2. Noan`anaviy darslarning tashkil etilishi Ingliz tili darsini noan`anaviy o`qitishda foydalaniladigan interfaol metodlar


Download 115.5 Kb.
bet5/13
Sana18.06.2023
Hajmi115.5 Kb.
#1573393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
INGLIZ TILI DILDORA

SEMINAR DARSLARI
Seminar darslari o’quvchilar o’quv materialini o’qituvchi tavsiya etgan reja asosida, manbalardan foydalanib, mustaqil o’rganadilar. Bunday darslar o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, bilimlarni mustaqil egallashlarida katta imkoniyatlarga ega. Bu jarayonda o’qituvchining vazifasi, o’quvchilarning seminar mashg`ulotlariga tayyorgarligi, o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish hisoblanadi.

Seminar mashg`ulotini o’tkazishda ikki xil yondashish mavjud. Birinchi xil yondashish-ma’ruza seminar tizimidagi ta’lim jarayonidir. Bunda o’qituvchi o’quv materialini turli ko’rgazmali vositalardan foydalangan xolda ma’ruza shaklida bayon qiladi. Shundan so’ng, o’quvchilar seminar rejasiga asoslanib, o’quv materialini qayta ishlab chiqadi va seminar mashg`ulotida muhokama qiladilar. Bu xildagi yondoshuvni mavzu atamalarga boy bo’lgan paytda qo’llash maqsadga muvofiqdir.


Ikkinchi xildagi yondoshuvda seminar darslaridan mustaqil ish shaklida foydalaniladi, ya’ni o’quvchilar hali o’zlariga noma’lum bo’lgan o’quv materiali asosida mustaqil tayyorgarlik ko’radilar.Bunday yondoshuv o’quv materiali o’quvchilar uchun oson, mustaqil o’zlashtirish imkoniyati bo’lganda qo’llaniladi. Bunday seminar darsning didaktik vazifasi o’quvchilarning yangi mavzu materialini o’zlaridagi mujassam bo’lgan bilimlar asosida o’zlashtirishga erishishdir.Seminar darslariga hamma o’quvchilar yetarli tayyorgarlik ko’rib, tavsiya etilgan adabiyotlar bilan tanishib, bahs va munozarada faol ishtirok etgandagina ko’zlangan maqsadga erishish mumkin. Buning uchun fan xonalarida «Seminar mashg`ulotlariga mustaqil tayyorgarlik ko’rish burchagi»ni tashkil etish lozim. Bu burchakda seminar mavzusiga oid qo’shimcha ilmiy ommabop maqolalar, qo’llanmalar qo’yiladi va ular vaqti-vaqti bilan seminar mashg`ulotlari mavzusiga bog`liq holda yangilanib, almashtirilib boriladi.
Bu burchakdagi «ko’rsatmalar» bo’limida seminar darsning maqsadi mavzusi o’quvchilar uchun tabaqalashtirilgan yangi dastur materiali asosida hamma o’quvchilar bajarishi lozim bo’lgan savol-topshiriqlar bilan birga o’z bilimlarini mustaqil kengaytirmoqchi bo’lgan o’quvchilar uchun qo’shimcha savollar ham beriladi. Biz quyida ana shunday ko’rsatmadan namuna keltiramiz.

O’quvchilar seminar darsiga tayyorlanish uchun quyidagilarga amal qilishi kerak.


1. Seminar darsida bajariladigan topshiriq yoki savollarni diqqat bilan o’qib chiqishi.
2. Bu savollarga darslikdan foydalanilmasdan, o’z bilimiga tayangan holda javob berishga harakat qilishi.
3. Seminar topshirig`i yoki savollarga binoan darslik yoki tavsiya etilgan adabiyotlardan kerakli betni topishi, matndan savollarga javob izlashi, o’qiganlarini idrok etishi, mag`zini chaqishi, yodda saqlashga harakat qilishi.
4. O’quv reja tuzib shu reja asosida javob yozishga harakat qilishi javob qisqa va aniq bo’lishiga erishish.
5. Javoblar yakunida xulosa chiqarishi va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini yozishi.Seminar darsining tuzilishi taxminan quyidagicha bo’lishi mumkin.
1. O’qituvchining kirish so’zi. Unda seminar darsning vazifasi, rejasi va dars davomida hal qilinishi lozim bo’lgan muammolar bayon etiladi.
2. Seminar savollariga binoan o’quvchilarning javoblari tinglanadi.
3. Munozarali ahborotlar mazmuni muxokama qilinadi.
4. Seminar mashg`ulotlarini yakunlash unda o’quvchilar javobi taxlil qilinib, ularning munozaradagi ishtiroki baholanadi. Seminar mazmuni umumlashtirib, yakun yasaladi.

Download 115.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling