 0,2 MPa gidravlik bosimga chidamli bo‘lishlari shart. Tashqi siquvchi bosim 250, 400 va 600 mm li quvurlarga 20, 25 va 30 kN ga to‘g‘ri keladi. Kanalizatsiya quvurlarining korxonalar tomonidan ko‘proq chiqariladigan turlarining o‘lchamlari va g‘irliklari: Ichki diametri, mm 150 200 250 300 350 400 450 500 Og‘irlik, kg 30 45 55 65 75 100 115 140 Drenaj quvurlarining ichki tomoni silindr shakli, silliq, glazur surtilmagan va rastrubsiz bo‘ladi. Ularning ichki diametri 25 (50) mm dan 250 mm gacha, devorining qalinligi diametriga bog‘liq holda 8-24 mm (11-25 mm), uzunligi esa 333 va 500 mm. Quvurlarning tashqi yuzasi silindr yoki olti- va sakkiz burchak qirrali shaklda yasaladi. Quvur sopalagi g‘ovakli bo‘lib, suv yutuvchanligi 18%dan oshmaydi. Ularning siqilishga chidamliligi 35-5D MPa, egilishga chidamliligi 17,5-25 MPa atrofida. Ba’zi adabiyotlarda oxirgi raqam 45 MPa gacha borishi qayd etilgan. Sovuqqa bardoshlik 15 sikldan kam bo‘lmasligi, agressiv erosti suvlariga chidamlilik yuqori bo‘lishi talab qilinadi. Sopalakning kislotaga chidamliligi 84% dan yuqori. Erosti kommunikatsiyalarining suv va boshqa suyuqliklarni oqizib. 193 yuborilishini ta’minlovchi asosiy elementlari qatoriga uzoq muddatga va korroziyaga chidamli keramik drenaj va kanalizatsiya quvurlari kiradi. Drenaj quvurlari qishloq xo‘jaligi, inshoatlar va yo‘llar qurilishiga oid meliorativ ishlarni bajarish - tuproqlar, torfli balchiqlar va joylarni quritish, erosti suvlarini yig‘ish va uzatish uchun ishlatiladi. Ular silindrik shaklga esa bo‘lib, rastrubsiz bir-biriga etkazilgan holda ulanadi. Bir so‘z bilan aytganda drenaj quvurlar meliorativ xizmat doirasida suv yig‘ish va tarqatish sistemalarining asosiy elementi bo‘lib, ular gruntli suvlar yig‘ilishi va oshib ketishining oldini oladi. Kanalizatsiya quvurlari xo‘jalik va sanoat kanalizatsiya tarmoqlarida suv va ishlab chiqarishning tarkibida ishqor, kislota va kimyoviy tuzlar bo‘lgan agressiv suyuq chiqindilarini oqizib yuborish uchun xizmat qiladi. Kanalizatsiya quvurlarining agressiv muhitga chidamliligi metall, asbestotsement, beton va temirbetondan yasalgan quvurlarga nisbatan ancha ustun Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling