2. Noan`anaviy darslarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida uyushtirish Noan`anaviy darslarning samaradorlik jihatlari Ma’lumki, «Adabiyot»
Download 84.59 Kb.
|
8.o\'qitishning noan\'anaviy shaklllari.O\'qitish jarayoniga noan\'anaviy yondoshish haqida o\'z fikr mulohazalaringizni bildiring
- Bu sahifa navigatsiya:
- An`anaviy dars
- noan`anaviy modellari
Bahs-munozara darslari
Bahs darslari o`quvchini ma`lum bir muammo ustida bosh qotirishga shu muammoga o`z munosabatini bildirgan holda yondashib, uni hal etishga yo`lovchi dars turidir. Bahs darslarini aloxida daqiqali dars davomida o`tkazilsa baxs dars deb, darsni ma`lum bir bosqichida uyushtirilgan baxs esa darsning baxsli bosqichi deb yuritiladi. Baxs dars o`tkazish uchun o`quvchi-talabalar oldindan tayyorgarlik ko`rishi maqsadga muvofiq. Ularga muammoli savollar berilishi va shu muammoni xar bir o`quvchi o`zicha xal qilgan xolda darsga tayyorlanib kelishi kerak. Baxs darslarni xar bir o`rganilgan asar yuzasidan pala-partish o`tib bo`lmaydi. Buning uchun o`qituvchi asarni sinchiklab, o`rganib, baxs munozaraga sabab bo`ladigan o`rinlarni belgilashi, shu o`rinlar asosida o`quvchilarda munozara qo`zg`ay oladigan savollar tayyorlashi, keyin ularni o`quvchi-talabalarga xavola qilishi zarur. O`quvchilarning darsdagi mas`ulligini oshirish va ularda o`rganilayotgan asarga qiziqishni kuchaytirishda asosan evristiik usulda foydalaniladi. Biror asarni to`liq o`rganib, bo`lingandan keyin baxs dars o`tkazish maqsadga muvofiqdir. Chunki, o`quvchi asar bilan yaxshi va to`liq tanishmagan bo`lsa, berilgan muammoni to`g`ri tushuna olmaydi va savollarga javob berishga ojizlik qiladilar. O`z fikriga ishonmagan o`quvchi baxsga ham aralashib, faollik ko`rsata olmaydi. Baxs darslar o`quvchilarni fikrlashga, so`zlashga, tadqiqot qilishga, maqbulni nomaqbuldan ajrata bilishga, o`z fikrini dalillar bilan isbotlashga, muxokama va munozara yuritishga o`rgatadi. O`quvchi-talabalar xaqiqatni yuzaga chiqarishga intiladi, chunki haqiqat baxsda tug`iladi. An`anaviy dars — muayyan muddatga mo`ljallangan, ta`lim jarayoni ko`proq o`qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta`lim modelidir. O`quv materiali yangi va ancha murakkab bo`lganda, an`anaviy dars — ko`p hollarda ta`lim jarayonining birdan — bir metodi bo`lib qolmoqda. Ma`lumki, an`anaviy darsda ta`lim jarayonining markazida o`qituvchi turadi. SHu bois, ba`zida an`anaviy darsni markazida o`qituvchi turgan o`qitish usuli deb ham atashadi. An`anaviy dars o`tish modelida ko`proq ma`ruza, savol —javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. SHu sabab, bu hollarda an`anaviy dars samaradorligi ancha past bo`lib, o`quvchilar ta`lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar. An`anaviy dars o`tishda mashg`ulotning bosqichlarini quyidagicha rejalashtirish mumkin. 1. Kirish. O`tilgan materialni takrorlash; darsning maqsadini tushuntirish; yangi darsning mavzusi va mashg`ulot rejasi bilan tanishtirish. 2. YAngi mavzuni yoritish. YAngi mavzuni kichik — kichik bo`lakchalarga bo`lib berish; rang —barang misollarni imkoni boricha ko`rgazmali taqdim qilish; mavzudan chetlashmaslik; materialning murakkab tomonlarini qayta tushuntirish; o`quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirib borish; teskari aloqani ta`minlash. 3. «Teta—poya» mashq. Biror misol (yoki masalani) o`quvchilar bilan qadamba — qadam hal qilish va tahlil qilish: 4. Yo`naltirib turiluvchi mashq. O`quvchilar mashq (yoki masalani) mustaqil bajarishadi, o`qituvchi esa ularni nazorat qilib, tuzatish kiritib boradi. 5. Mustaqil bajariladigan mashq. O`quvchilar mashqni mustaqil holda o`qituvchi yordamisiz bajarishadi. 6. O`quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirish. Nazorat savollari bilan murojaat etish va mavzuni o`zlashtirish darajasini aniqlash.
Ko`rinib turibdiki, an`anaviy dars mashg`ulotida barcha dars bosqichlari qadamba-qadam amalga oshiriladi va hech qanday g`ayrioddiylik mavjud emas. Bu o`quvchini darsga bo`lgan ishtiyoqining sustligini va dars o`tishdagi bir xillikni ta`minlaydi. SHunday bo`lsada, an`anaviy o`qitishda o`ziga xos ijobiy va salbiy xususiyatlar mavjuddir. Zero, an`anaviy ta`lim metodlari quyidagi afzalliklarga ega: Ma`lum ko`nikmalarga ega bo`lgan va aniq ma`lum tushunchalarni, fanni o`rganishda foydali ekanligi. Bu an`anaviy ta`limda ilmiylik tamoyilining amal qilayotganligi va o`quvchida tizimli bilimlarning hosil bo`layotganligidir. O`qituvchi tomonidan o`qitish jarayonini va o`qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilinishi, ta`limning tarbiyaviy xarakterini ifodalaydi. Bunda talabalar sust ishtirok etsalar ham, dars mashg`ulotida ular yuqori intizom na`munalari ko`rsatadilar. Vaqtdan unumli foydalanish natijasida barcha mashg`ulot bosqichlarining to`liq amalga oshishi va vaqt taqsimotining izchillik bilan namoyon bo`lishi kuzatiladi.
O`quvchilar passiv ishtirokchi bo`lib qoladilar, dars mashg`uloti markazida hamda asosiy boshqaruvchilik rolida o`qituvchining turganligi bunday passivlikka olib keladi. O`qituvchining to`la nazorati barcha o`quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi. CHunki, o`quvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan barcha xatti-harakatlar qat`iy talab asosida sodir bo`ladi. Bu o`quvchida ijodiy tashabbusni uyg`otmaydi. O`quvchilar o`qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydilar. CHunki, har bir dars bosqichi muayyan qoidalarga asoslanganligi va bu bosqichlar o`qituvchining ixtiyorida sodir bo`layotganligi muloqotning har xil shakllarini namoyon bo`lishiga ehtiyoj tug`dirmaydi. Eslab qolish darajasi hamma o`quvchilarda bir —xil bo`lmaganligi sababli, sinf bo`yicha o`zlashtirish darajasi past bo`lib qolishi mumkin. YA`ni, an`anaviy ta`limda mashg`ulotga va bilish jarayoniga o`quvchilarni qiziqtiruvchi har xil uslublarni, xotirani mustahkomlovchi o`yinli texnologiyalarni qo`llash imkoniyatlaridan foydalanilmasligi mazkur oqibatlarni keltirib chiqaradi. Mustaqil o`rganish va mustaqil qarorlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi. Talabani ijodiy fikrlashga undovchi kuchning mavjud emasligi tabiiy ravishda yangi g`oyalarni ishlab chiqish uchun sharoitlarni yuzaga keltirmaydi. O`qitishning noan`anaviy modellarini shartli ravishda 3 ga ajratish mumkin. Bu modellar asosan o`quvchi shaxsiga qaratilgan bo`lib, ularni boshqacha qilib markazda o`quvchi turgan ta`lim modellari deb ham atashadi. Download 84.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling