2. Noan`anaviy darslarning tashkil etilishi Ingliz tili darsini noan`anaviy o`qitishda foydalaniladigan interfaol metodlar


Ingliz tili o`qitishda noan`anaviy o`qitish modeli


Download 115.5 Kb.
bet2/13
Sana18.06.2023
Hajmi115.5 Kb.
#1573393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
INGLIZ TILI DILDORA

Ingliz tili o`qitishda noan`anaviy o`qitish modeli
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar o`qituvchi o`z ustida ishlab, o`quvchilarni o`z ustida ishlab, o`ylashga, izlanishga, mustaqil fikrlashga undashni o`z oldiga maqsad qilib olishi zarur. O`qituvchi o`quvchini to`g`ri yo`naltira oladigan bo`lsa, o`quvchilar egallayotgan bilimlarini o`zlari qidirib topishlariga, mustaqil o`rganib tahlil qilishlariga va hattoki xulosalarni ham o`zlari keltirib chiqargan holda o`z-o`zini oldindan baholay olish kabi imkoniyatlarni yaratib beradi va o`rgatadi. O`qituvchi bu jarayonda o`quvchining rivojlanib borgan holda shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik va yo`naltiruvchilik vazifasini bajaradi.Dars jarayoniga yondoshuv uning mexanizmini yoki boshqacha qilib aytganda darsning texnologik xaritasini tuzishdan boshlanadi. Dars jarayoning har bir bosqichida bir necha interfaol usullardan foydalanish mumkin. Faqat interfaol usulning shu vaqtga mosligini inobatga olmoq zarar. Shu tariqa dars tashkil etiladi. Dars mashg`ulotlarining bir-biri bilan uyg`un bo`lishiga alohida e’tibor qaratiladi. Darsda ishlatiladigan interfaol usullar o`qituvchining taqvim - mavzu rejasida aks etmog`i lozim.
Noan`anaviy darslarning tashkil etilishi dars turlarining rang-barang bo`lishiga olib keladi. Darslar noananaviy usullar: guruhlar musobaqasi, konferensiya, baxs-munozara, o`ylab top (evrika), aqliy hujum, davra suhbati, yo`naltiruvchi matn, muammoli vaziyat, loyiha va shu kabi boshqa usullarda tashkil etilsa, o`quvchilarning fanga qiziqishi oshadi , o`z ustida ishlash imkoniyatlari mavjudligini anglab yetadi, shuning bilan birgalikda darsning samaradorligi ortadi Noan’anaviy usulda dars berish jarayoni o`qituvchidan pedagogik mahorat, ijodkorlik, bilim salohiyati va malakani talab etadi. Shuning bilan birgalikda o`qituvchi bu usullar nechog`lik samaradorligini bilishi va uni miqdoriy jihatdan baholay olishini idrok etgan holda navbatdagi darsga tayyorgarlik olib boradi.
O`quvchida fundamental bilimlarning bo`lmasligi interfaol usullarning samara bermasligiga olib keladi. Bunday hollarda o`qituvchi o`quvchi qaysi joyda qiynalayotganligini va dars jarayonida qaysi qismni kengroq yoritish kerakligini aniqlab, axborot texnologiyalarini to`g`ri tanlagan holda interfaol usullarni qo`llash ma’qul bo`ladi.
Ingliz tili o`qitishning noan`anaviy modellarini shartli ravishda 3 ga ajratish mumkin.
Bu modellar asosan o`quvchi shaxsiga qaratilgan bo`lib, ularni boshqacha qilib markazda o`quvchi turgan ta`lim modellari deb ham atashadi.


Download 115.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling